9-mavzu. Vitaminli o’simliklar mavzuning maqsadi



Download 443 Kb.
bet9/10
Sana31.12.2021
Hajmi443 Kb.
#234982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-мавзу. VITAMINLI O’SIMLIKLAR

Qo’qon na’matagi. Qari shoxlari binafsha-qo’ng’ir, yoshlari — qizil-jigarrang po’stloq bilan qoplangan. Sertikan, tikonlari qattiq, tor uchburchaksimon, asos qismi kengaygan, bir oz egilgan. Gullari 1—2 tadan joylashgan, sariq rangli. Kosacha barglarining uchi bir oz patsimon qirqilgan, tukli, ustki qismi bezli, pishgan mevada yuqoriga qarab yo’nalgan. Mevasi sharsimon, diametri 1,5 santimetrgacha, qo’ng’ir jigarrang yoki qariyb qora rangli. O’rta Osiyoning tog’li hududlari (o’arbiy Tyan-SHan, Pomir-Oloy tog’lari) ning o’rta qismigacha bo’lgan tog’ yonbag’irlarida o’sadi. O’zbekistonning Toshkent, Namangan, Farg’ona, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi tog’li yerlarda tarqalgan.

Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida (quruq holda hisoblaganda) 4—6%, ba’zan 18% gacha vitamin S, 0,3 mg % vitamin V2, K1 (1 g mahsulotda 40 biologik birlik miqdorida), vitamin R, 12—18 mg % karotin, 18% atrofida qandlar, 4—5% oshlovchi moddalar, 2% atrofida limon va olma kislotalari, 3,7% pektin va boshqa moddalar bo’ladi. Na’matak urug’ida moy, ildizi va bargida esa oshlovchi moddalar bo’ladi.

Ishlatilishi. Na’matak o’simligining mevasi tarkibida bir necha xil vitaminlar aralashmasi bor, shu sababli preparatlari avitaminoz kasalliklarini davolashda va oldini olishda ishlatiladi. Bundan tashqari, na’matak mevasi konditer sanoatida mahsulotlarni vitaminlashtirish uchun qo’llaniladi.

Na’matak turlarining mevasidan karotolin preparati va na’matak moyi tayyorlanadi. Karotolin mevaning yumshoq-etli qismining moyli ekstrakti (tarkibida asosan karotinoidlar hamda tokoferollar, to’yinmagan yog’ kislotalar va boshqa moddalar saqlanadi) bo’lib, tropik yaralar, ekzema (gush), eritrodermitning ba’zi turlari va yaralangan shilliq pardalarni davolash uchun surtiladi yoki dokaga shimdirilib, shikastlangan joyga qo’yiladi.

Na’matak moyi maxsus usul bilan mevadan tayyorlanadi. Moyni tropik yaralar, dermatozlar (terining turli yallig’lanish va diatez kasalligi), sassiq dimog’ (ozena), yarali kolit, yotoq va boshqa yara, yorilishlarni davolash uchun ularga surtiladi yoki dokaga shimdirilib, qo’yiladi.

Askorbin kislota — vitamin C (kukun, draje, tabletka va ampulada eritma holida chiqariladi), mevadan damlama, ekstrakt, karotolin, na’matak moyi va sharbat (ho’l mevadan) hamda tabletkalar (kukunidan) tayyorlanadi. Askorbin kislota esa galoskorbin preparatlar tarkibiga kiradi.

Meva vitaminli va polivitaminli choylar — yig’malar tarkibiga kiradi. Ho’l mevadan yana turli vitamin kontsentratlari va vitaminga boy oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadi.

Na’matakni o’stirish texnologiyasi. Na’matak turlari ko’p urug’ va meva berishi bilan birgalikda polikarpik o’simlik hisoblanadi. Adabiyotlarda ko’rsatilishicha va olib borilgan tajribalar natijalari na’matak urug’larini qiyin unuvchi urug’lar qatoriga kirishi aniqlangan. Haqiqatan ham tabiatda bu o’simlikni yosh nihollari kamdan-kam hollarda uchrashi kuzatilgan.

Na’matak urug’larini tayyorlashda O’zbekiston sharoitida avgust oyini birinchi yarmida o’simlik mevasi sarg’ish-qizg’ish rangga o’ta boshlaganda yig’iladi. O’simlik mevalari urug’idan ajratilib, 1 qism uruqqa 3 qism qum bilan aralashtiriladi. Aralashma 60—70 sm chuqurlikdagi o’raga solinib usti yopilgan holda, har 10—15 kunda namlab, iloji bo’lsa 1 oyda bir marta urug’larni chuqurdan olib yana aralashtirilgan holda qayta ko’mib qo’yiladi. Urug’lar shu usulda stratifikatsiya qilinganda ularni unuvchanligi ortadi. Tayyorlangan urug’lar kuzda 30—35 sm chuqurlikda haydalgan, go’ng va fosforli o’g’itlar bilan o’g’itlangan, boronalab tekislangan yerlarga (erta bahorda), qator oralig’i 65—70 sm li jo’yaklarga sepiladi yoki 55—65 sm jo’yaklarga ko’chat oralig’i 10—15 sm qilib 3—4 tadan urug’lar 1,0—1,5 sm chuqurlikda ekib chiqiladi. Ekilgan urug’larni ustiga 1 sm qalinlikda mayda chiritilgan go’ng yoki yog’och qipig’i ham sepilsa namlikni saqlab turishga yordam beradi. SHu bilan birga nihollarni sovuq urishidan asraydi. Bahorning kelishiga qarab, dastlabki nihollar mart oyining birinchi dekadasida o’sib chiqadi. Mart oyida o’simlikni begona o’tlardan tozalab qator oralariga ishlov beriladi. Har oyda 3—4 martadan sug’orilib, kulьtivatsiya qilinadi. May-iyunь va iyulь oylarida gektar hisobiga 50—60 kg azotli o’g’itlar bilan oziqlantirish nihollarni yaxshi o’sishiga yordam beradi.

Ayrim na’matak o’simligini pol-pol qilib ham ekish mumkin. Buning uchun yuqoridagi usulda tayyorlangan urug’larni kech kuz noyabrь-dekabrь oylarida yoki fevralь oyida uzunligi 5—8 m, eni 1,0—1,5 m pol qilinib tuproqlari yumshatilib, fevralь oylarida urug’lar sepiladi. Urug’ni ustiga 1,5—2,0 sm kalinlikda chiritilgan go’ng yoki yog’och qipig’i sepiladi. Yog’ingarchilik kam bo’lgan vaqtlarda urug’ ekilgan maydonlar sug’orilib turiladi. Nihollar unib chiqqandan keyin ham azotli o’itlar bilan oziqlantirilib, tez-tez sug’orib turiladi. May oyida nihollarga oltingugurt kukuni purkaladi. Yaxshi parvarish qilinganda may oyining birinchi dekadalarida nihollarni bo’yi 10—15 sm, poyada 6—8 tagacha barglar paydo bo’ladi va ildizlari 10—12 sm ga yetadi. SHu nihollarni ildizlarini 1,0—2,0 sm chilpib, qator oraliqlari 60—65 sm, ko’chat oralig’i 10—15 sm qilib suv quyilib zaxlatilgan egatlarga ekib chiqiladi va tez-tez sug’orilib turiladi.

Na’matakni vegetativ yo’l bilan ko’paytirish usullari. Na’matak turlarini vegetativ ko’paytirish urug’idan ko’paytirishga nisbatan ancha qulayligi mavjud, shu bilan birga ularni tezroq hosilga kirishi ham kuzatilgan. Bu usul bilan ko’paytirishda 30—35 sm uzunlikda o’simlik poyalaridan olinib qalamchalar tayyorlanadi. Ularni uch tomonlarini yuqoriga qilib bog’-bog’ qilinib yerga ko’mib qo’yiladi. Mart oyining boshlarida qalamchalarni qator oralig’i 70—75 sm, ko’chat oralig’i 30—35 sm qilib, olingan qalamchalar ekib chiqiladi. Qalamchalarni 10—15 sm qismi tuproqdan chiqib turishi kerak. O’simlikni ikki yil mobaynida yaxshi parvarishlab o’stiriladi. Uchinchi yilga borganda mart oyining birinchi o’n kunligida plantatsiyalar hosil qilish uchun tayyorlangan yerga qator oralig’i 5—6 m, ko’chat oralig’i 2,0—3,0 m masofada ekib chiqiladi. O’simlikni ekishda ko’chat va qator oralig’iga ishlov berish va uning hosilini terib olish hisobga olinishi lozim.

Na’matak ekilgan jo’yaklar yaqinidan sug’orish uchun egatlar olinadi. Jo’yaklardagi tuproq to’la namlanadigan darajada jildiratib sug’oriladi, keyin kulьtivatsiya qilinadi, chuqurlardan o’sib chiqqan yirik begona o’tlar qo’lda yulib tashlanadi. Na’matak ekilgan yerlarga gektar hisobiga 110 kg azot, 80 kg fosfor va 60 kg kaliy o’g’iti beriladi. O’g’itlar sug’orishdan oldin berilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Na’matak poyalari 5 yilgacha o’sib turadi, keyin ular o’sib chiqishi bilan almashtiriladi. Eski poyalar vaqti-vaqti bilan qirqib tashlanadi. Yoki har 6—7 yilda ekinzorning barcha poyalari olib tashlanib, yoshartirilgan ekinzor bir yildan keyin gulga va mevaga kiradi.

Na’matak mevalarini yig’ish va quritish. Na’matak mevalari to’liq pishib yetilmasdan qizil rangga o’ta boshlagandan to sovuq tushguncha yig’iladi. Hosil to’liq pishganda (sentyabrь oylarida) yig’ish tavsiya etilmaydi. CHunki pishib yetilgan mevalarni quritish qiyin va o’simlik o’sadigan maydonlarda sovuq tushishi natijasida undagi askorbin kislotaning keskin kamayib ketishi ham kuzatilgan.

Mevalarni yig’ishda rezina yoki brizentli qo’lqoplardan foydalanish mumkin.

Serhosil maydonlardan o’rtacha 1 tonnagacha na’matak mevasini yig’ish mumkin. Har bir ish kunida 20—25 kg na’matak mevasini yig’ish mumkin.

Na’matak mevalari maxsus qurituvchi moslamalarda 80—90°C da bir necha soat davomida yoki kuz oyining issiq kunlarida salqinda quritish tavsiya etiladi. Mevalarni quritish vaqtida vaqti-vaqti bilan aralashtirib turish talab etiladi. Oftobda quritish natijasida xomashyoning sifati buzilishi mumkin.







Download 443 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish