9-mavzu. Sotsial status va rollar reja: Status (maqom) tushunchasini olimlar tomonidan tavsiflanishi Maqomning klassik ta’rifi



Download 162,5 Kb.
bet2/2
Sana14.06.2022
Hajmi162,5 Kb.
#666636
1   2
Bog'liq
9-Мавзу SOTSIAL STATUS VA ROLLAR

-position)» atamasi individ yoki ijtimoiy guruhning ijtimoiy tuzilmada egallagan o’rni, holati yoki maqomi ekanligi keltirilgan3. YA’ni, ushbu tushunchalar sinonim sifatida taklif etilgan.
Soddalashtirilgan ta’rifga ko’ra «maqom» - shaxsning sotsial stratifikatsiyada egallagan o’rni, holatidir. Sotsial stratifikatsiyannig shakli sifatida maqomli guruhlar yoki stratalar huquqiy, siyosiy va madaniy mezonlar asosida yaxlit qolipga tushirilgan va tashkillangan. M.Veber individ mavqeini ta’riflashda maqomli o’rin («status positions») jumlasini qo’llab, uni iqtisodiy va ijtimoiy hayotning «me’yorlashgan qat’iy o’lchovi» sifatida ta’riflaydi. Bu o’rinda «status positions» jumlasi maqomli (yoki nufuzli) mavqe ma’nosida qo’llaniladi. O’zbekiston milliy entsiklopediyasida esa arab tilidan olingan - «maqom» - joy, makon, o’rin degan ma’nolarni anglab, uning yuridik ta’ifiga ko’ra «saylab qo’yiladigan shaxslar, fuqarolar, davlat idoralari, tashkilot, muassasa, xalqaro tashkilotlarning normativ akt bilan rasmiylashtirilgan huquqiy holati, ular huquq va majburiyatlarining yig’indisidir4.
Bizningcha jamiyat sotsial strukturasi negizida yotuvchi maqom tushunchasini quyidagicha muhim nazariy xuloslash mumkin: «Mavqe – individning ijtimoiy tuzilma komponenti sifatida jamiyatda rasmiy tan olingan nufuzli o’rni, maqomidir. Ilmiy-ommabop iste’molda qo’llaniladigan maqom, mavqe, martaba, o’rin, holat, nufuz tushunchalari bir ijtimoiy hodisani izohlovchi sinonim so’zlardir. Odatda insonning kasbiy professionalizmi nuqtai nazaridan Shaxsga nisbat berilishida qo’llaniladigan nufuzli maqomi uning oilasi ijtimoiy mavqeini ham anglatadi. Maqom statik tushunchadir. Demak, uni harakatga keltiruvchi dinamik kategoriya bu – roldir».
N.Smelzer sotsial stratifikatsiyadan kelib chiqib kishilarning egallagan maqomlari turfa xilligini ta’kidlar ekan ularning ichida albatta «bosh» «asosiy maqom» borligi, ushbu maqom o’z o’rnida kishi mansub bo’lgan ijtimoiy guruh xususiyatlar mushtarakligidan hosil bo’lishini bildiradi.
Maqom tushunchasi bilan chambarcham bog’liq «rol» T. Parsons ta’rificha «bu aktor*ning o’zaro munosabatlar jarayonida ishtirokini tashkillangan holda ta’minlaydi5. Shu ta’kidlash lozimki, rollar institutsionallashgan va ular ma’lum jamiyat, jamoa, guruhda o’rnatilgan madaniy me’yor, ahloqiy andaza qoliplariga tom ma’noda mos tushganda uning aktori ijtimoiy me’yorlarga nisbatan konformlashgan bo’ladi.
V.Radaev va I. Shkaratanlarning «Sotsialnaya stratifikatsiya» asarida yozishicha «Ijtimoiy rol – bu kishining Shaxslararo munosabatlar tizimidagi ijtimoiy mavqe orqali belgilangan hulq-atvor modelidir6. Ijtimoiy rollar hulq-atvorning turg’un stereotiplariga mutanosiblikni saqlash maqsadida uzoq vaqt davomida sekinlik bilan ixtiyoriy o’zlashtiriladi yoki ijtimoiy muhit tomonidan majburan singdiriladi. Bu ma’noda rollar hulq-atvor yaxlitligini hosil etuvchi komponent, tarkibiy elementdir.
3. Shaxs haqidagi nazariyalarda maqom va rol tushunchalarining ahamiyati.
1.Asosiy ijtimoiy shaxs nazariyalari: Ch.Kulining «Ko‘zgudagi men» nazariyasi, Dj.Midning «Boshqalar tomonidan umumlashtirilgan» nazariyasi.
2.Ijtimoiy rollar.
3. Rolli bajarish va rolli kutish.
Sosiologiyada Amerikalik D.J.Mid va G.Mintonlar tomonidan asos solingan shaxsning roli nazariyasi ham diqqatga sazovordir. Keyinchalik bu nazariya G.Merton va T.Parsons, g‘arbiy Olmoniya sosiologi G.Darendorflar tomonidan yanada rivojlantirilgan. Bu nazariya ikki asosiy tushunchalar: shaxsning ijtimoiy mavqei va ijtimoiy roli orqali tushuntiriladi. Unga ko‘ra, har bir inson muayyan ijtimoiy tizimida bir necha o‘rinni egallashi mumkin. Har bir egallangan o‘rin ijtimoiy mavqe deb ataladi. Shaxs o‘z xayoti davomida bir necha ijtimoiy mavqega ega bo‘lishi mumkin. Binobarin, bu o‘rinlardan qaysi biridir uning asosiy ijtimoiy mavqeini belgilaydi. Bosh mavqe shaxsning egallab turgan mansabi (masalan, direktor, rais, professor, kabi) bilan belgilanadi.
Shaxs ijtimoiy mavqei uning tashqi xulqida ham, tashqi qiyofasida, yurish turishida va xatto muomalasida ham o‘z ifodasini topadi. Shaxsning ijtimoiy roli nazariyasida belgilangan va erishilgan ijtimoiy mavqelari o‘zaro farqlanadi. Belgilangan mavqe - bu shaxs xizmati va xatti-harakatidan qat'iy nazar, jamiyat tomonidan belgilab qo‘yiladi. Shaxsning etnik kelib chiqishi, tug‘ilgan joyi, oilasi, zoti va boshqalar shular jumlasidandir. Erishilgan mavqe deganda, shaxsning o‘z xatti-harakati, qabiliyati bilan erishgan mavqei tushuniladi. Masalan: yozuvchi, firma boshlig‘i, direktor, professor va shu kabilar. Bulardan tashqari, yana shaxsning tabiiy va kasbiy lavozim mavqei ham o‘rganiladi. Shaxsning erkak va ayoli, bolalik, o‘smirlik, yoshlik, o‘rta yosh, keksalik davrlarini bildirsa, kasbiy lavozim mavqei shaxsning ijtimoiy - iqtisodiy va ishlab chiqarish - texnik holatini (muhandis, temirchi, xaydovchi va boshqalar.) bildiradi.
4. Ijtimoiy mavqe shaxsning muayyan ijtimoiy tizimida egallagan konkret o‘rnini ifodalaydi. Ijtimoiy rol' esa shaxsning ijtimoiy tizimida egallagan mavqe bilan bajaradigan faoliyati majmuini ifodalaydi. Masalan, ma'muriy - buyruqbozlikka asoslangan. Sovet tizimi buyruqboz shaxslar tipini shakillantirib qo‘ydi. Bunday shaxs tipiga “yuqori” ko‘r- ko‘rona, so‘zsiz bo‘ysunish, dunyoqarashi tor, bir tomonlama, o‘z mansabini saqlab qolish va yuqori mansablarga erishish yo‘lida har qanday qabihlikdan qaytmaydigan, munofiqlik kabi xususiyatlarga ega bo‘lganlar kiritildi. Bunday kishilarning shaxs xususiyatlari ular bajaradigan vazifasiga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi. Shaxs tipining bunday ko‘rinishi hozirda ham jamiyat hayotini yangi sharoitda erkin rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Shaxs faoliyati deganda, uning ichki va tashqi tendensiyalarining ijtimoiy hayotda nomoyon bo‘lishi xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik insonning shaxs sifatidagi darajasining asosiy ifodasi bo‘lib uning yuksak qadriyatli ehtiyojlarini qondirishlari va sifat ko‘rsatkichdir. Demak, ijtimoiy faollik shaxsning muhim sifatidir. Shaxs faolligi deb uning xayotini boshqarish bilan, qadriyatlarini nomoyon bo‘lish xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik insoning shaxs sifatidagi darajasining asosiy ifodasi bo‘lib, uning yuksak qadriyatli ehtiyojlarini qondirish usuli va sifat ko‘rsatkichidir. Shu jihatdan shaxs faoliyati sosiologiyada keng va kichik (tor) ijtimoiy darajalarda o‘rganiladi. Shaxsning bunday darajalarda o‘rganilishi metodologik ahamiyat kasb etadi.
XIX asrning 20 yillarida sosiologiyada ilmiy yo‘nalish strukturaviy yo‘nalish (yoki oddiy aytganda funksionalizm) paydo bo‘ldi. Bu yo‘nalishning asoschilari bo‘lib, E.Dyurkgeym, A.R.Redkliff-Braun (1881-1995) va boshqa tadqiqotchilar bo‘lishgan. Bu ilmiy maktab turli holatlarda kishi o‘zini qanday tutishi to‘g‘risidagi normalarni tadqiq qilishni boshladi. Funksionalizm rol deb ataladigan institusional normalar muammosiga asosiy e'tiborni qaratdi. Funksionalistlar fikricha, sosiologiyada sosial taxlilning birligi harakat qilayotgan individ emas, balki roldir. Turli guruhlardagi har bir kishi qandaydir ma'lum maqomga ega bo‘ladi. Bu maqomlarda xatti-harakat namunalari ko‘rsatilgan bo‘ladi.Bunda individ a'zo bo‘lgan guruh individdan ushbu namunalarga mos keladigan hatti-harakatni kutadi. Shu asosda biz otaning, onaning, do‘stning roli to‘g‘risida gapirishimiz mumkin.
Shunday qilib, sosial rolni guruh o‘z a'zolaridan kutayotgan qat'iy ko‘rsatilgan namunalarga muvofiq chiqadigan, hatti-harakatlarning nisbatan doimiy va ichki aloqali tizimi sifatida ta'riflash mumkin.
Agar biz mazkur tushunishdan kelib chiqadigan bo‘lsak, individning hatti-harakat rolini insonning turli sosial birliklarda bajarayotgan funksiyasidan kelib chiqib tahlil qilish mumkin. Shuning uchun amerikalik olimlar Don Moreno (1892-1974) va Robert Merton (1910t) shaxsni individ jamiyatda bajaradigan sosial rollar majmuining funksiyasi sifatida ta'rifladilar.
Rollarni amalga oshirish jarayoni ko‘pgina omillarga bog‘liq.
-insonning biopsixologik imkoniyatlari. Ular u yoki bu sosial rollarni bajarishga imkon berishi yoki imkon bermasligi mumkin.
-ideal xususiyatlar kompleksini belgilaydigan shaxs o‘rnaklari. Individ bu o‘rnaklarni rollarni bajarish chog‘ida, hamda individdan guruh kutayotgan hatti-harakatning ideal usullarni namoyon etishi kerak.
-guruh tomonidan qabul qilingan rollar va sosial nazorat xarakteri.
-guruh strukturasi, uning mustahkamligi va individning o‘sha guruh bilan mos kelish darajasi.
Garchi sosial rol sosiologik tahlilning yagona birligi deb hisoblanmasada, (chunki u individdarning o‘zaro harakatidan kelib chiqadi) lekin rol jamiyatdagi institusional munosabatlarni o‘rganishda juda foydali hisoblanadi.


1 Oxford Dictionary of Sociology / Ed. by G. Marshall. Oxford; N.Y, 1998. P. 638-639.

* «Bolshoy аnglo-russkiy - russko-аngliyskiy slovаr» dа ushbu аtаmаlаr аynаn shu mаzmundа tаъriflаngаn.

2 А. R. Rаdkliff-Brаun. Strukturа i funktsiya v primitivnom obshestve. Ocherki i lektsii. Per. s аngl. — M.: Izdаtelskаya firmа «Vostochnаya literаturа» RАN, 2001. – S. 50.

3 Entsiklopediya sotsiologii 2009.

4 O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. Toshkent: dаvlаt ilmiy nаshriёti, 342 b. www.ziyouz.com kutubxonаsi

* Аktor — individ ёki jаmoа. Boshqаchа аytgаndа «sotsiаl obъekt». Pаrsons T. O strukture sotsiаlnogo deystviya. — M.: Аkаdemicheskiy Proekt, 2000. — 195 s.

5 Pаrsons T. O strukture sotsiаlnogo deystviya. — M.: Аkаdemicheskiy Proekt, 2000. — 195 s

6 Rаdаev V.SHаkаrаtаn I. Sotsiаlnаya strаtifikаtsiya.- M.: Nаukа 1995. – S. 8-14

Download 162,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish