9-mavzu. Vitaminli o’simliklar mavzuning maqsadi



Download 443 Kb.
bet1/10
Sana31.12.2021
Hajmi443 Kb.
#234982
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-мавзу. VITAMINLI O’SIMLIKLAR


9-mavzu. VITAMINLI O’SIMLIKLAR


Mavzuning maqsadi: Vitaminli o’simliklarning O’zbekiston florasida keng tarqalgan turlari bilan tanishtirish, vitaminli o’simliklarning sistematik o’rni va o’simliklar qoplamidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish.
Vitaminlar haqida umumiy ma’lumot. Vitaminlar odam va hayvonlar uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan, turli kimyoviy tuzilishdagi organik birikmalardir. Organizm uchun juda kam miqdorda talab etiladigan (oqsil, yog’ va uglevodlardan farqi) bu birikmalar fermentlar molekulasi tarkibiga kirib, to’qimalardagi moddalar almashinuvida ishtirok etadi.

Odam va hayvonlar organizmi ko’pchilik vitaminlarni faqat o’simliklardan oziq-ovqat bilan birga oladi. SHuning uchun ovqat mahsulotlari tarkibida biror vitaminning bo’lmasligi yoki yetishmasligi odam va hayvonlar organizmida moddalar almashinuvining buzilishiga, keyinchalik esa avitaminoz hamda gipovitaminoz deb ataladigan og’ir kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.

1880 yilda rus olimi vrach N.I.Lunin hayvon organizmi vitaminsiz hayot kechira olmasligini birinchi marta aniqlagan.

1912 yilda polyak olimi K.Funk «vitamin» terminini ishlatishni (vita - hayot, vitamin - hayot amini demakdir) tavsiya etgan. U davrda barcha vitaminlar tarkibida amin guruhi bo’lsa kerak, deb faraz qilinar edi. Lekin vitaminlarning kimyoviy tarkibi aniqlangandan so’ng bu fikrning noto’g’ri ekanligi ma’lum bo’ldi. Hozir vitaminlarning kimyoviy tuzilishi aniqlangan bo’lsada, eski odat bo’yicha ular «vitamin» so’zi va lotin alьfavitining bosh harfi bilan ataladi.

O’simliklar o’sa boshlagan birinchi kundan boshlaboq to’qimada vitaminlar BIOSintezi boshlanadi. Na’matak mevasi, qora smorodina bargi va mevasi, o’rmon qulupnayi bargi va mevasi, chakanda mevasi va moyi, tirnoqgul guli, bozulbang guli, gazanda bargi, bodrezak (kalina) po’stlog’i va mevasi, jag’-jag’ yer ustki qismi vitaminlarga boy bo’ladi.

Vitamin C - askorbin kislota rangsiz, suvda yaxshi, spirtda yomonroq eriydigan kristall modda. Odatda vitamin C shimoliy tumanlarda va yuqori tog’li yerlarda o’sadigan o’simliklarda janubiy rayonlarda hamda pastliklarda o’sadigan o’simliklarga qaraganda ko’proq bo’ladi. Yorug’lik ta’sirida vitamin C BIOSintezi tezlashadi, qorong’ulikda esa aksincha, bu jarayon sekinlashadi.

Vitamin B1 esa aksincha janubiy tumanlarda o’sadigan kuzgi bug’doyda ko’proq sintezlanadi. Tuproqning kislotali xossasi kamaytirilsa, o’simliklar tarkibidagi karotin miqdori oshadi. Ba’zi mikroorganizmlar kislotali sharoitda vitamin B1 sintezini butunlay to’xtatib qo’yadi. Vitaminlar erituvchilarda erishiga qarab ikki guruhga bo’linadi:

Suvda eruvchi vitaminlar — B1, B2, B6, PP, N, P, C va U vitaminlar, pantaten, folat, para-aminobenzoat kislotalar, inozit va boshqalar.

Yog’larda eruvchi vitaminlar — A, D, E va K1 vitaminlar.

Odatda vitaminlar biologiya va farmatsevtik kimyo fanlari dasturiga kiradi va shu kurslarda to’liq o’rganiladi. Vitamin preparatlarining ta’siri bilan farmakologiya kursi shug’ullanadi. Farmakognoziya kursi esa C, P, U va K1 vitaminlarga hamda karotinga boy bo’lgan gulli (yuqori) o’simliklarni o’rganadi.

Mahsulot tarkibidagi vitaminlar mikdori doimo o’zgarib turib, ko’pincha o’simliklarning gullash davrida yer ustki organlarida maksimal miqdorda to’planadi. Mevalarda esa, ular pishib yetilgan vaqtida ko’p yig’iladi. SHuning uchun vitaminli mahsulotlarni tayyorlash yuqorida aytib o’tilgan vitaminlarga boy davrida o’tkazilishi kerak.

Ko’pchilik vitaminlarning o’zi turg’un birikma bo’lsa ham ma’lum sharoitlarda (yuqori harorat, namlik, yorug’lik va boshqa faktorlar ta’sirida) oksidlanishi, parchalanishi yoki boshqa o’zgarishlarga uchrashi mumkin. Natijada vitaminlar o’zining biologik faolligini yo’qotadi. Vitaminli mahsulotlarning yuqori sifatliligini saqlab qolish uchun ularni tayyorlashda, quritishda va saqlashda yuqorida ko’rsatilgan sharoitlarni hisobga olish zarur.




Download 443 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish