Kelgusi rejalar.
O’qituvchi: olgan bilimlarini xuddi shunday guruhlarga yetkazadi
Tashkiliy qism (2 daqiqa).
Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo’linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so’zlari yozilgan shakllar.
Baholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar.
Mavzu: Fransiyaning tashqi siyosati.
Tashi siyosat. 70-yillardan boshhlab Fransiyaning xalqaro mavqeyi zaiflashdi. Uning kontinental Yevropadagi yetakchi davlat mavqeyi barham topdi. Endi, Fransiya Germaniya hujumidan xavfsirab yashaydigan davlatga aylandi. Ayniqsa, 1879-yilda tuzilgan Germaniya-Avstriya-Vengriya ittifoqi Fransiyaning xalqaro mavqeyini yanada yomonlashtirib yubordi. Shunday bo’lsa-da, Fransiya boshqa buyuk davlatlar o’rtasidagi nizolardan ustalik bilan foydalanib, mustamlaka imperiyasini tobora kengaytirib borishga muvaffaq bo’ldi. Chunonchi, 1881-yilda Tunis tobe etildi. Germaniya atayin bunga qarshilik qiladi. Uning maqsadi Fransiya-Italiya munosabatlarini keskinlashtirish edi. Chunki, Italiya ham Tunisga da’vogar edi. Germaniya o’z niyatiga etdi. Tunisdan quruq qolgan Italiya endi Germaniya bilan yaqinlasha boshladi. Bu esa 1882-yilda Germaniya-Avstriya-Vengriya va Italiyadan iborat harbiy-siyosiy ittifoqning tuzilishiga olib keldi. Bu ittifoq tarixga «Uchlar ittifoqi» nomi bilan kirdi. Fransiya 1883-yilda Vetnamga, 1885-yilda Xitoyga qarshi urush boshladi, 1891-yilda Gvineya, 1892-yilda Senegal bo’ysundirildi. 1893-yilda Sahroyi Kabirdagi Tambuktani zabt etdi, Laos ustidan protektorat o’rnatildi, 1894-1896-yillarda Madagaskar bosib olindi. Ko’p o’tmay Fransiya Marokashni ham egalladi va uni asoratli shartnoma tuzishga majbur etdi. 1912-yilda bu davlat ustidan Fransiya protektorati o’rnatildi. 1914-yilda Marokashda 100 ming fransuz jangchisi bor edi. Ayni paytda, «Uchlar ittifoqi» Fransiyaga tobora ko’proq xavf sola boshladi. Bu hol uni Angliya va Rossiya bilan yaqinlashish yo’llarini qidirishga majbur etdi. Oxir-oqibatda bu 3 davlat ittifoqi qaror topdi. Shu tariqa, Yevropaning buyuk davlatlari bo’lingan dunyoni qayta bo’lish girdobiga tortildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |