9-sinf O’zbekiston tarixi 1-bob


-sinf. O’zbekiston tarixi. 6-7- bob



Download 158,5 Kb.
bet5/6
Sana29.04.2022
Hajmi158,5 Kb.
#590445
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-sinf o\'z tarixi 1-bob

9-sinf. O’zbekiston tarixi. 6-7- bob

1.Turkistonda ma’rifatparvarlik harakati qachon vujudga keldi?


A) XIX asr boshlarida B) XIX asr o’rtalarida
C) XIX asr ikkinchi yarmida D) XX asr boshlarida

2.Butun turkiy halqlar orasida yoyilgan jadidchilik harakatini asoschisi kim?


A) Ismoil G’aspirali B) Mahmudho’ja Behbudiy
C) Abdulla Avloniy D) Munavvar Qori Abdurashidhonov

3.O’rta Osiyoda jadidchilik g’oyalarini keng yoyilishida qaysi gazeta katta o’rin tutgan?


A) “Taraqqiy” B) “Tarjimon”
C) “Shuhrat” D) “Ulug’ Turkiston”

4.O’rta Osiyo taraqqiyparvarlik harkatining vakillarini yoshi turli xil bo’lib ulardan 1910-yilda eng yoshi kim bo’lgan?


A) Abdulla Avloniy B) Mahmudho’ja Behbudiy
C) Abdulxamid Cho’lpon D) Abdurauf Fitrat

5.O’rta Osiyodagi milliy tarqqiyparvarlk harakati hududiy xususiyatlariga ko’ra bo’linib quydagilardan qaysi birini asosiy tarkibini ziyolilar tashkil qilib ular Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatiga qarshi turganlar?


A) Turkiston jadidlari B) Buhoro jadidlari
C) Xiva jadidlari D) Qirim jadidlari

6.Buhoroda jadidchilik harakati qachon tashkiliy tus olib siyosiy tashkilot sifatida shakillana boshladi?


A) 1893-yildan B) 1888-yildan C) 1910-yildan D) 1906-yildan

7.Xiva honligida jadidchilik harakati ikki oqimga bo’linib uning o’ng oqimiga kimrahbarlik qilgan?


A) Boboohun Salimov B) Islomho’ja
C) Polvonniyoz hoji Yusupov D) Abdurauf Fitrat

8.O’rta Osiyoda jadidchilik maktablari ochilgan hudutlarni ularning ochilishiga rahbarlik qilgan shaxslar bilan tog’ri tartibda berilgan javob varintini aniqlang ?


1.Andijonda, 2.Qo’qonda, 3.Toshkentda
a) Shamsiddin domla, b) Manon qori, c) Salohiddin domla
A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-b, 2-c, 3-a C) 1-b, 2-a, 3-c D) 1-a, 2-b, 3-c

9.Jadidlar tomonidan chop etilgan gazetalar va ularning muharirlari bilan to’g’ri tartibda berilgan javobni aniqlang?


1.”Shuhrat”, 2.”Taraqqiy”, 3.”Osiyo”, 4.”Hurshid”
a) Ismoil Obidov b) Munavvar Qori
c) Abdulla Avloniy d) Ahmadjon Bektemirov
A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b
C) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c D) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b

10.1910-yilda qaysi shaharda 24 ta jadid maktabi faoliyat yuritib ularda 1740 nafa bola o’qigan?


A) Buhoroda B) Samarqandda C) Qo’qonda D) Toshkentda

11.Jadidlar tomonidan 1913-1915-yillarda nashr etilgan ahborot vositlaridan qaysi biri jurnal sifatida nashr etilgan?


A) “El bayrog’i B) “Kengash” C) “Oyna” D) “Hurriyat

12.Quydagilardan xato fikirni aniqlang?


A) 1917-yilga kelib o’lkada 100 ga yaqin jadid maktablari faoliyat olib borgan
B) 1917-yilda “Hurriyat’, “Farg’ona sahifasi” kabi ommaviy ahborot vositalari paydo bo’lgan
C) Samarqandda Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xojayev kabi jadidlar faoliyat olib brogan
D) Mahmudho’ja Behbudiy dastlab Samarqand songra Buhoro madrasalarida taxsil olib imom-xatib, qozi, keyin muftiy darajasiga ko’tarilgan

13. Quydagi taraqqiyparvarlardan kim o’zi ochgan jadid maktablari uchun “Birinchi muallim” , “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud ahloq” kabi darsliklar yartgan?


A) Abdulla Avloniy B) Munavvar Qori Abdurashidhonov
C) Mahmudho’ja Behbudiy D) Fayzulla Hojayev

14.Quydagilardan xato fikirni aniqlang?


A) Asadullahoja Ubaydullahojayev Toshkentning “Qoryog’di” mahahallasida tug’ilgan
B) 1910-yilda Buhoroda “Tarbiyayi atfol” (bolalar tarbiyasi) jamiyati tshkil etildi
C) Mahmudhoja Behbudiy Samarqandning Baxshitepz qislog’ida tug’ilgan
D) 1911-yil 15 nafar, 1912-yila 30 nafar talaba Germaniyaga o’qishga yuborildi

15.Turkiston taraqqiyparvar sarmoyadorlar yoshlarni chet ellarga yuborib ulrni zarur bilimlarni egallab xalqqa xizmat qilishini tashabuskori bo’gan. Shulardan kim bu ishga o’z xisobidan katta mablag’ ajratgan?


A) Mahmudh’oja Behbudiy B) Mirkomil Mirmominboyev
C) Ubaydullaho’ja Asadullaho’jayev D) Abdulla Avloniy

16. Jadidlar orasidan yetishib chiqqan birinchi oliy ma’lumotli o’zbek advokatini aniqlang?


A) Mirkomil Mirmo’minboyev B) Abdulqodir Shakuriy
C) Fayzulla Hojayev D) Ubaydullaho’ja Asadullaho’jayev

17.1917-yil mart oyida jadidlarning Toshkentda “Musulmon markaziy sho’rosi” deb atalgan tashkiloti tuzilib, Uning tasis seyzdida 350 delegat qatnashib ular orasida qaysi xalqlardan vakillar qatnashgan?


1.qirg’iz, 2.ozarbayjon, 3.qozoq, 4.tatar, 5.turkman, 6.guruzin, 7.boshqird, 8.yahudiy
A) 1,3,5,7 B) 2,4,5,7 C) 2,4,7,8 D) 1,4,6,7

18.O’rta osiyoda jadid maktablarini ochilishi yillari bilan to’g’ri tartibda belgilang?


1.Buhoroda 2. Qo’qonda 3. Andijonda 4. Toshkentda
a) 1898-yil b) 1899-yil c) 1893-yil
A) 1-c, 2-a, 3-b, 4-b B) 1-a, 2-c, 3-b, 4-a
C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-a D) 1-b, 2-c, 3-a, 4-b

19.Rossiya imperiyasining I jahon urishida ishtiroki tufayli Turkiston o’lkasidan urishga aholining aysi qismi chaqirildi?


A) mahalliy qismi B) yevropalik qismi
C) chorvador qismi D) ahlining hamma qismi

20.Qachon Rossiya imperatori Nikolay II ning “front ortidagi xizmatlar uchun Turkiston ,Sibir, Kavkazdan 19-43-yoshgacha bo’lgan erkakalar safarbarligi” farmoni e’lon qilindi?


A) 1914-yil 25-avgust B) 1914-yil 12-aprel
C) 1916-yil 25-iyun D) 1916-yil 25-iyul

21.Nikolay II ning front ortidagi xizmatlar uchun aholini mardikorlikka olinishi to’g’risidagi farmoniga muofiq Turiston o’lkasining viloyatlari va belgilangan odamlar miqdori bilan to’g’ri berilgan javobni aniqlang?


1.Sirdaryo 2.Samarqand. 3. Far’gona,
a) 50 ming, b) 87 ming, c) 38 ming
A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-b, 2-a, 3-c C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-c, 2-a, 3-b

22.Mardikorlikka safarbar etish jarayoni aholi orasida katta g’alayonlar chiqishiga sabab bo’lishi mumkinligi haqida ma’lumoti, markaziy hokimiyat tomonidan “podsho farmonlarini bajarmaslik, kechiktirish, qarshi chiqish” deb xisoblanib lavozimidan ozod etilgan Farg’ona viloyat gubernatorini aniqlang ?


A) N.Korolkov B) A.Vrevskiy C) F.Girs D) A,Gippius

23.1916-yil 7-iyulda qaysi hudutda mardikorlikka olishga qarshi norozilik harakati bo’lib o’tdi?


A) Xo’jand B) Urgut C) Daxbed D) Angor

24.Ma’lumki 1916-yil 11-iyulda Toshkentning Beshyog’och dahasida mardikorlikka qarshi norozilik harkati bo’shlangan edi huddi shu kuni yana qaysi hudutda shunday qo’zg’alon kotarilgan?


A) Andijonda B) Eski Marg’ilonda
C) Namanganda D) Shaxrixonda

25.Farg’ona vodiysidagi norozilik harakatlari bo’lib o’tgan hudutlarni xranalogik ketma ketlikda berilgan javob variantini aniqlang?


A) Eski Marg’ilon, Andijon, Namangan
B) Andijon, Eski Marg’ilon, Namangan
C) Andijon, Shaxrihon, Eski Marg’ilon
D) Namangan, Eski Marg’ilon, Andijon

26.Farg’ona vodiysida Norozilk harakati bo’lib o’tgan qaysi hudutda qo’zg’alonchilardan 16 kishi o’ldirilgan


A) Andijonda B) Eski Marg’ilonda
C) Labbaytog’a dahasida D) Shaxrihonda

27.Front ortidagi ishlarga safarbar qilish bo’yicha tuzilgan ro’yhatda Samarqandning Jizzax uyezdidan qancha odam belgilangan edi?


A) 11 ming B) 13 ming C) 19 ming D) 37 ming

28.1916-yil 13-iylda Jizzax shaxrida kim boshchiligidagi hunarmandlar mardikorlikka olish bo’yicha ro’yhatni talab qilib qishloq oqsoqoli Mirzoyor Xudoyorov oldiga boradilar?


A) Nazirxo’ja Eshon B) Abduraxmon Jevachi
C) Qosim hoji eshon D) Damin kulol
29.1916-yilg Jizzax qozg’aloniga kim umumiy rahbar bo’ldi?
A) Abduraxmon jevachi B) Nazirxo’ja eshon
C) Damin Kulol D) Eshonqul Torabekov

30.1916-yil 14-iylda Abdurahon jevachi o’z uyida turli joylardan yuborilgan vakillar bilan yig’ilish o’tkazdi va unda Jizzaxdan 12 chaqirim uzoqlikdagi qaysi joyda to’planib barcha birgalikda harakat boshlashga kelishib olindi?


A) Angorda B) Kogartda C) Kuyaboshida D) Daxbedda

31.1916-yilgi Jizzax qo’zg’alonini bostirish uchun kim boshchiligida harbiy kuchlar yuborildi?


A) polkovnik Ivanov B) polkovnik Afanasyev
C) polkovnik Konshevskiy D) general Abramov

32.Jizzax qo’zg’alonini bostirish uchun mustamlakachi hukumat tomonidan jami qancha kishilik harbiy kuch yuborilgan?


A) ikki ming B) ikki yarim ming C) uch ming D) bir yarim ming

33.600 kishilik odami bilan 20-21-iyulda polkovnik Afanasyevga qarshi kurash olib brogan qo’zg’alon rahbarini aniqlang?


A) Nazirx’oja eshon B) Abduraxmon jevachi
C) Damin Kulol D) Qosim hiji eshon

34.1916-yilgi Jizzah qo’zg’alonida ishtiriok etgan jami necha kishi hibsga olindi?


A) 2,5 ming B) 2 ming C) 3 ming D) 4 ming

35.1916-yilgi Turkistonda bo’lib o’tgan norozilik harakatlariga imperiya ma’murlaridan kim “Urish frontlariga yangi bir Turkiston fronti qo’shildi” deya baho bergan edi?


A) F.Kerenskiy B) A.Gippius C) N.Kuropatkin D) S.Duxovskiy

36.Ma’lumki 1914-yilda Turkistonda “favqulotda muhofaza holati” deb e’lon qilinib tartibga rioya etmaganlarga qanday jazo belgilangan?


A) oila a’zolari bilan surgun qilingan
B) davlat xoini sifatida qatl etilgan
C) 50 so’mgacha jarima yoki 3 oygacha qamoqqa olingan
D) 100 so’mgacha jarima yoki 5 yilga qamoqqa olingan

Download 158,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish