9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/19
Sana03.02.2020
Hajmi1,76 Mb.
#38584
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI


 
 
30-Turkistonda 1916-yilgi qo'zg'olonni boshlanishi (17) 
Savollar va javobi 
1. Nikolay II ning mardikorlikka olish to’g’risidagi farmoniga ko’ra Sirdaryo viloyatidan qancha 
kishini mardikorlikka olish belgilandi? 
 87 ming 
2. Nikolay II ning mardikorlikka olish to’g’risidagi farmoniga ko’ra Samarqand viloyatidan qancha 
kishini mardikorlikka olish belgilandi? 
 38 ming 
3. Nikolay II ning mardikorlikka olish to’g’risidagi farmoniga ko’ra Farg’ona viloyatida 
belgilangan mardikorlarni to’plash uchun viloyatdagi xonadonlarning ……..ni olishga to’g’ri 
kelgan? 
 har 5tasidan bir kishi 
4. 1916-yilgi mardikorlikka olishga qarshi kimlarning norozilik harakatlari bo’lgan? 1.dehqonlar 
2.hunarmandlar 3.mayda savdogarlar 4.ishchilar 5.yirik savdogarlar 6.boylar 7.ruhoniylar 
7.sudxo’rlar 
 1,2,3,4 
5. Farg’onada mardikorlikka olishga qarshi norozilik harakatlari boshlangan paytda Farg’ona 
viloyati gubernatori kim edi? 
 Gippius 
6. Rossiya markaziy hokimiyati qaysi Farg’ona viloyatining gubernatorining xavotiri va 
g’alayonlarning oldini olish to’g’risidagi ma’lumotlari podsho farmonlarini bajarmaslik, 
kechiktirish, qarshi chiqish deb hisoblab, uni viloyat gubernatori lavozimidan ozod qiladi? 
 Gippius 

 
7. Mardikorlikka olishga norozilik bildirib, g’alayon ko’targan hudud va vaqti xato berilgan javobni 
toping. 
 1916-yil 10-iyul-Toshkent Beshyog’och 
8. 1916-yil 5-iyulda Samarqandning Urgut qishlog’idan keyingi mardikorlikka olishga qarshi xalq 
chiqishlari bo’lib o’tgan hududlarni tartib bilan joylashtiring. 
 Siyob-Mahalla-Xo’ja Ahror-Angor 
9. Politsiyaga qarata “bizni o’ldirsang ham o’g’illarimizni sizlarga bermaymiz” so’zlari kimga 
tegishli? 
 Rizvonbibi Ahmadjinova 
10. 1916-yil 11-iyuldagi Toshkent Beshyog’och dahasidagi mardikorlikka olishga qarshi xalq 
namoyishida tinch aholidan qancha qurbonlar bo’ldi? 
 11 kishi otib o’ldirildi, 15 kishi yarador bo’ldi 
11. Mardikorlikka olishga qarshi xalq namoyishi qayerda keng tus oldi? 
 Farg’ona 
12. 1916-yil iyul oyining o’rtalarida Farg’ona viloyatining qaysi uyezdlarida keng tus oldi? 
1.Qo’qon 2.Rishton 3.Marg’ilon 4.Pop 5.Andijon 6.O’sh 7.Namangan 8.Dahbed 9.Angor 
 1,2,3,5,7 
13. 1916-yil 9-iyulda qayerda mardikorlikka qarshi xalq tayoq, tosh, ketmonlar bilan qurollanib, 
norozilik harakatlarini olib bordilar? 
 Andijon 
14. Qachon va qayerda bo’lgan norozilik harakatlarida 2 mirshab o’ldirildi, 63 kishi otib o’ldirildi? 
 10-iyul-Eski Marg’ilon 
15. Andijondagi mardikor olishga qarshi norozilik harakatlaridagi tinch aholi talafotini aniqlang. 
 3 kishi o’tib o’ldirildi, 12 kishi yarador bo’ldi 
16. 1916-yil 10-iyulda qayerda taxminan 25 ming kishi norozilik bildirib, bozor atrofiga yig’ildi? 
 Eski Marg’ilon 
17. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang. 
 Labbay tog’a dahasida yig’ilgan 1600 dan ortiq kishilarga qurollangan rota tashlandi
 
 
31-32-Jizzax qo'zg'oloni va uning ahamiyati (30) 
Savollar va javobi 
1. Jizzax qo’zg’aloniga kimlar rahbarlik qilishdi? 
 Abdurahmon Oftobachi va Nazirxo’ja Eshon 
2. Jizzax aholisi asosan .....bilan shug’ullangan. 
 don yetishtirish 
3. Jizzax aholisining ahvoli yomonlashib ketishiga nima sabab bo’lgan? 
 A va B 
4. Mardikorlikka olinadiganlarning tuzilgan ro’yxatiga muvofiq Samarqand viloyatining Jizzax 
uyezdidan qancha kishi belgilandi? 
 11 ming 
5. Nikolay II ning mardikorlikka olishga qaratilgan farmoni qachon Jizzaxda e’lon qilindi? 
 1916-yil 3-iyul 
6. Jizzaxda Nikolay II ning mardikorlikka olishga qaratilgan farmoniga qarshi dastlabki g’alayonlar 
qachon boshlandi? 
 1916-yil 5-iyul 
7. 1916-yil iyulda Jizzax shahrida kim boshchiligida hunarmandlar mardikorlikka olish bo’yicha 
ro’yxatni talab qilib qishloq oqsoqoli Mirzayor Xudoyorov oldiga bordilar? 
 Damin Kulol 
8. Jizzax qo’zg’aloniga umumiy rahbar kim bo’ldi? 
 Nazirxo’ja Eshon 

 
9. Qachon Jizzax qo’zg’alonchilari temiryo’l stansiyalarini , aloqa simlarini uzib, temiryo’l va 
ko’priklarni buzib tashladi? 
 1916-yil 13-iyul 
10. Qachon Abdurahmon Jevachi o’z uyida turli joylardan yuborilgan vakillar bilan yig’ilish 
o’tkazdi? 
 1916-yil 14-iyul 
11. Abdurahmon Jevachi o’z uyida turli joylardan yuborilgan vakillar bilan yig’ilish o’tkazib, 
Jizzaxdan 12 chaqirim uzoqlikda joylashgan….degan joyda to’planib, barcha birgalikda harakat 
qilishga kelishildi? 
 Kuyaboshi 
12. Jizzax qo’zg’alonini bostirish uchun podsho hukumati bu yerga kimni yubordi? 
 polkovnik Ivanov 
13. Qachon Turkistonda harbiy holat e’lon qilindi? 
 1916-yil 18-iyul 
14. Kuyaboshi Jizzaxdan qancha uzoqlikda joylashgan? 
 12 chaqirim 
15. Jizzaxga polkovnik Ivanov boshchiligida qancha kishilik qo’shin yuborildi? 
 2,5 ming 
16. Polkovnik Ivanovning Jizzaxga kelgan qo’shini tarkibi xato berilgan javobni toping. 
 qozoq otryadlari 
17. Mustamlakachilar qo’shining 1916-yildagi qo’zg’alonni bostirish yo’nalishini ketma-ketlikda 
aniqlang. 
 Jizzax-Zomin-Sengzor 
18. Kim o’zining omon qolgan 600 kishilik odamlar bilan polkovnik Afanasyev boshchiligidagi 
harbiy kuchlarga qarshi kurash olib bordi? 
 Abdurahmon Jevachi 
19. Rus hukumati tomonidan asir olinib, o’limga hukm qilingan Jizzax qo’zg’aloni rahbarlari va 
faol ishtirokchilarini aniqlang. 1.Abdurahmon Jevachi 2.Nazirxo’ja Eshon 3.aka-uka To’ra va 
Eshonqul To’rabekov 4.Abdurahmon Oftobachi 5.Qurbonjon dodhoh 6.Qosim Hoji 7.Mirkarimboy 
 1,2,3,6 
20. Abdurahmon Jevachi 1916-yil 20-21-iyul kunlari 600 kishilik qo’shin bilan kimga qarshi 
kurashdi ? 
 Afanasyev 
21. Jizzaxga 1916-yil qo’zg’aloni ishtirokchilarini jazolash uchun qachon yana jazo otrayadlari 
yetib keldi? 
 1916-yil 26-27-iyul 
22. 1916-yilgi Jizzax qo’zg’alonchilaridan qancha kishi hibsga olindi? 
 3 ming 
23. Turkistonda rus mustamlakachilariga qarshi ko’tarilgan qaysi qo’zg’alonda qo’zg’alonchilarni 
jazolash paytida jazodan qariyalar, ayollar va hatto yosh bolalar ham chetda qolmadi? 
 Jizzax qo’zg’aloni 
24. Abdurahmon Jevachining Afanasyevdan yengilish sababini aniqlang. 
 Ivanovning yordamga kelishi 
25. Jeva so’zining ma’nosi bu…… 
 qurol-aslaha 
26. Pulyemot bu….. 
 o’qni tez otadigan avtomatik qurol 
27. Turkistonda Rossiya imperiyasining mardikor olishga qarshi xalq qo’zg’aloni qaysi yili bo’lib 
o’tdi? 
 1916 
28. “Urush frontlariga yangi bir Turkiston fronti qo’shildi” so’zlari kimga tegishli? 
 Kerenskiy 

 
29. 1916-yilgi Jizzax qo’zg’aloni xalq ommasi uchun olib kelgan katta yo’qotishlar xato berilgan 
javobni aniqlang. 
 Jizzax qo’zg’alonidan keyin aholi majburan urushga askarlikka olina boshlandi 
30. Turkistonda bo’lib o’tgan rus mustamlakachilariga qarshi ko’tarilgan qaysi qo’zg’alonda o’lka 
keng xalq ommasining barcha tabaqalari, jumladan qariyalar va ayollar ham ishtirok etdi? 
 1916-yil qo’zg’aloni
 
 
33-Buxoro amirligining davlat tuzumi va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli (40) 
Savollar va javobi 
1. 1868-yilgi Rossiya va Buxoro o’rtasidagi shartnoma bandlari xato berilgan javobni aniqlang. 
 Buxoro amirining siyosiy faoliyatini bevosita nazorat qilish uchun “Rossiya imberiyasining 
siyosiy agentligi” tashkil qilindi 
2. “Rossiya imberiyasining siyosiy agentligi” faoliyat ko’rsatgan tillarni aniqlang. 
 1885-1917 
3. XIX asr oxirida Buxoro amirligi aholisining asosiy mashg’uloti xato berilgan javobni toping. 
 savdo-sotiq 
4. Buxoro amirligida poytaxt Buxorodan tashqari amirlikning yirik savdo va hunarmandchilik 
markazlarini aniqlang. 1.Shaxrisabz 2.Kitob 3.Chorjo’y 4.Denov 5.Darganata 6.Marv 7.Kogon 
 1,2,3,4 
5. Buxoro amirligidagi qo’shbegi vakolati xato berilgan javobni aniqlang. 
 qo’shbegi har kuni devonbegiga amirlikdagi ahvol to’g’risida ma’lumot berib turgan 
6. Buxoro amirligida barcha amaldorlar kim tomonidan tayinlangan? 
 qo’shbegi 
7. Buxoro amirligida oily amaldorlar kim tomonidan tayinlangan? 
 amir 
8. Buxoro amirligida lavozimi ahamiyati va mavqei jihatidan qo’shbegidan keyingi o’rinda turgan 
lavozim qaysi? 
 devonbegi 
9. Buxoro amirligida sudlov, notarial ishlari , ta’lim muassasalarini kimlar rahbarlik qilgan? 
 ruhoniy 
10. Buxoro amirligida kim diniy-sudlov ishlariga rahbarlik qilgan? 
 bosh qozi 
11. Buxoro amirligida joylarda qonunlar ijro etilishi , diniy amallarning bajarilishi, axloqiy 
mezonlar, bozordagi tarozilar va o’lchovlar ustidan nazorat ishlarini kim boshqargan? 
 rais 
12. Doimo Buxoroda bo’lishi shart bo’lgan oily amaldorlar nomlari xato berilgan javobni aniqlang. 
 rais 
13. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang. 
 xazina va zakot yig’imini bosh qozi boshqargan 
14. Buxoro amirligida mahalliy ma’muriyat mansablari xato berilgan javobni aniqlang 
 raislar 
15. Buxoro amirligida lashkarlarga kim rahbarlik qilgan? 
 to’pchiboshi 
16. XIX asr oxirida amir lashkari asosan kimlardan iborat edi? 
 dehqonlar 
17. Qaysi Buxoro amiri Peterburgga, imperator huzuriga katta sovg’a salom bilan har yili qatnardi? 
 Abdulahad 
18. Buxoro amirligida asosiy soliqni kimlar to’lagan? 
 dehqonlar 
19. Qaysi Buxoro amiri davrida nohaqlik haddan tashqari oshib ketdi? 

 
 Muzaffar 
20. Qaysi Buxoro amiri davridan soliqqa tortishning natura shakli o’rniga pul ko’rinishidagi 
yi’gimlar asosiy o’rin egallagan? 
 Muzaffar 
21. Buxoro amirligida xirmonlarni xatga olgani uchun amaldorlarga qo’shimcha maosh undirilgan 
soliqlar berilgan javobni aniqlang. 
 A va B 
22. Buxoro amirligida bog’lar va polizlardan olingan daromadlar uchun alohida olingan soliq 
qaysi? 
 tanobona 
23. Vose qo’zg’aloni qachon va qayerda bo’lib o’tdi? 
 1885-Baljuvon 
24. Buxoro amirligida amaldorlarning insofsizligiga qarshi ko’tarilgan qo’zg’alonlar hududlari va 
yillari xato berilgan javobni aniqlang. 
 1890-Kogon 
25. Amir Muzaffar va Vose tarafdorlari o’rtasida jang qachon bo’lib o’tdi? 
 1885-yil iyul oyi oxirlari 
26. XIX asr oxirlarida Buxoro amirligi hunarmandchilik ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlarini 
aniqlang. 
 gilam va namat 
27. Buxoro amirligining qaysi hunarmandchilik mahsuloti Rossiya, O’rta Sharq va Turkiston 
bozorlarida xaridorgir edi? 
 gilam 
28. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang. 
 Hunarmandlar amirlikda o’z ustaxona va korxonalarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish 
uchun qo’shimcha mablag’larga ega edi 
29. XIX asr oxirida Buxoro amirligi qaysi hududlar bilan savdo aloqalariga ega edi? 1.Rossiya 
2.Afg’oniston 3.Hindiston 4.Eron 5.Kavkaz 6.Xitoy 7.Angliya 8.Arab mamlakatlari 9.Usmonli 
turklar 
 1,2,3,4,5 
30. Kogon shahrining yana bir nomi? 
 Yangi Buxoro 
31. Buxoroning qaysi shaharlarida Rossiya firmalarining idora va omborxonalari mavjud edi? 
1.Buxoro 2.Qorako’l 3.Chorjo’y 4.Marv 5.Karki 6.Darganata 7.Termiz 8.Kogon 9.Vardonze 
 1,3,5,7,8 
32. Rossiya va Afg’oniston o’rtasidagi barcha savdo yo’llari qayerdan o’tardi? 
 Buxoro amirligi 
33. Rossiya Buxoro orqali Afg’onistonga chiqargan mahsulotlari xato berilgan javobni toping. 
 teri, metall 
34. Buxoro amirligi hududi orqali dastlabki temiryo’l qachon o’tkazildi 
 1887-yil 
35. Buxorodan 15 km masofada Yangi Buxoro stansiyasi qurilishi boshlab yuborilgach, Buxoro 
amirligi temiryo’l orqali qaysi hududlar bilan bog’landi? 
 Toshkent, Orenburg, Moskva 
36. Qachondan Buxoro amirligi hududida rus qishloqlari vujudga kela boshladi? 
 1888-yil 
37. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang. 
 Eski Buxorodagi devonbegi uyi va Rossiya imperatorining siyosiy agentligi qarorgohi ilk paydo 
bo’lgan telefon aloqasi bilan bog’langan edi 
38. Stixiyali bu…… 
 uyishmagan, to’g’ri tashkil etilmagan harakat 
39. Notarial ishlar bu….. 

 
 yuridik va boshqa turli hujjatlarni tasdiqlash ishlari 
40. Notarial so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi? 
 lotincha-kotib
 
 
34-Yosh Buxoroliklar faoliyati va Buxoro amirligining tugatilishi (34) 
Savollar va javobi 
1. Yosh Buxoroliklar siyosiy harakat sifatida qachondan faoliyat ko’rsata boshladi? 
 1910-yil 
2. .Yosh Buxoroliklar ilgari surgan fikrlar xato berilgan javobni aniqlang. 
 har qanday yangilik va islohotlarga qarshi chiqish 
3. .Yosh Buxoroliklar yetuk namoyondalari xato berilgan javobni aniqlang. 
 T.Risqulov 
4. Yosh Buxoroliklar yetuk namoyondalari xato berilgan javobni aniqlang. 
 Obid Mahmudov 
5. Yosh Buxoroliklarning xalqni jaholatdan uyg’otish va ma’rifatga davat etishda yordam bergan 
nashrlarni ko’rsating. 
 A va B 
6. Amir Sayid Olimxonning hukmronlik yillarini aniqlang. 
 1910-1920 
7. Sayid Olimxon Buxoro madrasasida qaysi fanni o’rgandi? 
 islom ilohiyotshunosligi 
8. Sayid Olimxon haqidagi xato fikrni aniqlang. 
 u Peterburgda 3 yil davomida davlat huquqi asoslari va siyosatni o’rgandi 
9. Buxoroning bosh qozisi qachon amir qabulxonasida mamlakatda islohotlar o’tkazish haqida 
va’da berdi? 
 1917-yil mart 
10. 1917-yil mart oyidagi Amir Olimxonning farmoni mazmuni xato berilgan javobni toping. 
 davlat tomonidan o’zgarib turadigan maosh ta’sis etildi 
11. 1917-yil mart oyidagi Amir Olimxonning farmonini vazmin, bosiq harakatlar bilan qo’llab –
quvvatlagan shaxslar xato berilgan javobni toping. 
 A.Fitrat 
12. 1917-yil mart oyidagi Amir Olimxonning farmonini qo’llab-quvvatlamay yanada chuqur 
islohotlar o’tkazilishi tarafdorlari xato berilgan javobni aniqlang. 
 Mirzo G’ulom 
13. 1917-yil 8-aprelda Buxoro jadidlari qayerlarda namoyish o’tkazishdi? 
 Karki va Buxoro 
14. Karki va Buxorodagi namoyishga to’plangan 150 kishiga kimlar rahbarlik qilishgan? 
 F.Xo’jayev, A.Fitrat 
15. Buxoro jadidlarining Karki va Buxorodagi namoyishlar shiorlari to’g’ri berilgan javobni 
aniqlang. 
 A va B 
16. Karki va Buxorodagi jadidlar namoyishini amirning qancha qo’shini tarqatib yubordi? 
 200 piyoda va 300 otliq sarbozlar 
17. Buxoro va Karkidagi jadidlar namoyishiga qarshi qancha uyushgan mullalar guruhi Ark 
ostonasini egallab oldi? 
 7 mingdan ziyod 
18. Karki va Buxoroda omon qolgan jadidlar qayerga qochishgan? 
 Turkiston 
19. “Inqilobchi Yosh Buxoroliklarning Turkistondagi markaziy byurosi” qachon va kim 
rahbarligida tuzilgan? 

 
 1920-yil yanvar-F.Xo’jayev 
20. Buxorodagi amir hokimiyatini ag’darish uchun yosh buxoroliklar va bolsheviklarning chop 
ettirgan nashrlari qaysi? 
 “Tong” jurnali, “Uchqun” gazetasi 
21. Yosh Buxoroliklarning tashabbusi bilan Chorjo’yda qachon qo’zg’alon ko’tarilgan? 
 1920-yil 29-avgust 
22. Buxorodagi Muvaqqat Inqilobiy qo’mita qachon va qayerda tuzilgan? 
 1920-yil 29-avgust-Chorjo’yda 
23. Yosh buxoroliklar va bolsheviklarning qo’shini Buxoroga kirgan paytda Amir Sayid Olimxon 
o’z oilasi va devonidagi amaldorlari-u a’yonlari bilan qaysi davlatga qochdi? 
 Afg’oniston 
24. Qachon bolsheviklar armiyasi Buxoroga kirdi va Buxoro amirligi quladi? 
 1920-yil 2-sentyabr 
25. Qachon BXSR tuzildi? 
 1920-yil 6-oktabr 
26. BXSR da kim boshchiligida I-hukumat tuzildi? 
 F.Xo’jayev 
27. BXSR dagi I-hukumatning nomi qanday ataladi? 
 Xalq Nozirlar Kengashi 
28. Buxoro amirining bosh vaziri-qo’shbegi Mirzo Nasrulloning shaxsan o’zi ro’yxatga olgan 
boyliklari xato berilgan javobni toping. 
 yombi holidagi gamburg tillasi-18 dona 
29. Buxoro amirining bosh vaziri-qo’shbegi Mirzo Nasrulloning shaxsan o’zi ro’yxatga olgan 
boyliklari xato berilgan javobni toping. 
 tilla kukuni-2 tonna 
30. Buxoro amirining bosh vaziri-qo’shbegi Mirzo Nasrulloning shaxsan o’zi ro’yxatga olgan 
boyliklari xato berilgan javobni toping. 
 yirik brilliyantlar-3583 karat 
31. Amir Olimxon xazinasida qancha Rossiya imperiyasi pullari bo’lganligi qayd etilgan? 
 100 mln 
32. Mutassib bu….. 
 arabcha-o’ta fidoyi-dinga qattiq berilgan, uning aqidalariga ko’r-ko’rona amal qiluvchi. 
33. Radikal bu…… 
 lotincha-tubdan-keskin va qat’iy choralar ko’rish tarafdori 
34. Muvaqqat bu….. 
 arabcha-vaqtincha, muayyan muddatga tuzilgan hukumat
 
 
35-XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xiva xonligining davlat tuzumi va ijtimoiy-
siyosiy ahvoli (32) 
Savollar va javobi 
1. Rossiya hukumati Xiva xoni ustidan nazorat qilish maqsadida necha kishidan iborat Kengash 
tuzgan? 
 7 kishi 
2. Xiva xonligida muntazam qo’shinni kim boshqargan? 
 yasovulboshi 
3. Xiva xonligida harbiy harakatlarda kimlarning otliq sipohiylari jamlangan? 
 turkman 
4. Xiva xonligida yasovulboshi qancha qo’shinni boshqargan? 
 1,5 ming 
5. Xiva xonligi ma’muriy jihatdan necha beklik yoki viloyatlarga bo’lingan? 

 
 20 beklik 
6. Xiva xonligida beklik va viloyatlarning eng yiriklari xato berilgan javobni aniqlang. 
 Ambar-Manoq, Beshariq 
7. Xiva xonligida qancha kichik viloyatlar mavjud bo’lib ularni kimlar boshqargan? 
 2 ta-xon noiblari 
8. Xiva shahri va uning tevaragi bevosita kimning tasarrifida bo’lgan? 
 xon 
9. Xiva xonligida xonning oliy amaldorlari va yaqin maslahatchilarini aniqlang. 
 mehtar va devonbegi 
10. Qaysi O’rta Osiyo xonligi sudlov tizimida hokimiyatga qarshi arzimagan qilmish uchun ham 
o’lim jazosi qo’llanilgan? 
 Xiva 
11. Buxorodan keyingi islom dini markazini aniqlang. 
 Xiva 
12. Xiva xonligida rus bosqinidan keyin qancha masjid bo’lgan? 
 160 dan ortiq 
13. Xiva xonligida rus bosqinidan keyin dindorlarning qadamjosiga aylangan qancha avliyo 
dahmasi mavjud edi? 
 60 dan ortiq 
14. Xiva xonligida rus bosqinidan keyin qancha maktablar faoliyat yuritgan? 
 1,5 mingga yaqin 
15. Xiva oliy (madrasa) o’quv yurtida talabalar o’qishni necha yil davom ettirgan? 
 10 yil 
16. Xiva madrasalarida asosiy fanlar sifatida o’qitilgan fanlar xato berilgan javobni aniqlang. 
 elementar arifmetika 
17. Xiva madrasalarida qo’shimcha ravishda o’qitilgan fanlarni aniqlang. 
 elementar arifmetika, geometriya 
18. Xiva xoni- madadiga tayanib boshqargan amaldorlar xato berilgan javobni toping. 
 inoqlar 
19. Xiva xonligida davlat boyligining birlamchi omilini aniqlang. 
 yer 
20. Xiva xonligida…..yetishtirish qishloq xo’jaligining asosiy tarmog’idir 
 g’alla 
21. Xiva xonligida asosan ko’p yetishtirilgan ekinlar xato berilgan javobni aniqlang. 
 g’alla 
22. Xiva xonligida qachondan paxta yetishtirishga ixtisoslashuv jadal kechdi? 
 XIX asr 90-yillari 
23. Xiva xonligida yerlarning asosiy qismi ……..ga tegishli edi? 
 xon va uning amaldorlari 
24. Xiva xonligida soliqlardan ozod bo’lgan shaxslar xato berilgan javobni aniqlang. 
 hunarmandlar 
25. Xiva xonligida jami sug’oriladigan yerlarning qancha qismi masjid mulki hisoblangan? 
 40 % 
26. Xiva xonligida 64 ta masjid va madrasa XIX asrning oxirgi choragida …..yerga egalik qilgan. 
 205 ming tanobdan ziyod 
27. Xiva xonligida XIX asrning oxirida kimlar barcha soliqlardan ozod etilgan? 
 A va B 
28. Xiva xonligida doimiy yoki favqulodda soliqlarning soni qancha bo’lgan? 
 25 ta 
29. Xiva xonligidagi soliqlar xato berilgan javobni aniqlang. 
 zakot-jon solig’i 
30. Xiva xonligida xon farmonlarini e’lon qiluvchi jarchi o’z foydasiga qanday soliq yig’gan? 

 
 afanak puli 
31. Xiva xonligida dehqonlar aholining qancha qismini tashkil qilgan? 
 90 % 
32. Xiva xonligida dehqonlar sug’oriladigan yerlarning qancha qismiga egalik qilishgan? 
 5 %
 
 
36-Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi (35) 
Savollar va javobi 
1. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Xiva xonligida har bir dehqon xo’jaligining yordamchi 
manbayini aniqlang. 
 uy hunarmandchiligi 
2. O’rta Osiyoning qayerlar bilan savdo munosabatlarining rivojlanishi ichki savdo-sotiqni 
rivojlantirgan? 1.Rossiya 2.qozoq juzlari 3.Kavkaz 4.Eron 5.Xitoy 6.Afg’oniston 7.Hindiston 
 1,2,3,4 
3. XX asr boshlariga kelib O’rta Osiyoda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazlar xato berilgan 
javobni aniqlang. 
 Bog’ot , Mo’ynoq 
4. XX asr boshlariga kelib O’rta Osiyoda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazlar xato berilgan 
javobni aniqlang. 
 Taxta, Mo’ynoq 
5. XX asr boshlarida Xiva xonligida tashkil topgan yangi shaharlar xato berilgan javobni aniqlang. 
 Chorjo’y 
6. XX asr boshlarida Yangi Urganchda joylashgan sanoat korxonalari xato berilgan javobni toping. 
 2 ta tegirmon 
7. Yangi Urganchda joylashgan bank bo’limlari va jamiyatlar xato berilgan javobni toping. 
 Angliya elchixonasining kapitali joylashgan bank 
8. Xiva xonligining qaysi shahrida Rossiya-Osiyo va Sibir savdo bankining bo’limlari ochilgan? 
 Yangi Urganch 
9. Xiva xonligining qaysi shahrida ham rossiyalik, ham mahalliy sarmoyadorlarga tegishli kapital 
jamlangan edi? 
 Gurlan 
10. Gurlan shahrida asosan paxta tushib ketish bilan shug’ullangan Rossiya savdogarlarining 
qancha idorasi mavjud edi? 
 10 ta 
11. Gurlan shahrida mahalliy tadbirkorlarning qancha paxta tozalash zavodlari joylashgan edi? 
 9 ta 
12. Gurlan shahrida mahalliy tadbirkorlarni aniqlang. 1.aka-uka Rizayev 2.Manuilov 3.Maksum 
4.Tojiniyozov 5.Solijonov 6.Islomxo’ja 7.Abdulmakorim 8.Ilhomov 
 1,2,3,4,5 
13. 1909-yilga kelib Xiva xonligida qancha sanoat korxonasi ishlayotgan edi? 
 81 ta 
14. Xiva xonligida 1910-1915-yillarda kerosin va neft bilan ishlaydigan qancha sanoat korxonasi 
barpo etilgan? 
 40 ta 
15. 1917-yilda Buxoro amirligida qancha sanoat korxonasi bo’lgan? 
 92 ta 
16. “A-Meta” sindikati qachon vujudga keldi? 
 1909-yil 
17. “A-Meta” sindikati kimlarning kapitalini birlashtirgan edi? 
 Rossiya-Osiyo banki va Madiyorov-Baqqolov 

 
18. “A-Meta ” sindikati har yili Rossiyaga qancha xomashyosini eksport qilgan? 
 3 ming tonna 
19. Xiva xonligida beda urug’i sotib olish bo’yicha yakkahokimlikni o’rnatgan sindikatni aniqlang. 
 “A-Meta” 
20. …….O’rta Osiyoda ichki bozor imkoniyatlari kengaydi? 
 Rossiya kapitali amaliyotlari tufayli 
21. Xiva xonligida mayda savdogarlarning eng olis qishloqlarga ham olib borib sotadigan 
mahsulotlari xato berilgan javobni aniqlang. 
 kiyim-kechak 
22. Xiva xonligida metallni qayta ishlovchi asosiy ustaxona markazlari to’g’ri berilgan javobni 
aniqlang. 1.Buxoro 2.Xiva 3.Yangi Urganch 4.Chimboy 5.Hazorasp 6.Xonqa 7.Xo’jayli 8.Porsu 
9.Alieli 10.G’azovot 
 1,2,3,4,5,6 
23. Xiva xonligida ko’nchilik ishlab chiqaruvchi asosiy ustaxonamarkazlari to’g’ri berilgan javobni 
aniqlang. 1.Buxoro 2.Xiva 3.Yangi Urganch 4.Chimboy 5.Hazorasp 6.Xonqa 7.Xo’jayli 8.Porsu 
9.Alieli 10.G’azovot 
 1,2,3,6,7 
24. Xiva xonligida qoplar va arqonlar ishlab chiqaruvchi asosiy ustaxona markazlari to’g’ri 
berilgan javobni aniqlang. 1.Buxoro 2.Xiva 3.Yangi Urganch 4.Chimboy 5.Hazorasp 6.Xonqa 
7.Xo’jayli 8.Porsu 9.Alieli 10.G’azovot 
 3 
25. Xiva xonligida gilamlar va kigizlar ishlab chiqaruvchi asosiy ustaxona markazlari to’g’ri 
berilgan javobni aniqlang. 1.Buxoro 2.Xiva 3.Yangi Urganch 4.Chimboy 5.Hazorasp 6.Xonqa 
7.Xo’jayli 8.Porsu 9.Alieli 10.G’azovot 
 8,9,10 
26. Kaspiyorti temiryo’li qachon qurilgan? 
 1885-yil 
27. Amudaryo flotiliyasi qachon ta’sis etilgan? 
 1887-yil 
28. Xiva xonligining Rossiyaga qaramligini yanada kuchaytirgan sababni aniqlang. 
 A va B 
29. Xiva xonligida sexlarda xalfa olgan avans qanday nom bilan ataladi? 
 bo’nak 
30. Quyidagi qaysi so’zning ma’nosi “yunonchadan “birgalikda ishlash” degan ma’noni anglatadi? 
 sindikat 
31. Quyidagi qaysi so’zning ma’nosi “tanho sotish” degan ma’noni anglatadi? 
 monopoliya 
32. Uyda yollanib ishlaydigan hunarmandchilik bu……. 
 kasanachilik 
33. Bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarning birlashmasi bu….. 
 sindikat 
34. Iqtisodiyotning bir sohasidagi yakkahokimlik bu…. 
 monopoliya 
35. Xiva xonligida gilam va kigizlar ishlab chiqaradigan shaharlar xato berilgan javobni aniqlang. 
 Xiva
Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish