«Qarn» so‘zining ma'nosi nima? J: 30 yilni bildiradigan yil hisobi. Ba'zan «asr» ma'nosida ham ishlatiladi
«Farhod va Shirin» dostonidagi Ajam va Arab hukmdori kim edi? J: Xusrav Parviz
Xusrav Parviz kimning maslahati bilan Shiringa sovchi jo‘natadi? J: Vaziri Buzurg Ummid
Kerak ishq ahli qul bo‘lmoq bu so‘zga: «Ki, shahliq o‘zgadur, oshiqlik o‘zga». Ushbu parcha qaysi dostondan olingan? J: «Farhod va Shirin»
Mehinbonu Xusrav Parvizga Shirinning fe'lini qanday tasvirlaydi? J: O'g'il bolalarnikidek, o‘q otib, ov qilib yuradi
Bu bo‘lg‘ay dard-u ishq oyini, vah-vah?! Vafo-yu mehr sharti, ollah-ollah?! Ushbu gap kim tomonidan kimga qarata aytilgan? J: Farhod tomonidan Xusravga qarata
Xusrav Farhodni qanday yengadi? J: Hiyla yo‘li bilan
Farhod o‘limi oldidan kimlarni yod etadi? J: Yurtini, ota-onasini, yaqinlarini
Dedi: Til g‘ayratidin tutmon otin. Misra qanday ma'noni anglatadi? J: Tildan rashk qilib (yorimning) otini tutmayman
Farhod o‘limi oldidan ota-onasini eslab nimaga murojaat qiladi? J: Bodi saboga(shamolga)
Xusravni kim o‘ldiradi? J: O'g'li Sheruya
Navoiyning fikricha, Xusravdan Farhodning xunini Sheruya emas, nima talab qiladi? J: Davron
Arman mamlakatida kim adolatni qaror toptiradi? J: Bahrom
«Farhod va Shirin» dostonida keltirilgan Bahrom kim? J: Farhodning ko‘kaldoshi (emikdoshi)
«Farhod va Shirin» dostonida kimlar halok bo‘ladi? J: Farhod, Shirin, Mehinbonu, Xusrav
«Vard» so‘zining ma'nosi nima? J: Atirgul
Kiyurdi ilgiga davron nigine, Nigin o‘rnida la'li otashine. Misralarda kim ta'riflangan? J: Farhod
«Ismat» so‘zining ma'nosi nima? J: Bokiralik
Do'stlaringiz bilan baham: |