518.O’zbek oyim Kumushni qanay ataydi?
J:Andi (Andi..andi…o’zi xitoymi,nima balo..o’zi qalmoqdan tarqagan bo’ladi.Tushunmagan bo’lsang lo’lilarning bir toifasi.)
519.,,Bizning oiladan lavzsizlik chiqishi menga ma’qul ko’rinmaydir” deb kim aytgan?
J:Yusufbek hoji Otabekka onasi O’zbek oyim orzu havas deb o’g’lini 2-bor Olim ponsadboshining qiziga unashtirib qo’yganda aytgan.
520.Asarning ,,Dushanba kun kechasi”qismi nima haqda?
J:Otabekning Homid va uning yigitlari Sodiq va Mutalga qarshi kurashib ularni o’ldirgani haqida.
521.,,…uning bu binoga iltifotsiz qarashi mumkin emas edi”Bu holat kimning holati bo’lib,bino deganda qayer nazarda tutiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |