9-sinf Adabiyot I yarmi



Download 25,6 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi25,6 Kb.
#779831
Bog'liq
9-sinf Adabiyot 1-yarmi Test


9-sinf Adabiyot I yarmi
1. Kimning aytishicha Imom Buxoriy vafot etgach, Iso at-Termiziy yig’layverib ko’zlari ojiz bo’lib qolgan? A) Doxiliy B) Zahabiy C) Vakiy D) Alloma ibn Saloh 2. Furqat qaysi she’rida san’atkor do’sti Sa’dulloning nomini keltiradi? A) “Surmadin ko’zlar qaro…” B) “Bir qamar siymoni ko’rdum…” C) “Sayding qo’yaber sayyod…” D) “Sabog’a xitob” 3. Furqat qaysi asarida vatanni qo’msash, do’stlar sog’inchini Navoiydagi kabi maktub shaklida ifoda etadi? A) “Sabog’a xitob” B) “Ilm xosiyati” C) “Manam sho’rida bulbul” D) “Boshimda hushim yo’q” 4. Furqatning “Manam sho’rida bulbul”asari qaysi janrda? A)ruboiy B)muxammas C)g’azal D)musaddas 5. Furqatning o’zi yozgan tarjimai holi adabiyotshunoslikda yana qanday ataladi? A) Furqatnoma B) Sarguzashtnoma C) Faqirnoma D) A va B . 6. Furqatning etnografik xarakterga ega bo’lmagan ilmiy asari qaysi javobda ko’rsatilgan? A) “Gap ta’rifida” B) “Aza tavsifi” C) To’y tavsifi” D) “Ilmi ash’orning qoidayi avzoni” 7. Furqatning “Surmadin ko’zlar qaro…” g’azali kimning g’azaliga nazira sifatida yaratilgan ? A) Navoiy B) Nizomiy C) Fuzuliy D) Jomiy 8. Ma’shuqasining husnini bashariyat tarixidagi eng go’zal inson bo’lmish misrlik Yusuf (a.s.)dan ustun qo’ygan shoir nomi qaysi javobda qayd etilgan ? A) Xoja B) Ogahiy C) Furqat D) Navoiy 9. Muhammad Rizo Ogahiyning qaysi asari Muhammad Rahimxon Feruz taxtga chiqishi munosabati bilan yozilgan ? A) “Qasidayi nasihat” B) “Dahr uyi bunyodkim” C) “Ta’viz ul-oshiqin” D) “Firdavs ul-iqbol” 10. Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin” devoni haqida aytilgan noto’g’ri hukmni belgilang . A) devon ma’rifatparvar shoh va shoir Muhammad Rahimxon Feruzning taklifi va talabi bilan tuzilgan B) devonda shoirning yigirmadan ortiq janrdagi salkam yigirma ming misrali lirik merosi jamlangan C) ularning 1300 misradan ortig’i fors tilida bitilgan D) devon Muhammad Rahimxon Feruz taxtga chiqishi munosabati bilan tuzilgan 11. Qaysi javobda Ogahiy tarjima qilgan asar berilmagan? A) “Shoh va gado” B) “Qobusnoma” C) “Qasidayi nasihat” D) “Yusuf va Zulayho” 12. Ogahiyning qaysi asarida Xiva xonligining 1844-yilgacha bo’lgan tarixi qalamga olingan? A) “Gulshani davlat” B) “Shohidi iqbol” C) “Riyoz ud-davla” D) “Firdavs ul-iqbol” 13. Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostonida ma’lum voqealar emas, fikr-mulohazalardan tashkil topgan? A) “Hayrat ul-abror” B) “Farhod va Shirin” C) “Layli va Majnun” D) “Sab’ai sayyor” 14. Qo’yib yuz himmat-u iqbolu davlat, Hamul far soyasidin topdi ziynat. Ushbu baytda nimaga ishora qilingan? A) Farhodning tug’ilishiga B) Farhodga ism qo’yilishiga C) Farhodning azaldan ishq kishisi ekaniga D) Chin xoqonining sevinchiga 15.“Firoq-u, rashk-u, hajr-u, oh ila dard, Biror harf ibtidodin aylabon fard”. Baytda qanday badiiy san’at qo’llangan? A) Kitobat B) Tazod C) Tashbeh D) Badiiy san’at qo’llanmagan 16. “Farhod va Shirin” dostonidagi Buzurg Ummid kim? A) Farhodning yoshlikdagi do’sti B) Sheruyaning sherigi C) Xusravning vaziri D) Shirinning xizmatkori 17. Qaysi xamsanavisning shoh Bahrom haqida yaratgan dostoni “Hasht behisht” deb nomlanadi? A) Nizomiy B) Dehlaviy C) Jomiy D) Navoiy 18. Nizomiy Ganjaviyga “Layli va Majnun” haqida doston yozish haqida buyruq bergan hukmdor kim? A)Nosiriddin To’qbug’a B) To’g’rul II C) Axsatan I D) Alouddin Ko’rpa Arslon 19. Xusrav Dehlaviy “Xamsa”sining ilk dostoni qanday nomlanadi? A) “Mahzan ul-asror” B) “Gulshan ul-asror” C) “Matla ul-anvor” D) “Hasht behisht” 20. Farhod qancha vaqtda “Qur’on”ni yod oldi? A) olti oyda B) bir yilda C) uch oyda D) 18 oyda 21. Nizomiy Ganjaviy Iroq Hukmdori To’g’rul II ning iltimosi bilan yozgan asarini belgilang? A) “Maxzan ul-asror” B) “Xusrav vaShirin” C) “Layli va Majnun” D) “Iskandarnoma” 22. “Farhod va Shirin” dostoni aruzning qaysi bahrida yaratilgan? A) hazaj B) ramal C) sari D) mutaqorib
23. Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sidagi qaysi doston Alouddin Ko’rpa Arslonning topshirig’i bilan yozilgan? A) “Maxzan ul-asror” B) “Xusrav va Shirin” C) “Layli va Majnun” D) “Haft paykar” 24. “Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasiga panja urmoq”. Mazkur bayt “Xamsa”ning qaysi dostonidan olingan? A) “Hayrat ul-abror” B) “Layli va Majnun” C) “Farhod va Shirin” D) “Saddi Iskandariy” 25. Qaysi ijodkor bir nafsning ishini yetmish shayton qila olmasligini o’z asarida aytib o’tgan? A) Mashrab B) Navoiy C) Yassaviy D) Rabg’uziy 26. Farhodga qalbidagi nafs toshlarini yemirishni, nafs toshlarini kesib tashlashni o’rgatgan ustozi kim? A) Moniy B) Boniy C) Mulkoro D) Qoran 27. Quyida berilgan ijodkorlardan qaysi biri toshkentlik Zangi Ota avlodlaridan edi? A) Ogahiy B) Furqat C) Buxoriy D) Xoja 28. “Alpomish” dostonida “Tarzi gul yuzli, shirin so’zli, bir siyosatli kishi” deya ta’rif berilgan personaj kim? A) Alpinbiy B) Rajabxo’ja eshon C) Yortiboy oqsoqol D) Shohimardon pir 29. “Alpomish” dostonida Oybarchinning jismonan yetuk ekanligi qaysi alpni mag’lub etganida oydinlashadi? A) Ko’kaldosh B) Ko’kqashqa C) Ko’kaman D) Qo’shquloq 30. Xusrav Dehlaviy “Xamsa”sidagi Iskandar bilan bog’liq doston nomini aniqlang. A) “Saddi Iskandariy” B) “Xiradnomayi Iskandariy” C) “Iskandarnoma” D) “Oyinayi Iskandariy” 31. Xojaning “Maqasd ul-atvor” dostoni qaysi hukmdorga atab yozilgan? A) Temur Sultonga B) Kistan Qaro Odilga C) Jonibek Sultonga D) Muhammad Xo’jabekka 32. Podshxo’jani kim o’z asarlaridan birida “shahbozi balandparvoz” deya ulug’lagan edi? A) Hasanxo’ja Nisoriy B) Xojagi Kosoniy C) Bahovaddin Naqshband D) Kistan Qaro Odil 33. Ogahiyning davlat va siyosatga munosabati, hukmdorning burch va majburiyatlari, yosh xonga ko’pni ko’rgan donishmand sifatida yo’l ko’rsatishi o’z aksini topgan siyosiy-didaktik asari qaysi? A) “Ta’viz ul-oshiqin” B) “Firdavs ul-iqbol” C) “Qasidayi nasihat” D) “Riyoz ud-davla” 34. Qaysi javobda Ogahiy tarjima qilgan asar muallifi xato berilgan? A) B. Hiloliy B) A. Jomiy C) Rabg’uziy D) S. Sheroziy 35.Nafs itin qilsang zabun, Olamda yo’q sendek shujo”. Tasavvufiy mazmunga yo’g’rilgan mazkur bayt qaysi ijodkorga tegishli? A) Alisher Navoiy B) Nosriddin Rabg’uziy C) Ahmad Yassaviy D) So’fi Olloyor 36. Dostonda “Ostida dulduli , belda zulfiqor , Jilovida Bobo Qambar jilovdor” , deya tasvirlangan obraz nomini aniqlang . A) Rajabxo’ja eshon B) Shohimardon pir C) Rasul payg’ambar D) Alpomish 37. “Davlat qo’nsa bir chibinning boshiga , Semurg’ qushlar salom berar qoshiga”. Mazkur nutq dostondagi qaysi qahramonga taalluqli ? A) Yortiboy B) Boysari C) Boybo’ri D) Ko’kaldosh 38. Quyida berilgan ijodkorlardan qaysi biri ustozi Doxiliydan ta’lim olgan? A) Ogahiy B) Furqat C) Buxoriy D) Xusrav Dehlaviy 39. “Alpomish” dostonida “Saman otli, sarjig’ali bek yigit” deya ta’rif berilgan personaj kim? A) Alpinbiy B) Hakimbek C) Ko’kaldosh D)Qorajon 40. Xojaning “Gulzor” dostoni qaysi hukmdorga atab yozilgan? A) Temur Sultonga B) Kistan Qaro Odilga C) Jonibek Sultonga D) Muhammad Xo’jabekka 41. Bir soatlik adolatning savobi ikki dunyo ins-jinslarining toat-ibodatidan afzalligi kimning asarida keltiriladi? A) Ahmad Yassaviy B) Imom Buxoriy C) Alisher Navoiy D) Xoja 42. “Ko’ngillarning sururi ilmdandur, Ko’rar ko’zlarni nuri ilmdandur” degan hikmat muallifini aniqlang? A) Furqat B) Imom Buxoriy C) Alisher Navoiy D) Ogahiy 43. “Hibat ul haqoyiq” asari muallifini aniqlang. A) Yusuf Xos Hojib B) Ahmad Yassaviy C) Ahmad Yugnakiy D) Imom Buxoriy 44. “Al jome as-sahih” asarining birinchi bobi va ikkinchi bobi nima haqida? A) 1-iymon 2-ilm B) 1-ilm 2-iymon C) 1- adolat 2-ilm D) 1-iymon 2-ota-ona haqida 45. Imom Buxoriy haqida ma’lumot berilgan “Tazkirat ul-hufoz” asari muallifini aniqlang. A) Shayx Doxiliy B) Imom Termiziy C) Alloma ibn Saloh D) Abdulloh ibn Muborak va Vakiy

Mehnating qanchalik mashaqqatli bo’lsa, natijasi shunchalik totli bo’ladi!

Download 25,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish