Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 3 daqiqa
II.O’tgan mavzuni so’rash 9 daqiqa
III.Yangi mavzu bayoni 18 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 10 daqiqa
V.Dars yakuni 3 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish,davomadni aniqlash,darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.O’tgan mavzuni so’rash
1. VI-VII аsrlаrdаn slаvyan qаbilаlаri qaysi hududlаrdа yashаgаnlаr?
2. Sharqiy slаvyanlаr kimlardan iborat?
3. Vislа, Dnеpr, Dunаy, Elbа dаryolаri bo‘ylаridа yashаgаn slavyanlar хo‘jаligidа nima muhim o‘rin tutgаn?
4. Slavyanlarda хаlq yig‘inlаri nima deb nomlangan?
5. 893-927-yillarda Bоlgаriyada kim hukmronlik qilgan?
6. Bolgariya podsholigiga kim tomonidan asos solinadi?
7. Qaysi qabila ittifoqi boshida Prjemislovichlar xonadonidan bo‘lgan knyazlar turgan?
8. Buyuk Moraviya qayerda va qachon vujudga kelgan?
9. Buyuk Moraviya ko‘chmanchi vengerlar tomonidan parchalangach uning hududlari qaysi davlat tarkibiga kirgan?
10. Solnomachining yozishicha, Polyan knyazligi sulolasining afsonaviy asoschisi kim bo‘lgan?
11. Yilnomalarda yozilishicha, ilk o‘rta asrlarda Sharqiy slavyan qabilalari kimlarga elchilik jo‘natib, o‘zlariga knyaz yuborishlarini so‘raydi?
12. 882-yili kim o‘z lashkari bilan Kiyevni egallab, ayni paytdan yozma manbalarda Kiyev Rusi nomini olgan davlatga asos soladi?
13. Qaysi Rus knyazi Rus mavqeyini harbiy yurishlar, istilolar bilan emas, mohirona diрlomatiya orqali yuksaltirishga intilgan?
14. Rus knyazilaridan qaysi biri X asrning 50-yillarida Konstantinopolga tashrif buyurib, xristianlikni qabul qilgan?
15. . Qaysi Rus hukmdorlardan xristianlikni qabul qilishdan bosh tortib “agar men bir o‘zim boshqa dinga o‘tsam, drujinam ustimdan kuladi” – degan edi?
16. Qaysi voqea sharafiga Kiyevda avliyo Sofiya ibodatxonasi bunyod etiladi?
17. Kimning davrida Kiyevda xristian ruhoniylari tayyorlaydigan o‘quv yurti tashkil etilgan?
18. Knyazlarda kim Novgorodda uch yuz ruhoniy tayyorlaydigan bilim yurtini ochadi?
19. Kimning hukmronlik davrida poytaxt Kiyevda Vizantiyadan keltirilgan yunon tilidagi kitoblarni ruschaga tarjima qilish yo‘lga qo‘yiladi?
20. Yevropa davlatlarining hukmdorlaridan qay birlari davrida qonunlar to‘plami tuzilgan?
21. “Rus haqiqati”dagi ko‘pchilik moddalarda jinoyat uchun qanday jazolar ko‘zda tutilgan?
22. Nechanchi yili Rus knyazi Vladimir Monomax ilk bor qiрchoq xonlaridan ikkitasining qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratadi?
23. Vladimir Monomax qaysi yillari Kiyev knyazi bo‘lgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |