J: Farhodning atobegi-Mulkoro.
219. Xitoyning mashhur naqqosh, me’mor va tosh yo’nuvchilari kimlar?
J: Me’mor- Boniy, naqqosh-Moniy, tosh yo’nuvchi-Qoran.
220. Bo’lub el anduhidin ko’ngli g’amnok,
Yaqo chokin ko’rib, ko’ksin qilib chok.Ushbu ta’rif kimning holatiga tegishli?
J: Farhodning kelajak taqdirini ko’zguda ko’rgan holati tasviri.
221. “Chiqorub so’zlig’ so’z boshidin dud,
Sovug’ oh aylab, ohin otashholud” baytidagi so’zlig’ so’z birikmasi qanday ma’no anglatadi?
J: 1) yoniq so’z; 2) so’zli yonish (chunki o’zbek tilida “so’z, kalima”; fors tilida “yonish, kuyish
ma’nolarini beradi”); otashholud-yoniq, dardli, otashin; zamir-ko’ngil; xunbor-qon yig’lovchi;
222. Oyna tilsimini ochish uchun Farhod Yunonistonga borguncha, qanday sarguzashtlarni boshidan kechiradi?
J: Ungacha 3 manzil bo’lib, 1-Ajdahoni; 2-Ahriman dev; 3-Bulardan-da mushkul bo’lgan tilsimni yechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |