Biologiya .1-chorak uchun testlar.
1.Tiriklikning barcha xossalarini o`zida mujassamlashtirgan eng kichik birlik bu...A)molekula B)Hujayra
C)to`qima D) organ
2.Hayotning hujayrasiz shaklini belgilang. A)virus B)bakteriya C)zamburug` D)o`simlik
3.Bakteriyalarni zararlovchi bakteriofag-virusini kim kashf qilgan?
A)I.Ivanovskiy B)F.Leffler C)P.Frosh D)F.de Errel
4. Biologiya fani nimalarni o`rganadi?
A)jonli va jonsiz tabiatni B)tabiatdagi o`zgarishlarni D)tirik organizmlarni C)bakteriya va molekulalarni.
5.Hujayrani o`rganuvchi biologiyaning bo limi.A)mikrobiologiya B)virusologiya C)anatomiya D)sitologiya
6.Katakcha, uyacha , hujra ma’nolarini bildiruvchi biologic atama .A)Hujayra B)organ C)to`qima D)atom
7. Quyidagi organizmlardan prokariotlarni ajrating.1.zamburug` 2.g`o`za gommozi 3.lola 4.yomg`ir chuvalchangi 5.xlorokokk 6.qo`ziqorin 7.nostok 8.chinor.
A)2, 5,7 B)1,5,8 C)3,4, 6 D)1, 6,8
8. Quyidagi organizmlardan eukariotlarni ajrating.1.zamburug` 2.g`o`za gommozi 3.lola 4.yomg`ir chuvalchangi 5.xlorokokk 6.qo`ziqorin 7.nostok 8.chinor.
A)2, 5,7,8 B)1,3,5,6,8 C)3,4,5, 6,7 D)1,3, 4,6,8
9.Tugunak bakterialar bir yilda bir gektar maydonda qanchagacha azot to`playdi?
A)100 kg B)200kg C)300 kg D0 400 kg
10. O`lat kasalligini keltirib chiqaruvchi bakteriyalar qaysi sutemizuvchilarda uchraydi?
A)Kalamush va sichqon B)quyon va echkilar C)it va mushuklar D)qoramol va qo`ylar
11.Ko`k –yashil suvo`tlarini belgilang. 1.ulotriks 2.ossillatoriya 3.nostok 4,ulva 5.xara
A)1,2 B)2,3, C)1,5 D)1,4,5
12.Gullamaydigan yuksak o`simliklarni belgilang.1.chinor 2.plaun 3.terak 4.qirqquloq 5.yo`sin 6.zarang
A)1,2,3 B)2,4,5 C)1,3,5 D)2,4,6
13.Haqiqiy mitseliysi yo`q,tanasi alohida-alohida hujayralardan tashkil topgan, hujayrasi bir yadroli,kurtaklanish yo`li bilan ko`payadi.Qaysi zamburug` haqida gap ketmoqda ?
A)achitqi B)qo`ziqorin C)vilt D)go`ng zamburug`i
14.Zang zamburug`ining oraliq xo`jayinini belgilang.A)qayin B)yong`oq C)zirk D)bodom
15.yuksak o`simliklar ildizi bilan zamburug`ning simbioz hayot kechirishi …..deb ataladi.
A)mikoriza B)lishaynik C)parazitlik D) saprofit
16.Hujayra nazariyasinini kim yaratgan? A) R.Guk , R.Braun B)Shleyden ,Shvann
C)Levenguk, Virxov D) A va C javoblar
17.Hujayrasida haqiqiy yadro mavjud bo`lgan organizmlarni belgilang. 1.shaftoli 2.sil tayoqchasi 3.ossillatoriya 4.arxar 5.ayiq 6.nostok 7.qo`ziqorin 8.g`o`za gommozi
A)2,3,6,8 B)1,4,5,7 C)2,4,6,8 D)1,2,7,8
18.Zamburug`larning Hujayra qobig`I qanday moddadan tuzilgan? A)sellyuloza B)pektin
C)xitin D)yupqa qobiq
19.Qaysi hujayra organoidi yunonchadan tarjima qilganda “eritaman”degan ma’noni bildirib, diametric 0,4 mkm kattalikdagi yassi tanachalardir.
A)golji majmui B)endoplazmatik to`r C)ribosoma D)lizosoma
20. Ularning soni shimpanze, suvarak va qalampirda 48 ta, odamda 46 ta,zog`ora baliqda 104 ta. Nima haqida gap ketmoqda? A)yadro B)Hujayra C)DNK D)xpomosoma.
Do'stlaringiz bilan baham: |