9-sinf 1-bilet



Download 85,55 Kb.
bet11/31
Sana08.06.2022
Hajmi85,55 Kb.
#645660
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
2 5188543226277006227

11-BILET
1. Chexiya davlati haqida ma’lumotlar keltiring.
2. Abdullaxon II haqida ma’lumot bering.
3. “Missiya” atamasiga izoh bering.

1. Buyuk Moraviya qulaganidan keyin mahalliy slav­yan qabilalari Vltava daryosi havzasida yashagan chex qabilalariga bo`ysungan rivoyatlarga qaraganda, ularning qadimgi yo`lboshchisini Сhех deb nоm­laganlar. Qabila ittifoqi boshida Prjemislovichlar xonadonidan bo`lgan knyazlar turgan. Ular tez-tez qo`llariga qurol olib o`z yerlarini mudofaa qilishlariga to`g`ri kelgan. Buyuk Moraviya - hozirgi Chexiyaning sharqida IХ asr oxiri - Х asr boshlarida vujudga kelgan davlat. Х asr boshida bu davlat ko`chmanchi vengerlar tomonidan parchalangach, uning hududlari Chexiya davlati tarkibiga kirgan. Knyaz Vatslav (920-935) yoshligidan xristian aqidalari bo`yicha tarbiyalangan, keyinchalik bоr kuchi bilan dinni Chexiyada yoyilishiga harakat qiladi. U Pragada mamlakatning bosh ibodatxonasi - Аvliyо Vitni bunyod ettirgan. Lekin knyazning xristianlikka nisbatan bunday hurmat-ehtiromi ko`pgina chexlarga xush kelmagan. Vatslavning tug`ishgan ukasi uni xoinona o`ldiradi. Tez orada Vatslavni chexlarning asosiy milliy avliyosi, сhех davlatining homiysi sifatida e`zozlay boshlashadi. Xristianlikni to`xtatishning iloji yo`q edi. 973-yili Pragada alohida yepiskoplik tashkil qilinadi. Shu paytdan Chexiyada bir paytlar Moravi­yaga Vizantiyadan Kirill va Mefodiylar olib kelgan sharqiy xristianlik izlari о`сhib boradi. Butun ХI asr Germaniya, Polsha va Chexiya orasida urushlar va yarash bitimlari tuzish bilan o`tadi. Goh, Polsha hukmdori Boleslav I Chexiyani bo`ysundiradi, goh сhех knyazi Bratislav I Krakov va Gnez­nolarni egallab u yerdan avliyo Adalbert-Boytex xokini Chexiyaga оlib ketadi. Goh Chexiya Muqaddas Rim imperiyasi bilan mustahkam ittifoqda bo`lgan, goh urush holatida. Chexiya ХI asrdan qo`shni, qachonlardir kuchli va yirik mamlakat markazi bo`lgan Moraviyani uzil-kesil o`ziga qo`shib oladi. German imperatori Genrix IV 1085-yili Rim papasiga qarshi og`ir kurashida unga yordam bergan сhех knyazi Bratislav II ga qirol unvonini taqdim etadi. Chexiya qirollari german imperatorlari hokimiyatini tan olsa-da, o`z mamlakatlarida deyarli to`la mustaqil bo`lganlar. Ularning qirolligi im­periyaning bir bo`lagi hioblansada, Yevropa ishlarida o`z mavqelariga ega edilar.
2. Abdullaxon II (to’liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon
ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abulxayrxon) (1534-1598 Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) - o’zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-98), davlat arbobi, sarkarda,ilm-fan, ma’rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibeksulton Karmana va Miyonkol hokimi (1512-13-yilda) bo’lgan. Otasi Iskandar sulton o’g’li tug’ilgan paytda Ofarinkentni, keyichalik, altidan aka-ukalaridan biri vafot etgach, Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog’idan qattiq kurash olib borgan. Toshkent hokimi Navro’z Ahmadxon (Baroqxon) bilan Koson yonida (1548), Mo’g’uliston xoni Abdurrashidxon va shayboniylardan Do’stum sultonlar qo’shiniga qarshi Forob yonida (1554) jang qilgan. Yosh Abdulla sulton o’zining hukmdor sifatidagi butun g’ayrat-shijoatini 1551-yil Karmanada namoyish etgan; viloyatga Toshkentdan Navro’z Ahmadxon va Samarqanddan Abdullatifxon hujum qilganlar, Iskandar sulton Amudaryo ortiga qochgan. Abdulla sulton otasi vazifasini o’z zimmasiga olib bu hujumni muvaffaqiyatli qaytargan. Keyingi yillarda (1552—56) o’z mulkini g’arbga - Buxoro tomonga va janubiy-sharq - Qarshi va Shahrisabz tomonga kengaytirishga intilgan. Bu sa’y-harakat dastlab muvaffaqiyatsiz chiqqan, hatto 1556-yil u ota meros mulkini tashlab Maymanaga qochishga majbur bo’lgan. U amakisi, Balx hokimi Pirmuhammaddan harbiy yordam olib va piri Jo’ybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom ko’magida Navro’z Ahmadxon, keyinchalik uning o’g’illari Darveshxon va Bobo sultonlarga qarshi uzoq muddat kurash olib borgan. Boburiylar ham Badaxshon, Shorn, Afg’oniston va Xuroson uchun Abdullaxon II ga qarshi kurashganlar. Abdullaxon II bunga qarshi Sind(1583), Kashmir (1586)ni egallab, davlatning janubiy. chegaralarini mustahkamlagan.

Download 85,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish