\\ bir-biridan uzoq, umumiy jihatlari bo‘lmagan tillar qarindosh bo‘lmagan tillar hisoblanadi. Ushbu gapda \\ belgisi o’rniga qaysi tinish belgi qo’yiladi?
A) vergul B) ikki nuqta C) nuqtali vergul D) tire
7. Hozirgi kunda yer yuzida mavjud bo‘lgan qancha til til hind-yevropa, turkiy, xom-som, xitoy-tibet singari bir necha til oilalariga bo‘linadi?
A) 3000 dan ortiq B) 5000 ga yaqin C) 6000 ga yaqin D) 7000 ga yaqin
8. Javoblardan turkiy tillar oilasiga kiradigan tillarni belgilang.
A) o‘zbek, turk, turkman, qirg‘iz B) tatar, uyg‘ur, boshqird, ozarbayjon C) qaraim, qoraqalpoq, bolqor, qozoq D) barchasi bir oilaga mansub
9. Modomiki, millatning o‘z tili bor ekan, demak, uning dunyoga aytar so‘zi ham bordir. Ushbu gapda boshqa bo’laklar bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan necha so’z bor?
A) 2 ta B) 4 ta C) 5 ta 8ta
10. Javoblarning qaysi birida izohlovchi aniqlovchilar uyushgan?
A) Ko‘ngil maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalitin so‘z bil. B) Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidur. C) Din, tibbiyot, tarix, huquq va astronomiya sohalarida Amir Temur o‘ta biluvchan edi. D) Ko‘p o‘qigan, Osiyoning eng unumli uch tilini juda mukammal bilgan hukmdor edi.
11. Qaysi gapda tinish belgi bilan bog’liq xatolik bor?
A) So‘z benihoya qudratli narsa. B) Qobusnomada shunday bir hikoyat bor... B) Tilni o‘z o‘rnida ishlata bilish uchun farosat; malaka va ziyraklik zarur. D) A, B va C
12. «Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz». Ushbu aforizm muallifi?
A) Farobiy B) A.Navoiy C) Sa’diy Sheroziy D) Rudakiy
13. Kichiklik chog‘idan to‘g‘ri talaffuzga, so‘z va iboralarni, ismlar, joylar, turfa xil nomlarni to‘g‘ri ifoda qilishga o‘rgatilgan, kitob bilan do‘st tutingan, xalq ertaklarini ko‘p va xo‘b o‘qigan, sarguzasht dostonlarni miriqib tinglagan bolalarning nutqi boshqa tengdoshlariga nisbatan mukammal, ayni chog‘da, shirali bo‘ladi. Ushbu gapda qaysi bo’laklar uyushgan?
A) vositali va vositasiz to’ldiruvchilar B) sifatlovchi aniqlovchi va vaziyat hollari C) vositali va vositasiz to’ldiruvchilar; sifatlovchi aniqlovchi va kesimlar D) A va B
14. Yoshligida ko‘p ertak tinglagan, kattalar ovoz chiqarib kitob o‘qiganida, diqqat bilan eshitgan bolalar voyaga yetgach, faqat o‘zlarining emas, boshqalarning ham fikrini e’tiborga oladigan bo‘lishadi. Ushbu gapda qaysi gaplar uyushgan?
A) vositali va vositasiz to’ldiruvchilar B) sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilari C) payt hollar; sifatlovchi aniqlovchi va kesimlar D) A va B
15. Undalmali qo’shma gapni belgilang.
A) O‘rnidan shart turdi-da, kulib qo‘ydi. B) Aka, nimaga unday qilyapsiz? C) O‘g‘lim, bir duo qil, men ham sendek bo‘lib yuray. D) B va C
16. ”Tafakkur” so‘zining ma’nolari qaysi qatorda to’g’ri izohlangan?
A) Obyektiv voqelikning tasavvur, tushuncha va muhokamadagi faol in’ikos jarayoni, insonning fikrlash qobiliyati; fikrlash. B) O‘ylash, fikr yuritish, muhokama; o‘y. C) A va B D) Obyektiv voqelikdagi bilim; fikr yuritish, muhokama bilan amalga oshadigan jarayon
17. “Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi?” Ushbu gapda qancha so’z birikmasi bor va kesimlarni belgilang?
A) 11 ta; hushtak chaladi, hushtak chalmaydi B) 10 ta; chaladi, hushtak chalmaydi B) 9 ta; chaladi, chalmaydi D) 10 ta; hushtak chaladi, hushtak chalmaydi
18. “Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi?” Ushbu gapdagi so’z birikmalari haqidagi noto’g’ri hukmni belgilang.
A) 4 bitishuv, 6 boshqaruv, 1 moslashuv mavjud B) 5 aniqlovchili, 5 to’ldiruvchili, 1 holli birikma mavjud C) 5ta otli va 6ta fe’lli birikma mavjud D) 3 bitishuv, 6 boshqaruv, 2 moslashuv mavjud
19. Javoblarning qaysi birida 8 ta so’z birikmasidan tuzilgan sodda gap berilgan?
A) Dasturxonga qo‘yilgan noz-ne’matlar orasida shakar borligini sezibmi, qayerdandir chumolilar paydo bo‘ldi. B) Hamza ham sezdi, shekilli, ikkalamiz xuddi kelishib olganday, chumolini olib tashlashga qo‘l cho‘zdik. C) Ularning ham biz kabi o‘z uyi, oilasi, bolalari bor. D) O‘ldirib qo‘ysak, inson nomimizga dog‘ tushadi.
20. Qaysi gapda faqat aniqlovchili so’z birikmalari ishtirok etgan?
A) Dasturxonga qo‘yilgan noz-ne’matlar orasida shakar borligini sezibmi, qayerdandir chumolilar paydo bo‘ldi. B) Hamza ham sezdi, shekilli, ikkalamiz xuddi kelishib olganday, chumolini olib tashlashga qo‘l cho‘zdik. C) Ularning ham biz kabi o‘z uyi, oilasi, bolalari bor. D) O‘ldirib qo‘ysak, inson nomimizga dog‘ tushadi.
21. Qaysi gapda faqat boshqaruvli so’z birikmalari ishtirok etgan?
A) Dasturxonga qo‘yilgan noz-ne’matlar orasida shakar borligini sezibmi, qayerdandir chumolilar paydo bo‘ldi. B) Hamza ham sezdi, shekilli, ikkalamiz xuddi kelishib olganday, chumolini olib tashlashga qo‘l cho‘zdik. C) Ularning ham biz kabi o‘z uyi, oilasi, bolalari bor. D) O‘ldirib qo‘ysak, inson nomimizga dog‘ tushadi.
22. Qaysi gapda shart ergash gapli qo’shma gap ishtirok etgan?
A) Dasturxonga qo‘yilgan noz-ne’matlar orasida shakar borligini sezibmi, qayerdandir chumolilar paydo bo‘ldi. B) Hamza ham sezdi, shekilli, ikkalamiz xuddi kelishib olganday, chumolini olib tashlashga qo‘l cho‘zdik. C) Agar maqsad qanchalar ulug’ bo’lsa ham, harakatsiz unga erishib bo’lmaydi. D) O‘ldirib qo‘ysak, inson nomimizga dog‘ tushadi.
23. Javoblarning qaysi birida kesimlar uyushgan sodda gap berilgan?
A) Vatan tuyg‘usi eng ulug‘, eng mo‘tabar tuyg‘ulardan biridir. B) Vatanning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak. C) Vatanni qadrlash, e’zozlash, uning shodlik va quvonchiga sherik bo‘lish, g‘am-hasratini baham ko‘rish farzandning burchidir. D) A va C
24. ”Vatanni qadrlash, e’zozlash, uning shodlik va quvonchiga sherik bo‘lish, g‘am-hasratini baham ko‘rish farzandning burchidir”. Ushbu gap haqidagi noto’g’ri hukmni belgilang.
A) ega va to’ldiruvchilari uyushgan B) 2 ta aniqlovchili va 5 ta to’ldiruvchili birikmasi mavjud C) 5 ta nomustaqil to’ldiruvchisi mavjud D) 8 ta so’z birikmasi mavjud
25. ”Yaxshi tarbiya ko‘rgan odamning xislatlaridan biri shuki, bunday odam o‘z faoliyatida boshqalardan bir qadam oldinga o‘tsa, darrov orqaga qaraydi, sheriklariga yordam qo‘lini uzatadi, safini kengaytirib, yangi g‘alabani ko‘zlaydi”. Abdulla Qahhorning ushbu hikmati tarkibida qancha so’z birikmasi bor?
A) 17 ta B) 13 ta C) 19 ta D) 15 ta
26. ”Yaxshi tarbiya ko‘rgan odamning xislatlaridan biri shuki, bunday odam o‘z faoliyatida boshqalardan bir qadam oldinga o‘tsa, darrov orqaga qaraydi, sheriklariga yordam qo‘lini uzatadi, safini kengaytirib, yangi g‘alabani ko‘zlaydi”. Abdulla Qahhorning ushbu hikmati tarkibida ismlarning belgili munosabat shakllari qancha?
A) 16 ta B) 14 ta C) 12 ta D) 15 ta
27. ”Bova, Ermat polvonga meni chiqaring, Shukur bizning hamsoyamiz! Ushbu gapdagi gap bo’laklari joylashuvi qaysi qatorda ko’rsatilgan?
A) undalma, to’ldiruvchi, to’ldiruvchi, ega, aniqlovchi, kesim B) ega, to’ldiruvchi, to’ldiruvchi, ega, aniqlovchi, kesim C) undalma, ega, to’ldiruvchi, to’ldiruvchi, ega, aniqlovchi, kesim D) to’g’ri izoh berilmagan
28. Qaysi gap ”hol – hol – aniqlovchi – ega – kesim” qolipida joylashgan?
A) Men bilmasligimning bilimdoniman. Bilishga intilmaslik – uyat. B) Kitobni tushunib mutolaa qilish kerak. C) Ba’zan tushunib mutolaa qilishning o‘zi kifoya qilmaydi. D) Bunday hollarda ayrim zarur fikrlarni yod olish kerak bo‘ladi.
29. Qaysi gapda ega kesim orasidagi tire to’g’ri ishlatilgan?
A) Kitob bilan muomala – odamlar bilan muomalaga tayyorlaydi. B) Ikkisi ham – birday zarur. C) Kitob – fikrning tolmas qanotlari. D) Qo’shning tinch – sen tinch.
30. ”Kimki adovat-u xusumat eksa, albatta, u tashvish-u mashaqqat o‘radi”. Ushbu gapda qaysi bo’laklar uyushgan?
A) vositasiz to’ldiruvchi B) vositali to’ldiruvchi C) egalar D) holler
31. Qaysi gapda uyushiq va ajratilgan bo’laklar ishtirok etgan?
A) Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘lishini istaydi. B) Ayniqsa, har bir odam o‘zining oqil, obro‘-e’tiborli, iste’dodli, sadoqatli do‘stlari – safdoshlari bilan faxrlanadi, ammo do‘stlik mezoni faqat shular bilan o‘lchanmaydi. C) Har bir odamning do‘stlari oldida burch va mas’uliyatlari borki, ularni ado etolmasa, do‘stlari uning do‘stligini e’tirof etmaydilar, tan olmaydilar. D) Har bir odam do‘stlaridan shu burch va mas’uliyatlarini ado etishni talab qiladi.
32. Qaysi javobda vositasiz to’ldiruvchilari uyushgan bog’lovchisiz qo’shma gap berilgan?
A) Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘lishini istaydi. B) Ayniqsa, har bir odam o‘zining oqil, obro‘-e’tiborli, iste’dodli, sadoqatli do‘stlari – safdoshlari bilan faxrlanadi, ammo do‘stlik mezoni faqat shular bilan o‘lchanmaydi. C) Har bir odamning do‘stlari oldida burch va mas’uliyatlari borki, ularni ado etolmasa, do‘stlari uning do‘stligini e’tirof etmaydilar, tan olmaydilar. D) Har bir odam do‘stlaridan shu burch va mas’uliyatlarini ado etishni talab qiladi.
33. Qaysi javobda vositasiz to’ldiruvchilari uyushgan sodda gap berilgan?
A) Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘lishini istaydi. B) Ayniqsa, har bir odam o‘zining oqil, obro‘-e’tiborli, iste’dodli, sadoqatli do‘stlari – safdoshlari bilan faxrlanadi, ammo do‘stlik mezoni faqat shular bilan o‘lchanmaydi. C) Har bir odamning do‘stlari oldida burch va mas’uliyatlari borki, ularni ado etolmasa, do‘stlari uning do‘stligini e’tirof etmaydilar, tan olmaydilar. D) Har bir odam do‘stlaridan shu burch va mas’uliyatlarini ado etishni talab qiladi.
34. Qaysi javobda bosh gapi tarkibida egalari uyushgan aralash murakkab qo’shma gap berilgan?
A) Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘lishini istaydi. B) Ayniqsa, har bir odam o‘zining oqil, obro‘-e’tiborli, iste’dodli, sadoqatli do‘stlari – safdoshlari bilan faxrlanadi, ammo do‘stlik mezoni faqat shular bilan o‘lchanmaydi. C) Har bir odamning do‘stlari oldida burch va mas’uliyatlari borki, ularni ado etolmasa, do‘stlari uning do‘stligini e’tirof etmaydilar, tan olmaydilar. D) Har bir odam do‘stlaridan shu burch va mas’uliyatlarini ado etishni talab qiladi.
35. Qaysi gapda ajratilgan izohlovchi va uyushgan qaratqich aniqlovchi qatnashgan?
A) Xalqaro savdo yo‘li – Buyuk ipak yo‘li Temur va Temuriylar davrida juda serqatnov bo‘lgan. B) O‘zbekiston – ona diyor, bag‘ri to‘la hikmatdir. C) Turnalar arg‘imchog‘i g‘ira-shira osmon ortiga – bulutlar bag‘riga singiydi. D) Endi sizlar – aziz onalar, opa-singillar, yurt egalari, kelajak sohiblari yo‘lchi yulduz, mayoq singari istiqbolimizni yoriting, aqlimizni peshlang, ongimizni boyiting.
36. Qaysi gapda faqat ajratilgan izohlovchi qatnashgan, uyushiq bo’lak qatnashmagan?
A) Xalqaro savdo yo‘li – Buyuk ipak yo‘li Temur va Temuriylar davrida juda serqatnov bo‘lgan. B) O‘zbekiston – ona diyor, bag‘ri to‘la hikmatdir. C) Turnalar arg‘imchog‘i g‘ira-shira osmon ortiga – bulutlar bag‘riga singiydi. D) Endi sizlar – aziz onalar, opa-singillar, yurt egalari, kelajak sohiblari yo‘lchi yulduz, mayoq singari istiqbolimizni yoriting, aqlimizni peshlang, ongimizni boyiting.
37. Qaysi gapda ajratilgan o’rin holi qatnashgan?
A) Xalqaro savdo yo‘li – Buyuk ipak yo‘li Temur va Temuriylar davrida juda serqatnov bo‘lgan. B) O‘zbekiston – ona diyor, bag‘ri to‘la hikmatdir. C) Turnalar arg‘imchog‘i g‘ira-shira osmon ortiga – bulutlar bag‘riga singiydi. D) Endi sizlar – aziz onalar, opa-singillar, yurt egalari, kelajak sohiblari yo‘lchi yulduz, mayoq singari istiqbolimizni yoriting, aqlimizni peshlang, ongimizni boyiting.
38. Qaysi javobda ajratilgan izohlovchilari va hollari uyushgan qismlari uyushgan murakkab qo’shma gap qatnashgan?
A) Xalqaro savdo yo‘li – Buyuk ipak yo‘li Temur va Temuriylar davrida juda serqatnov bo‘lgan. B) O‘zbekiston – ona diyor, bag‘ri to‘la hikmatdir. C) Turnalar arg‘imchog‘i g‘ira-shira osmon ortiga – bulutlar bag‘riga singiydi. D) Endi sizlar – aziz onalar, opa-singillar, yurt egalari, kelajak sohiblari yo‘lchi yulduz, mayoq singari istiqbolimizni yoriting, aqlimizni peshlang, ongimizni boyiting.
39. ”Insonni ehtiros emas, uning buyuk bisoti – aqli, tafakkuri boshqarishi kerak”. Ushbu gap haqidagi qaysi hukm to’g’ri?
A) faqat egalar uyushgan B) faqat ajratilgan izohlovchilar uyushgan C) kesim va ajratilgan izohlovchilari uyushgan D) A va B
40. Qaysi gapda qaratqich aniqlovchilar uyushgan?
A) Fuzuliy, Bedil va Mashrab devonini yostiqlari ostiga qo‘yib uxlaydilar. B) Xirmon sayli, qovun sayli, gul bayrami, Mehrjon bayrami, Navro‘z shodiyonalari she’rsiz, bahr-u bayt va o‘lanlarsiz o‘tmagan. C) Piyolalar gardiga, belbog‘lar, dastro‘mollar hoshiyalariga mehr-muhabbat, saodat baytlarini yozganlar, kashta qilib tikkanlar. D) Insonni ehtiros emas, uning buyuk bisoti – aqli, tafakkuri boshqarishi kerak.
41. Qaysi gapda ega va vaziyat hollar uyushgan?
A) Fuzuliy, Bedil va Mashrab devonini yostiqlari ostiga qo‘yib uxlaydilar. B) Xirmon sayli, qovun sayli, gul bayrami, Mehrjon bayrami, Navro‘z shodiyonalari she’rsiz, bahr-u bayt va o‘lanlarsiz o‘tmagan. C) Piyolalar gardiga, belbog‘lar, dastro‘mollar hoshiyalariga mehr-muhabbat, saodat baytlarini yozganlar, kashta qilib tikkanlar. D) Insonni ehtiros emas, uning buyuk bisoti – aqli, tafakkuri boshqarishi kerak.
42. Qaysi gapda qaratqich aniqlovchilar va vositali to’ldiruvchilar uyushgan?
A) Fuzuliy, Bedil va Mashrab devonini yostiqlari ostiga qo‘yib uxlaydilar. B) Xirmon sayli, qovun sayli, gul bayrami, Mehrjon bayrami, Navro‘z shodiyonalari she’rsiz, bahr-u bayt va o‘lanlarsiz o‘tmagan. C) Piyolalar gardiga, belbog‘lar, dastro‘mollar hoshiyalariga mehr-muhabbat, saodat baytlarini yozganlar, kashta qilib tikkanlar. D) Insonni ehtiros emas, uning buyuk bisoti – aqli, tafakkuri boshqarishi kerak.
43. Ona tilim, sen borsan, shaksiz, Bulbul kuyin she’rga solaman. Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz, Men ham to‘ti bo‘lib qolaman. A.Oripov qalamiga mansub ushbu to’rtlikda gap bo’laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan necha so’z qatnashgan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 4 ta
44. Qaysi gapda sodda kiritma qatnashgan?
A) Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog‘ing tabarruk. B) Kamol, Kamoljon, uxlab qoldingmi? Kel, o‘g‘lim, ovqating sovib qoldi. C) Bu vidolashuv, ayniqsa, Ulug‘bekka qattiq ta’sir qildi. D) O‘zimning bulbulim, nega to‘xtab qolding, bulbuljon?
45. Qaysi gapda yoyiq undalma kiritma qatnashgan?
A) Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog‘ing tabarruk. B) Kamol, Kamoljon, uxlab qoldingmi? Kel, o‘g‘lim, ovqating sovib qoldi. C) Bu vidolashuv, ayniqsa, Ulug‘bekka qattiq ta’sir qildi. D) O‘zimning bulbulim, nega to‘xtab qolding, bulbuljon?
46. Qaysi qatorda undalmali bog’lovchisiz qo’shma gap qatnashgan?
A) Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog‘ing tabarruk. B) Kamol, Kamoljon, uxlab qoldingmi? Kel, o‘g‘lim, ovqating sovib qoldi. C) Bu vidolashuv, ayniqsa, Ulug‘bekka qattiq ta’sir qildi. D) O‘zimning bulbulim, nega to‘xtab qolding, bulbuljon?
47. Achinish munosabatini bildiruvchi kiritma qatnashgan gapni belgilang.
A) Afsuski, hayotimizda o‘zgarishlarga to‘g‘anoq bo‘layotgan kimsalar hamon uchramoqda. B) Yaxshi, bolam, yaxshi! Ko‘pning nazaridan qolma. C) Bu vidolashuv, ayniqsa, Ulug‘bekka qattiq ta’sir qildi. D) Ko‘karmagan daraxtni, albatta, kesish va o‘rniga yangisini ekish kerak.
48. Qaysi gapdagi undalma(lar) subyektiv munosabat ifodalagan?
A) Ey ko‘ngil, boqmagil jahon ishiga, Ki jahon qilmadi vafo kishiga. B) Ey bo‘tam, tilingni yomon so‘zlardan saqla! C) Birodar, bu dunyo hech kimga qolmas, Qolur yaxshi noming jahonda, shu bas. D) Bu qasidam senga, xalqim, Oq sut-u tuz hurmati, Erkin o‘g‘lingman, qabul et, O‘zbegim, jon o‘zbegim.
49. Qaysi gapda yig’iq undalma va kitish so’z qatnashgan?
A) Ey Navoiy, eldan bir chaqa ham tama qilma, aksincha, o‘zing elga bersang, buni «karam» deydilar. B) Ey barcha fanlarni bilguvchi olim, bu ish xayolingga yaxshi kelibdi. C) Jobir unga qarab: ”Ey mening asirim, jangda bo‘sh kelmading”, – dedi. D) Mas’ud dedi: «Ey ochiqko‘ngilli kishi, sening savolingga javob berish shart».
50. Qaysi javobda yoyiq undalmali shaxsi noma’lum gap qatnashgan?
A) Ey Navoiy, eldan bir chaqa ham tama qilma, aksincha, o‘zing elga bersang, buni «karam» deydilar. B) Ey barcha fanlarni bilguvchi olim, bu ish xayolingga yaxshi kelibdi. C) Jobir unga qarab: ”Ey mening asirim, jangda bo‘sh kelmading”, – dedi. D) Mas’ud dedi: «Ey ochiqko‘ngilli kishi, sening savolingga javob berish shart».
51. Muqbil dedi: «Ey shoh, men sizning umringiz uzoq, martabangiz osmon bo‘lishini istayman». Ushbu gap haqidagi qaysi fikr noto’g’ri?
A) ko’chirma gapi tarkibida jalb qilish maqsadidagi yig’iq undalma qatnashgan B) ko’chirma gapi tarkibida vositasiz to’ldiruvchilari uyushgan C) ko’chirma gapi tarkibida undalma va uyushgan kesimlar qatnashgan D) M: ”K”. qolipidagi ko’chirma gapli qo’shma gap
52. ”O‘zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov talabalik yillarida Mirtemir domlani ko‘rish, suhbatlaridan bahramand bo‘lishga boribdilar”. Ushbu gapda qaysi bo’lak uyushgan?
A) kesim B) vositali to’ldiruvchi C) izohlovchi D) maqsad holi
53. Qaysi gapda boshqa gap bo’laklar bilan ”grammatik aloqaga kirishmaydigan bo’lak” qatnashgan?
A) Ustoz, nega Pushkinning rasmini ko‘rinadigan joyga – ish stolingizga qo‘ygansiz-u, bobomiz Alisher Navoiyning rasmlari ichkarida? B) Erkinjon, men hazrat Alisher Navoiyning avlodi, ul zot qoldirgan ma’naviy merosning merosxo‘ri ekanim bilan faxrlanaman-u, biroq, afsuski, Pushkinni o‘qib tushunganchalik hazrat Navoiyni tushuna olmayapman, ma’nolar olamiga kirolmayapman. C) Binobarin, hazratdan uyalganim, yuzlariga qarashga xijolat bo‘layotganim tufayli shunday qilganman. D) barchasida grammatik aloqaga kirishmaydigan bo’lak” qatnashgan
54. Qaysi qatorda undalmali zidlov bog’lovchili qo’shma gap berilgan?
A) Ustoz, nega Pushkinning rasmini ko‘rinadigan joyga – ish stolingizga qo‘ygansiz-u, bobomiz Alisher Navoiyning rasmlari ichkarida? B) Erkinjon, men hazrat Alisher Navoiyning avlodi, ul zot qoldirgan ma’naviy merosning merosxo‘ri ekanim bilan faxrlanaman-u, biroq, afsuski, Pushkinni o‘qib tushunganchalik hazrat Navoiyni tushuna olmayapman, ma’nolar olamiga kirolmayapman. C) Binobarin, hazratdan uyalganim, yuzlariga qarashga xijolat bo‘layotganim tufayli shunday qilganman. D) Birodar, bu dunyo hech kimga qolmas, Qolur yaxshi noming jahonda.
55. Qaysi qatorda undalmali aralash murakkab qo’shma gap berilgan?
A) Ustoz, nega Pushkinning rasmini ko‘rinadigan joyga – ish stolingizga qo‘ygansiz-u, bobomiz Alisher Navoiyning rasmlari ichkarida? B) Erkinjon, men hazrat Alisher Navoiyning avlodi, ul zot qoldirgan ma’naviy merosning merosxo‘ri ekanim bilan faxrlanaman-u, biroq, afsuski, Pushkinni o‘qib tushunganchalik hazrat Navoiyni tushuna olmayapman, ma’nolar olamiga kirolmayapman. C) Binobarin, hazratdan uyalganim, yuzlariga qarashga xijolat bo‘layotganim tufayli shunday qilganman. D) Birodar, bu dunyo hech kimga qolmas, Qolur yaxshi noming jahonda.
56. Qaysi qatorda tasdiqni bildiruvchi kirish so’z va uyushgan sifatlovchi qatnashgan?
A) Rosti, dunyoda inson bolasidan ham aziz va ardoqli zot bo‘lmasa kerak. B) Bilasizmi, ma’naviyat urug‘i inson bolasiga, eng avvalo, ona suti, uning allasi, oila va keng jamoatchilik ta’siri bilan singadi. C) Aslida, yuragida milliy iftixor tuyg‘usi, Vatan muhabbati jo‘sh urgan bilimdon, dono, tadbirkor insonlar har bir mamlakatning salohiyati, kelajagini belgilay oladigan katta kuch hisoblanadi. D) Menimcha, do’stlarning qandayligi yaxshi kunda ham bilinadi.
57. Qaysi qatorda fikrning kimga qarashliligini bildiruvchi kirish so’z qatnashgan?
A) Rosti, dunyoda inson bolasidan ham aziz va ardoqli zot bo‘lmasa kerak. B) Bilasizmi, ma’naviyat urug‘i inson bolasiga, eng avvalo, ona suti, uning allasi, oila va keng jamoatchilik ta’siri bilan singadi. C) Aslida, yuragida milliy iftixor tuyg‘usi, Vatan muhabbati jo‘sh urgan bilimdon, dono, tadbirkor insonlar har bir mamlakatning salohiyati, kelajagini belgilay oladigan katta kuch hisoblanadi. D) Menimcha, do’stlarning qandayligi yaxshi kunda ham bilinadi.
58. Qaysi qanorda fikr tartibini bildiruvchi kirish so’z va uyushgan qaratqich aniqlovchi qatnashgan?
A) Rosti, dunyoda inson bolasidan ham aziz va ardoqli zot bo‘lmasa kerak. B) Bilasizmi, ma’naviyat urug‘i inson bolasiga, eng avvalo, ona suti, uning allasi, oila va keng jamoatchilik ta’siri bilan singadi. C) Aslida, yuragida milliy iftixor tuyg‘usi, Vatan muhabbati jo‘sh urgan bilimdon, dono, tadbirkor insonlar har bir mamlakatning salohiyati, kelajagini belgilay oladigan katta kuch hisoblanadi. D) Menimcha, do’stlarning qandayligi yaxshi kunda ham bilinadi.
59. ”Quyosh buloq suviga ham, mag‘zavaga ham baravar nur sochaveradi. Yer chuchmomani ham, chaqirtikanakni ham baravar o‘stiraveradi... ” Ushbu gaplarda qaysi bo’laklar uyushgan?
A) vositali to’ldiruvchilar B) vositasiz to’ldiruvchilar C) hollar D) A va B
60. Qaysi javobda “iftixor” so’zining ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan?
A) shon-sharaf hissi, faxr B) shon-sharaf keltiruvchi, faxrlansa arziydigan ish. C) insonning o‘z qadr-qimmatini bilish, uni hurmat qilish hissi; izzat-nafs D) A va B
61. Qaysi javobda “g’urur” so’zining ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan?
A) insonning o‘z qadr-qimmatini bilish, uni hurmat qilish hissi; izzat-nafs. B) faxrlanish, mamnunlik tuyg‘usi; faxr, iftixor; kibrlanish tuyg‘usi; mag‘rurlik, kibr-havo C) faxrlanishga asos bo‘ladigan kimsa, narsa va shu kabilar D) barchasi
62. Ushbu gaplarda qancha kirish so’z ishtirok etgan?
1. Axir, oriyat o‘zbekning vijdoni emasmi? 2. Ayol kishiga, avvalo, ona deb qarasak, hammasi joy-joyiga tushadi. 3. Komila, nihoyat, tavakkaliga bir qovunni uzdi-da, hidlab olib chiqdi. 4. Umuman, odam bolasi tug‘ilibdiki, nimanidir himoya qilib yashaydi. 5. Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatiga ham zarar keltiradi.
A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 3 ta
63. Tarkibida sodda kiritma qatnashgan sodda gapni belgilang.
A) Ayol kishiga, avvalo, ona deb qarasak, hammasi joy-joyiga tushadi. B) Komila, nihoyat, tavakkaliga bir qovunni uzdi-da, hidlab olib chiqdi. C) Umuman, odam bolasi tug‘ilibdiki, nimanidir himoya qilib yashaydi. D) Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatiga ham zarar keltiradi.
64. Tarkibida sodda kiritma qatnashgan bog’langan qo’shma gapni belgilang.
A) Ayol kishiga, avvalo, ona deb qarasak, hammasi joy-joyiga tushadi. B) Komila, nihoyat, tavakkaliga bir qovunni uzdi-da, hidlab olib chiqdi. C) Umuman, odam bolasi tug‘ilibdiki, nimanidir himoya qilib yashaydi. D) Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatiga ham zarar keltiradi.
65. Tarkibida sodda kiritma qatnashgan payt ergash gapli qo’shma gapni belgilang.
A) Ayol kishiga, avvalo, ona deb qarasak, hammasi joy-joyiga tushadi. B) Komila, nihoyat, tavakkaliga bir qovunni uzdi-da, hidlab olib chiqdi. C) Umuman, odam bolasi tug‘ilibdiki, nimanidir himoya qilib yashaydi. D) Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatiga ham zarar keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |