irsiyat qonunlariga doir masalalarni yechish usullari va mexanizmini tushungan holda masalalarni yecha oladi;
modifikatsion o‘zgaruvchanlikning statistik qonuniyatlarini tajribada o‘rgana oladi.A2+
o‘simliklarning yangi hosildor navlarini, hayvonlarning zotlarini yaratishning dastlabki usullarini biladi.
Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning maqsadi:
o‘quvchilarni 9-sinfga mo‘ljallangan ,,Biologiya “ darsligi bilan tanishtirish;
darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1.,, Odam va uning salomatligi “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 9-sinfdagi ,, biologiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:Mavjud hayvon zotlari va madaniy o‘simliklar navlarining genofondi, boshlang‘ich yovvoyi turlarning genofondiga nisbatan kamroq bo‘lishi tabiiydir. Shuning uchun ham seleksiya ishlarining yutuqlari asosan o‘simlik yoki hayvonlarning boshlang‘ich guruhlarining genetik xilmaxilligi bilan bog‘liq. O‘simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlarini yaratishda yovvoyi shakllarning foydali belgilarini qidirish va unlarni
aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniy o‘simliklarning xilmaxilligi va geografik tarqalishini o‘rganish maqsadida rossiyalik mashhur genetik va seleksioner olim N.I. Vavilov 1920—1940 yillarda Rossiya va chet ellarga bir qator ekspeditsiyalarni uyushtirgan. Bu ekspeditsiyalar davomida dunyo o‘simlik resurslari o‘rganilgan va urug‘chilik uchun g‘oyat muhim kolleksiya to‘plangan. Bular keyinchalik seleksiya ishlarida, yanginavlarni yaratishda foydalanilgan. N.I.Vavilov ekspeditsiya natijalari asosida seleksiya nazariyasi uchun muhim hisoblangan, umumiy xulosalarni ishlab chiqdi. Madaniy o‘simliklarning kelib chiqishini 7 markazga bo‘ladi. Bu markazlar butun dunyo bo‘ylab tarqalgan. Bularga Janubiy Osiyo tropik markazi (50% madaniy o‘simliklar, shu jumladan sholi, shakarqamish va sabzavot ekinlari vatani), Sharqiy Osiyo markazi (bu yerlardan 20% dan ortiq madaniy o‘simliklar tarqalgan, jumladan soya va tariq vatani hisoblanadi), JanubiyG‘arbiy Osiy markazi (14% madaniy o‘simliklar, shu jumladan bug‘doy, suli, dukkaklilar, zig‘ir, sabzi va boshqalar vatani), O‘rta Yer dengizi markazi (11% madaniy o‘simliklarning, karam, qand lavlagi, beda vatani), Abissiniya (Efiopiy a ) markazi (arpa, banan, kofe daraxti va boshqalar vatani), Markaziy Amerika (oshqovoq, loviya, makkajo‘xori, qalampir, g‘o‘za, kakao daraxti vatani), Janubiy Amerika markazi (kartoshka, ananas, tamaki vatani) kiradi. Hozirgi vaqtda markazlar soni 12 tagacha ko‘paytirilgan. N.I.Vavilov kolleksiyasining tarixida qora kunlar ham bo‘lgan. 1940 yili soxta ayblar asosida qamoqqa olinadi va 1943 yili Saratov qamoqxonasida holsizlanib (ochlikdan) hayotdan ko‘z yumadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |