841.Asardagi manqurtning zamonaviy va xavfli nusxasi kim?
J: Kazangapning o’g’li Sobitjon.
842.“Odamning odamligini ta’minlab turadigan asosiy qadriyatlar haqida dard bilan bitilgan o’lmas asar”ushbu ta’rif qaysi asar haqida?
J: “Asrga tatigulik kun”romani haqida.
843.Pafos so’zining lug’aviy ma’nosi nima?
J: Yunoncha so’z bo’lib, “ehtiros”, “hissiyot”,”iztirob” degan ma’nolarni beradi.
844.Adabiy atama sifatida u qanday ma’noni beradi?
J: Asarga singib ketgan, undagi badiiy tasvirning yo’nalishini belgilab beradigan jo’shqin tuyg’u va ko’tarinki ruhni anglatadi.
845.Pafos bilan yoziladigan asarlarning o’ziga xosligi nimada?
J: Bunday asarlarda yozuvchi o’z nuqtayi nazari va qarashlarini berkitmaydi.
846.Asar pafosining vazifasi nimada? J: O’quvchiga o’z nuqtai nazarini aniq belgilashda yordam beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |