33-Osiyo mamlakatlari tabiiy resurslari va aholisi
1.Jahon neft zahiralarining necha foizi Osiyo hissasiga to’g’ri keladi?
Javob:70 foizi
2.Osiyodagi qaysi mintaqa ,,qalay belbog’ini’’ hosil qiladi?
Javob:Janubi –Sharqiy Osiyo
3.Yer yuzida barcha sug’oriladigan yerlarning necha qismi Osiyo mamlakatlari hissasiga
to’g’ri keladi?
Javob:3/4
4.2018-yil ma’lumotlariga ko’ra Xitoy va Hindiston aholisi mos ravishda necha mln kishiga
teng bo’lgan?
Javob:1mlrd,394 mln, 1mlrd,371 mln
5.Xitoy va Hindistonda butun insoniyatning necha foizi istiqomat qiladi?
Javob:36 foizni
6.Osiyoning qaysi davlatlaridatabiiy ko’payish yiliga 2,5-3 foizni tashkil qiladi?
Javob:Sharqir Timor,Iroq,Yaman, Tojikiston
7.Osiyoda urbanizatziya darajasi necha foizga teng
Javob:50 foiz
8.Afg’oniston, Tojikiston, Shri-Lanka, Npal, Kambodja, Myanma, Sharqiy Timor bu
Mamlakatlarda urbanizatsiya darajasi necha foiz oralig’ida?
Javob:20-30 foiz
9.Sintoizm diniga qaysi davlatda e’tiqot qilishadi?
Javob:Yaponiya
10.Jahon ko’mir zaxiralarining necha foizidan ko’pi osiyo qit’asi hissasiga to’g’ri keladi?
Javob:50 foiz
11.Jabubiy-G’arbiy osiyoda sug’orma dehqonchilik necha ming yillar oldin shakllangan?
Javob:4-5 ming yillar
35-Qozog’iston Respublikasi
1.Markaziy osiyoda hududiy jihatdan eng yirik davlatni toping?
Javob: Qozog’iston
2. Qozog’iston nechta davlat bilan chegaradosh?
Javvob:5 ta
3.Qozog’istonning Rossiya bilan davlat chegarasi necha km ga teng?
Javob:7548 km
4.Qozog’iston respublikasi ma’muriy hududiy jihatdan….?
Javob:Unitar davlat
5.Qozog’iston respublikasi nechta viloyatdan iborat?
Javob:14 ta
6.Qozog’istonning qaysi tomonlari tog’ tizmalaridan iborat?
Javob:Janubiy-Sharqiy
7.Qozog’istonda noruda mineralboyliklaridan qaysilari alohida e’tiborga loyiq?
Javob:Fosfarit,Oltingugugt
8.Qarag’anda va Ekibastuz havzalarida qanday tabiiy resurs zaxiralari joylashgan?
Javob:Toshko’mir
9.Qozog’istonning shimoliy hududlarida qishda havo harorati gradusdan past bo’ladi?
Javob:-50 C
10.Qozog’istonda necha mln aholi yashaydi?
Javob:18,4
11.2018-yil holatiga Qozog’iston urbatizatsiya darajasi necha foiz ga teng?
Javob:57 foiz
12.Mamlakatning eng yirik sharhi?
Javob:Nur-Sulton
13.Qozog’istonda aholi zichligining o’rtacha ko’rsatgichi 1 kmkv ga necha kishi to’g’ keladi?
Javob:7 kishi
14.O’zbeklar asosan respublika janubidagi qaysiviloyatda yashaydi?
Javob:Turkiston
15.Qozog’iston nechanchi yildan buyon jahonda uran qazib olishda birinchi o’rinda turadi?
Javob:2009
16.Qozog’iston dunyo qazib olayotgan uranning necha foizini beradi?
Javob:40 foiz
17.elektr energiyasining necha foizi IES larida ishlab chiqariladi?
Javob:90 foiz
18.Qozog’istonda donchilik ayniqsa qaysi qismlaridagi viloyatlarida yaxshi rivojlangan?
Javob:Shimoliy
19.Sabzavotchilik, sholichilik, polizchilik qaysi qismidagi viloyatlarda rivojlangan?
Javob:Janubiy
20.Qozog’iston chorvachiligining yetakchi tarmoqlarini toping?
Javob:Qoramolchilik,yilqichilik,qo’ychilik,tuyachilik
36-Qirg’iziston Respublikasi
1.Qirg’iziston respublikasining maydoni necha ming km kv ga teng?
Javob:199,9 km kv
2.Qirg’iziston g’arbda va jabunda mos ravishda qaysi davlatlar bilan chegaradosh?
Javob:O’zbekiston,Tojikiston
3.Qirg’iston ma’muriy-hududiy tuzilishi nechta viloyat va nchta respublika ahamiyatidagi shahardan iborat?
Javob:7 va 2
4. Qirg’izistonning respublika ahamiyatidagi shaharlarini toping?
Javob: Bishkek, O’sh
5. Qirg’izistonning necha foiz qismi tog’lar bilan band ?
Javob: 90
6. Qirg’izistonning asosiy yer osti boyliklarin toping?
Javob: oltin, simob, volfram , surma , uran
7. Yoqilg’I resurslari asosan mamlakatning qaysi qismidagi ko’mir konlari bilan band?
Javob: Janubiy
8. Qirg’izistonning eng kata daryolarini toping.
Javob: Norin, Chuy, Talas
9. Qirg’iziston aholisining necha foizdan ko’proq qismi shaharlarda yashaydi?
Javob: 30
10. O’sh shahrida necha ming kishidan ko’proq aholi yashaydi?
Javob: 260
11. Qirg’izistonning eng yirik shahri Bishkekda necha mln kishi (2017) yashaydi?
Javob: 1
12. Qirg;izistonning eng muhim sanoat mahsulotini toping?
Javob: Oltin
13. Qirg’iziston sobiq Ittifoq davlatlari orasida qaysi davlatlardan so’ng 3-o’rinda turadi?
Javob: Rossiya va O’zbekiston
14. Markaziy Tyanshanning baland tog’larida joylashgan KUMTOR konidan nima qazib olinadi?
Javob: Oltin
15. Qirg’izistonning elektr energiyasi asosan qaysi tarmoqqa tayanadi?
Javob: GES
16. Qirg’izistondachorvachilikning qaysi tarmoqlari yaxshi rivojlangan?
Javob: qo’ychilik, qoramolchilik, yilqichilik, echkichilik
17. Qirg’izistonga yiliga necha mln sayyoh tashrif buyuradi?
Javob: 3
Do'stlaringiz bilan baham: |