“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etilgan 9-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan “Jahon tarixi” darsligi XIX asrning 70-yillaridan 1918-yilgacha bo‘lgan davrda jahon mamlakatlari tarixida yuz bergan voqealarni qamrab oladi.
Darslikdagi asosiy voqealar Fransiya Prussiya urishi bilan boshlanadi. 9-sinf darsligi maʼlumotlar juda ilmiy jihatdan yondashilgan. Birgina Fransiya Prussiya urishida ham bir tomondan qaralganda SUOT tahlildan foydalanilgan lekin óquvchiga bulgan voqealarni yanada tushunarli qilib berish mumkin edi. Masalan usha davrdagi davlat siyosiy xaritasi, chegaralari , ishlab chiqarishi va urish vaqtlari esa harbiy harakatlarni óquvchiga xarita va diagramma , sxemalar orqali tushuntirilsa maqsadga muvofiq buladi. Darslikda kuplab davlatlarning XIX asr 60-70-yillaridan 1-jahon urushigacha bulgan davrda ichki va tashqi siyosatlari keng maʼnoda tushuntirib berilgan. Lekin agar ichki va tashqi siyosatini va iqtisodini jadval va sxema asosida tushuntirilsa uquvchi mavzuni yaxshiroq anglashi mumkin. Darslikda asosan bir xillikdan foydalanilgan. Bundan vaziyatda mavzuga boshqacharoq yondashish mumkin. Masalan taqqoslash usulidan foydalanilsa uquvchi turli davlatlardagi uxshashlik va farqli jihatlarni anglab olishi osonroq buladi. Yani maʼlumotlar jadval asosidami yo sxema koʻrinishida taqqoslansa maqsadga muvofiq buladi. Masalan Fransiya mavzusida pensiya yoshi aytib utilgan shuningdek Germaniya va Buyuk Britaniyadagi pensiya yoshi eslatib utilgan. Bu narsa óquvchining yodidan kutarilmaslik darajasi yuqoriroq buladi. Shu bilan birga darslikda rasmlar juda ham tasvirlangan. Har bir mavzu buyicha kuproq rasmlar bilan axborot yetkazishdan foydalanilsa albatta samaraliroq bulish ehtimoli katta. Chunki oddiy misol keltiramiz maktab óquvchilari qaysi kitob bulmasin avvalo rasmlari va xaritalarini kuzdan kechiradi. Shuningdek bu uslub óquvchining fanga bulgan munosabatini ham uzgartiradi. Masalan siz mavzuga oid biror rasm quying uning tagiga chiroyli tarif berib quyilsa uquvchi bu rasmda nima narsa aks ettirilganligini bilish maqsadida ham uni diqqat bilan óqib kuradi. Chunki bolalar tabiatida qiziqqonlik mavjud. Shu bilan birga har bir aytib utilgan davlatlarning davlat boshliq va vazirlari va kózga kóringan shaxslarini tasviri berilishi maqsadga muvofiq buladi. Tabiiyki inson zoti qiziquvchan va albatta kupchilikni kunglidan bu shaxs qanaqa inson ekan degan hayol ótadi. Shuningdek darslikning 1-jahon urushiga oid bobida ham kóplab uzgarishlar qilish mumkin. Bulsa ham kuproq xarita va rasmlarga qaratish kerak. Óquvchining tasavvurida uqiyotgan narsasi aks etishi uchun bu narsalar juda muhim. Urush davridagi turli yilda Antanta va uchlar ittifoqining hududi uzgarib borgan, va bu ózgarishlari yilma yil qilib xaritada aks ettirib urish maqsadda muofiqroqdir. Bu maqsadlarni amalga oshirishda tarixning boshqa fanlar bilan aloqadorligidan foydalanamiz. Shu bilan birga 1-jahon urushi davrida kuplab qurol va texnikalar extiro qilingan. Óquvchining tafakkurini oshirish va mavzuni tushunarli qilish uchun esa albatta ixtiro qilingan qurol va texnikalar rasmlar orqali tasvirlanishi va shu bilan birga urush manzaralari ham bu órindan joy olishi lozim. Darslikni kup jabhalarida statistikadan foydalanish yaxshi natija berishi mumkin. Darslikning sónggi qismi yani ilm fan taraqqiyoti bobida ham kuplab ózgarishlar keltirishimiz mumkin. Masalan birinchi navbatta har bir olimning va asar yoki ixtirolarning rasmlari va shu bilan birga bu narsalarni jadval koʻrinishida tasvirlasa ham boʻladi. Yani Bir qatoriga olimlar keyingi qatoriga ixtiro yoki asarlar va ixtiro qilingan yil va shunga uxshash. Chunki óquvchi maʼlumotlarni jamlab olishda qiynalmaydi. Darslikdan umumiy xulosa shuki avvalo kuproq xarita, rasm, diagramma, jadval va sxema lardan foydalanish maqsadga muvofiq. Shuningdek baʼzi qismlarda sanalar nihoyatda kup berilgan buning órniga esa qiziqarli faktlar keltirilsa óquvchini jalb qilish foizi kupayadi.