irsiyat qonunlariga doir masalalarni yechish usullari va mexanizmini tushungan holda masalalarni yecha oladi;
modifikatsion o‘zgaruvchanlikning statistik qonuniyatlarini tajribada o‘rgana oladi.A2+
o‘simliklarning yangi hosildor navlarini, hayvonlarning zotlarini yaratishning dastlabki usullarini biladi.
Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning maqsadi:
o‘quvchilarni 9-sinfga mo‘ljallangan ,,Biologiya “ darsligi bilan tanishtirish;
darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1.,, Odam va uning salomatligi “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 9-sinfdagi ,, biologiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:Hayvonlarning tuzilishi, hayoti, xilma-xilligi, individual va tarixiy rivojlanishi, Yer yuzida tarqalishi kabi qonuniyatlarini qiziqarli zoologiya fanidan o‘rganib olgansiz. Hayvonlar va o‘simliklar umumiy kelib chiqishga ega bo‘lgan tirik organizmlar hisoblanadi. Buning dalili sifatida ularning tuzilishi va hayot kechirishlaridagi bir necha o‘xshashliklarni ko‘rsatish mumkin. Hayvonlar o‘simlik va zamburug‘larga o‘xshash hujayraviy tuzilishga ega. Kimyoviy tarkibi va boshqa ko‘pgina xususiyatlarda (moddalar almashinuvi, irsiyat va o‘zgaruvchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik) umumiylik mavjud. Shu bilan birga hayvonlarning o‘simliklardan farq qiluvchi bir necha xususiyatlari hamma’lum. Ulardan eng muhimi oziqlanish xarakteridir. Ko‘pchilik o‘simlik avtotrof organizmlar hisoblanadi. Hayvonlar esa geterotroflardir.
Ba’zi hayvonlar faol harakatlanish xususiyati bilan ham ajralib turadi. o‘simliklar harakati esa odatda ko‘zga tashlanmaydi. Hayvonlar hujayrasi o‘simliklardagi kabi sellulozali qobiq va vakuolalarga ega emas. Ushbu xususiyatni ham barcha hayvonlarga taalluqli deb bo‘lmaydi. o‘simlik va hayvonlar o‘rtasidagi nisbiy farqlar ularning ajdodlari umumiy ekanligini bildiradi. Hayvonlarning tabiatdagi ahamiyatini o‘simliklar hayotida ko‘rish mumkin. Gulli o‘simliklarning changlanishi yoki urug‘ va mevalarning tarqalishida hayvonlar katta rol o‘ynaydi. Hayvonlar har-xil ozuqa zanjirlari tarkibida ishtirok etib, o‘simliklar bilan oziqlanuvchi turlar boshqa yirtqich hayvonlar uchun ozuqa sifatida xizmat qiladi. Hayvonlar tuproq hosil qilish jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Chuvalchanglar, chumolilar va boshqa mayda hayvonlar tuproq tuzilmasini shakllanishida, uning unumdorligini oshirishda hamda tuproqning suv va havo bilan ta’minlanishida ishtirok etadi. o‘simlik qoldig‘i va hayvon jasadlarini parchalovchi organizmlar muhim sanitar ahamiyatga ega. Suvda yashovchi ko‘pchilik hayvonlar suvni tozalovchi — biofiltr organizmlardir.
Hayvonlar insonning ko‘p qirrali xo‘jalik faoliyatida katta o‘rin egallaydi. Yovvoyi va uy hayvonlari insonni har xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Yovvoyi hayvonlarning turlari uy hayvon zotlarini yaxshilash uchun xizmat qiluvchi genofondni saqlaydi. Ko‘pgina yirtqich hayvonlar qishloq va o‘rmon xo‘jaliklarida turli zararkunandalarni yo‘qotishda katta rol o‘ynaydi. Biroq hayvonlarning ayrimlari zararlidir. Masalan, o‘simlik zararkunandalari qishloq xo‘jaligiga katta ziyon keltiradi: ular oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yemiradi, jun, teri, yog‘ochdan tayyorlangan materiallarni ishdan chiqaradi. Ko‘pchilik hayvon turlari havf li kasalliklar (bezgak, qichima va boshqalar)ni qo‘zg‘atuvchi va tarqatuvchi (chivinlar, burgalar va hokazo) sifatida ishtirok etadi. IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
12.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
13.Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |