9-SINF ONA TILI
4-CHORAK I VARIANT
1. O‘zlashtirma gap berilgan javobni toping.
A. Bir donishmand nasihatni olmaydigan odam baxtsiz odam ekanligini ta’kidlagan edi.
B. “Yaxshi fe’l bilan kishilar ko‘nglini olib, o‘zingni yomon qiliqlardan saqlab yasha”, - deydi Ahmad Yugnakiy.
C. Do‘stim dedi: “Odamzod hasad qilmasligi kerak”.
D. Yetti o‘lchab, bir kes.
2. Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda ko‘chirma gap qanday o‘zgarishga uchraydi?
A. murakkab qo‘shma gapga aylanadi. B. ergashgan qo‘shma gapga aylanadi.
C. sodda gap shaklini oladi. D. bog‘lovchisiz qo‘shma gapga aylanadi
3. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko‘rinishi …. deyiladi.
A. ilmiy uslub B. rasmiy uslub C. badiiy uslub D. nutq uslublari
4. Ilmiy uslubga xos so‘zlar qatorini toping.
A. oftob, ko‘k, abr B. atom, vodorod, kislota
C. ariza, dalolatnoma, ma’lumotnoma D. oraz, zebo, g‘uncha
Do'stlaringiz bilan baham: |