9 sinf. Fan: Geografiya Mavzu: Fanning maqsadi vavazifalari darsning texnologik xaritasi


Dunyoning monarxiya boshqaruvi davlatlari



Download 167,89 Kb.
bet6/42
Sana02.06.2022
Hajmi167,89 Kb.
#630893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
9-sinf konspekt 0

Dunyoning monarxiya boshqaruvi davlatlari

Yevropa

Osiyo

Afrika

Okeaniya

Andorra – knyazligi

Bahrayn – Amirlik

Lisoto – qirollik



Tongo – qirollik



Bеlgiya- qirolligi

Brunеy – sultonlik

Marokash – qirollik






Vatikan – papa

Butan – qirollik

Svazilеnd – qirollik






Buyuk Britaniya - qirollik

Iordaniya – qirollik









Daniya - qirollik



Qatar – Amirlik









Ispaniya – qirollik

Quvayt – Amirlik









Litxеnshtеyn - kinyazlik

Malayziya – sultonlik









Lyuksеmburg – buyuk gеrsoglik

Nеpal – qirollik









Monako – knyazlik

BAA – Amirlik









Nidеrlandiya – qirollik

Ummon – sultonlik









Norvеgiya – qirollik

Saudiya.Arabistoni – podshohlik









Shvеtsiya - qirollik

Tailand – qirollik












Yaponiya –impеratorlik












Konbodja - qirollik











Dunyoning fеdеrativ ma’muriy-hududiy tuzilishidagi mamlakatlari



Yevropa

Osiyo

Afrika

Amerika

Avstraliya- Okeaniya

Rossiya Fеdеratsiyasi

Hindisto
Fеdеrativ Rеspublikasi



Komor orollari
Fеdеral Islom
Rеspublikasi

Braziliya Fеdеrativ Rеspublikasi



Avstraliya Ittifoqi



Avstriya Rеspublikasi

Malayziya Fеdеrativ Rеspublikasi



Nigеriya Fеdеral Rеspublikasi

Vеnеsuela Rеspublikasi



Mikronеziya Fеdеrativ shtatlari

Shvеtsariya konfеdеratsiyasi

Myanma Ittifoqi



Janubiy Afrika Rеspublikasi

Kanada




Gеrmaniya Fеdеrativ Rеspublikasi

Birlashgan Arab Amirliklari




Mеksika Qo‘shma shtatlari









Pokiston islom Rеspublikasi






Amеrika Qo‘shma shtatlari













Argеntina






4.O‘tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.
I guruhga
1s. Respublika va monarxiya shakllarini bir-biridan ajratib turuvchi belgilar nima?
Javob:.
2s. Jahon siyosiy xaritasida monarxiya shaklidagi davlatlar soni nechta?
Javob: 45 ta.


3s. Iqtisodiy rivojlangan mamlaktlarda ma’muriy-hududiy tuzilma qanday?
Javob: Bu mamlakatlar uchun murakkablik va ko’p pog’onalik xosdir.

4s. Myanma -ma’muriy-hududiy tuzilishiga ko‘ra qanday davlat?


Javob: . Myanma fеdеrativ ma’muriy-hududiy tuzilishidagi davlat.


II guruhga
1s. Respublika tizimida qonun chiqaruchi va ijro etuvchi organ kimlarga qaraydi?
Javob: Respublika tizimida qonun chiqaruvchi organ odatda parlamentga, ijro etuvchi organ esa hukumatga qaraydi. Monarxiya davlatlarida esa, podsholik qiladi, lekin idora qilmaydi.


2s.Qaysi respublikalarda prezident katta vakolatga ega bo’lmaydi?
Javob: Parlamentar respublikada prezident katta vakolatga ega bo’lmaydi.


3s.Qaysi respublikalarda bosh vazir hukumat boshlig’i hisoblanadi?
Javob: Parlamentar respublikada bosh vazir hukumat boshlig’i hisoblanadi.

4s. Brunеy – davlat boshqaruviga ko‘ra qanday davlat?


Javob: Sultonlik.
8.Uyga vazifa:
1. Yozuvsiz xaritaga jahondagi respublika, monarxiya shakidagi davlatlarni tushurish.
2. Daftaringizga aholi jon boshiga yalpi milliy daromad yuqori bo’lgan davlatlarni yozing.

Sana: ______ ______ 20______yil


9 - sinf.Fan: Geografiya
Mavzu: Jahon tabiiy resurslari
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

T/R

Darsning bosqichlari

Dars vaqti taqsimoti

Dars mazmuni

1

Tashkiliy qism






  1. daqiqa

  1. Salomlashish

  2. Davomatni tekshirish

  3. Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish

  4. Shu kunning muhim yangiliklari bilan tanishish

2

Kirish





  1. daqiqa

  1. O’tilgan mavzuni o’zlashtirilganini tekshirish

  2. O’tilgan mavzuni mustaxkamlash

3

Asosiy qism



15 daqiqa



Mavzu: Jahon tabiiy resurslari



4

Mustahkamlash






  1. daqiqa

  1. Tarqatma materiallar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash

  2. O’z-o’zini baxolash

  3. Xaritalar bilan ishlash

5

Yakuniy qism

  1. daqiqa

  1. O’quvchilarni baxolash

  2. Uyga vazifa

Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish

  2. tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash

  3. rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish

Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  1. Salomlashish

  2. Honani darsga tayyorlash

  3. O’quvchilar davomatini aniqlash

  4. Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish

  5. Shukunningmuhimyangiliklari

2. O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
5. Uyga vazifa.
O’tilgan mavzuni so’rab baholash:

  1. Davlat tuzimi avvalambor nima bilan bo’g’liq?

  2. O’zbekistonning ma’muriy – hududiy tuzilma qandayligini so’zlab bering

  3. Unitary davlatlarga misol keltiring.

  4. Federative davlatlatlarga misollar keltiring.



Yangi mavzu bayoni
Insoniyat tabiat qo‘ynida paydo bo‘ldi, ulg‘aydi, hozirgi intellektual yetuklik (sivilizatsiya) darajasiga yetdi. U ana shu evolutsion rivojlanishi davomida tabiatdan asosiy yashash vositalarmi oldi, uni chuqur o‘zlashtirishga erishdi va, o‘z navbatida, unga o‘z ta’sirini o‘tkazib keldi. Boshqacha aytganda, o‘tgan uzoq tarixiy davrlar davomida insoniyatning tabiatga, tabiatning esa inson hayotiga o‘zaro ta’siri uzluksiz kuchayib bordi. Binobarm, taraqqiyot jarayonining barcha davrlarida insoniyat tarixini uning tabiat bilan o‘zaro aloqalari tarixi ham deb hisoblash mumkin. Ana shu tobora kuchayib borgan, uzluksiz o‘zaro aloqalar jarayoni jamiyat va tabiatni ulaming hozirgi holatiga olib keldi.
Jamiyatning rivojlanishi jarayonida zamin bo‘lgan ona Yer, ona Tabiat insoniyat sivilizatsiyasining dastlabki davrlaridan to hoziigacha o‘z boshidan katta o‘zgarishlami o'tkazdi. Jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqadorligi jarayoni bir necha bosqichlami o‘z ichiga oladi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida inson, asosan tabiat beigan ne’matlar hisobiga yashagan. U ovchilik, baliqchffik bilan shug'ullangan, o‘simlik ildizlarini yig‘ib kun kechiigan. Tabiiyki, u davrlaida kishilar o‘simlik va hayvonlaiga boy bo‘lgan, asosan, iliq va nam hududlarda jamoa bo‘lib yashashga intilganlar. Inson hayotining ushbu bosqichlari fanda ibtidoiy jamoa davri deb ataladi.
KISHILIK JAMIYATINING RIVOJLANISHI DAVRLARI

T/r

Davrlar

Inson faoliyati

Yaqti

1

Ibtidoiy jamoa davri

  • Yowoyi meva va o‘simliklami yig'ish, ovchilik va baliqchilik

  • Insonning tabiatga moslashuvi

30 ming yil avval

2

Qishloq xo‘jaligi inqilobi davri

  • Insoniyat asosiy qismining ovchilik va baliqchilikdan dehqonchilik va chorvachilikka o‘tishi

  • Tabiiy landshaftlarni dastlabki o‘zlashtirila boshlanishi

6000 - 8000 yillar avval

3

0‘rta asrlar
davri

  • Yangi yerlami o'zlashtirishning kuchayishi

  • Tabiiy resurslardan xo‘jalikda foydalanishning kengayib borishi

Xasr 1000 yillar avval

4

Sanoat inqilobi davri

  • Tabiiy landshaftlaming tez sur’atlarda o‘zlashtirilishi

  • Insonning atrof-muhitga ta’sirining keng doirada amalga oshishi

XVIII asr 300 yil avval

5

Hozirgi FTI
davri

—Ishlab chiqarish vositalari va uning texnika bazasida tub ijobiy siljishlar
— «Jamiyat—tabiiy muhit» tizimida keskin siljishlar

XX asr o'rtalaridan boshlab

Insoniyat hayotining 2-bosqichida dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari rivojlana bordi. Aynan shu davrlardan boshlab Nil, Dajla va Frot, Hind va Gang, Xuanxe va Yanszi, Amu va Sirdaryo vodiylari, Qadimiy Yunoniston va Rim davlatlari ana shunday katta ijtimoiy o‘zgarishlarga erishgan hududga aylandi.


Yillar, asrlar o‘tishi davomida jamiyat bilan tabiatning o‘zaro ta’siri ham sekin-asta kengayib bordi. Awalo insonning tabiatga ta’siri kuchaya bordi. Bular, o‘z navbatida, jamiyat hayotida tobora katta o‘zgarishlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Asta-sekin aholi soni ortib bora boshladi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotining 3- bosqichi hisoblanmish 0‘rta asrlar davrida yer, mineral va o‘rmon resurslarini kengroq o‘zlashtirishga kirishila boshlandi. Karvon yo‘llari (Buyuk Ipak yo‘li) orqali hududlararo aloqalar kuchaya bordi. Aholining ko‘paya borishi yerlarga ishlov berishni kuchaytirish va yangi hududlami o‘zlashtirishga undadi.
Bunday o‘zgarishlar, eng avvalo, «Eski dunyo» hududlariga, ya’ni G'arbiy Yevropa, Osiyoning janubiy mintaqa kengliklarida joylashgan mamlakatlariga xosdir. Tabiiyki, 0‘rta asrlar davrida aholining yashash hududlari yanada kengaydi. Bular, eng avvalo, kashf qilingan «Yangi dunyo» deb atalmish Amerika va Avstraliya qit’alarining o‘zlashtirila borishi misolida o‘z ifodasini topadi.
Jamiyat bilan tabiatning o‘zaro ta’siri jarayonining 4-bosqichida inson tomonidan tabiatni o‘zlashtirish ancha tezlashdi. Ayniqsa, Yevropada ishlab chiqarish kuchlarining yanada rivojlanishi xilma-xil tabiiy resurslami o‘zlashtirish sur’atlarini keskin tezlashtirdi. Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya, Afrika, shuningdek, insoniyatning eng qadimiy beshiklaridan Osiyo hududlarini to‘laroq egallash, ulami mustamlakalarga aylantirish va iqtisodiy jihatdan o‘zlashtirish harakatlari mazkur taraqqiyot bosqichining asosiy mazmuniga aylangan edi. Tabiiyki, bu holat Yevropada sanoat rivojlanishida tub burilishlaming boshlanishiga asos bo‘ldi. Dunyo miqyosida tabiiy landshaftlaming tez sur’atlarda o‘zlashtirilishi (bo‘sh yotgan yerlaming haydalib, ekin maydonlariga aylantirilishi, tabiiy va ijtimoiy boyliklaming ayovsiz ishga solina borishi, temiryo'llar qurilishining avj olishi kabilar) natijasida inson faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta’siri sekin-asta kuchayib bordi.
XX asming ikkinchi yarmidan boshlangan hozirgi fan-texnika inqilobi davrida jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o'zaro munosabatlar faolligi o'zining eng yuqori darajasiga yetdi. Bu bosqichda «Jamiyat — tabiat»ning o'zaro munosabatlarida jamiyatning faolligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bu davrga kelib inson tomonidan yer yuzasi tabiatini keng miqyosda o‘zlashtirishga erishildi. Ayniqsa, FTI davrida turli tabiiy resurslardan foydalanish sur’atlarining tinimsiz ortib borishi, tabiatga murakkab tarkibli, ko‘p hollarda har taraflama zaharli sanoat va boshqa turdagi chiqindilarning tinimsiz chiqarib tashlanishi tobora «Jamiyat—tabiat» o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardagi muvozanatning buzila borishiga sabab bo'lmoqda. Bu holatda insoniyat o‘z oykumena* chegaralarini tinimsiz kengaytirib boidi. Olimlaming hisob-kitoblariga ko‘ra hozirgi vaqtda inson tomonidan o'zlashtirilgan antropogen landshaftlar dunyo quruqligining 60% dan ortiqroq maydonini egallaydi. Ayniqsa, quruqlikning 20% qismida tabiiy landshaftlar tubdan o‘zgartirilgan: ular shahar va qishloqlar, industrial ishlab chiqarish obyektlari, ekinzor va bog‘lar, yo‘llar va suv omborlari, qo‘lda ekilgan o'rmonlar va istirohat joylaridir.
* Oykumena —grekcha oikeo— yashayman, joylashaman, ya’ni yer yuzasining aholi yashaydigan, aholi istiqomat qiladigan qismi demakdir.
Demak, inson o‘z hayoti sharoitini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirishi yo‘lida sayyoramizning mintaqalarida tabiat imkoniyatlaridan tobora ko‘proq foydalanishga harakat qildi hamda shunga erishdi, o‘ziga xos yashash muhitini yaratdi. Fanda bu geografik muhit deb ataladi. Shunday qilib, jamiyat o‘z ijtimoiy faoliyati davomida tabiatdan ko'proq resurslarni oladigan va ayni vaqtda, tabiatga tobora ko‘proq turli xil chiqindilarni chiqarib tashlaydigan bo‘lib qoldi. 0‘z navbatida, bu jarayon insoniyat oldiga bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan:

  1. Tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish;

  2. Atrof-muhitni ifloslanishdan muhofaza qilishdek juda dolzarb muammolami qo‘yadi.

Insoniyat o‘z hayoti va ijtimoiy faoliyati davomida turli xil tabiiy resurslar (boyliklar)dan foydalanadi.
Tabiiy resurs deb inson hayoti va faoliyati davomida bevosita foydalaniladigan barcha turdagi tabiat ne’matlariga aytiladi.
Yer shari juda ko£p va xilma-xil tabiiy resurslarga ega. Tabiiy resurslar besh turga bo‘linadi. Ular yer, suv, mineral, biologik va iqlimiy resurslardan iborat. Ular yer yuzasi bo‘ylab ancha notekis joylashgan. Shu sababli, alohida hududlar, mamlakatlar, materiklar tabiiy resurslar bilan turlicha ta’minlangan, ulaming turlari va miqdoriy ko'rsatkichlari ham har xil. Bu holat, o‘z navbatida, resurslar bilan ta’minlanganlik tushunchasini keltirib chiqaradi.
Tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik deganda tabiiy resurslarning umumiy ko‘lami ko‘rsatkichlari bilan ulardan foydalanish miqdori o‘rtasidagi nisbat tushuniladi. U tabiiy resursning necha yillargacha yetishi yoki resurs zaxirasining aholi jon boshiga qanchadan to‘g‘ri kelishi ko'rsatkichlari bilan ifodalanadi.
Ko‘pchilik tabiiy resurslar, eng awalo, turli moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. Shu sababU sanoat xomashyolari bilan ta’minlanish muammosi ko‘pchilik mamlakatlar oldida dolzarb bo‘lib turadi.
Tabiiy resurslarning ba’zi birlari, o‘z navbatida, yana ham mayda va kichik turlarga taqsimlanadi. Tabiiy resurslar tabiatda kelib chiqishi, ishlatilishi xusu- siyatlariga ko‘ra tugaydigan va tugamaydigan guruhlarga bo‘linadi. Tuproq, mi­neral, o'simlik, hayvonot, rekreatsiya kabi resurslar tugaydigan tabiiy resurslarga kiradi. Ular, o‘z navbatida, tiklanadigan va tiklanmaydigan guruhlarga bo‘linadi. Tiklanishi mumkin bo'lgan tabiiy resurslarga tuproq, o'simlik, hayvonot, rekreatsiya, chuchuk — iste’mol suvi kabi boyliklar kiradi. Mineral (yer osti) resurslari tiklanmaydigan tabiiy boylik hisoblanadi.
Tabiatda amalda tugamaydigan tabiiy resurslar ham mavjuddir. Ular quyosh nuri, shamol, dengiz va okeanlar, yeming ichki (geotermal) energiyasidir. Tabiiy resurslar yer yuzasi bo‘ylab notekis joylashgan Fors qo‘ltig‘i mamlakatlari neft va tabiiy gazga, And mamlakatlari mis va polimetall rudalariga, Shimoliy yarim shaming o‘rta kengliklari va ekvatorial mintaqa hududlari o'rmonlarga ancha boy. Rossiya, AQSH, Xitoy, Kanada, Braziliya, Avstraliya kabi bir qator ulkan davlatlar amalda tabiiy resurslarning deyarli barcha xillari bilan yaxshi ta’minlangan. Shuningdek, ko‘pgina mamlakatlar muhim tabiiy boyliklarning bir yoki bir nechta turlarigagina ega. Jahonda uchinchi xil mamlakatlar, masalan; Andorra, Okeaniya va Karib havzasidagi bir qator mamlakatlar tabiiy boyliklar, ayniqsa, mineral boyliklar bilan yetarli darajada ta’minlanmagan.

Download 167,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish