9-mavzu. Sohaviy xizmat yozishmalari


Da’vo xati Ma’lum bir muassasaning boshqa bir idora yoki transport tashkilotlariga nisbatan talab va e’tirozlari bayon qilingan xatlar - da’vo xatlari



Download 22,93 Kb.
bet2/4
Sana20.02.2022
Hajmi22,93 Kb.
#460185
1   2   3   4
Bog'liq
9-seminar

Da’vo xati
Ma’lum bir muassasaning boshqa bir idora yoki transport tashkilotlariga nisbatan talab va e’tirozlari bayon qilingan xatlar - da’vo xatlari yoki da ’vonomalar deb yuritiladi.
Da’vo xatlari tovar yetkazib berish, qurilish ishlari, ijara, yuk tashish va shu kabi bir qancha ishlar bo‘yicha tuzilgan shartnomalar bajarilmay qolganda, o‘z qonuniy huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi.
Da’vo xatlarida, asosan, shartnoma (bitim)ga ko‘ra o‘z zimmasiga olgan majburiyatini buzgan tomon yetkazgan zarari qoplash talab qilinadi.
Da’vo xatlarining asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Da’vo qiluvchi muassasa nomi va manzili.
2. Xatning yozilish sanasi va tartib raqami.
3. Da’voni qabul qiluvchi muassasa nomi va manzili.
4. Da’vo bahosi (qiymati).
5. Xat matni.
6. Ilovalar ro‘yxati (sahifalar soni ko‘rsatilgan holda).
7. Mansabdor shaxs(lar)ning imzosi.
Odatda, da’vo xatlari uch nusxada tayyorlanadi. Xatning 1-nusxasi aybdorga, 2-nusxasi da’vogarning o‘ziga qoldiriladi. Aybdor muassasa da’vo xatida ko‘rsatilgan talablarni bajarishdan bosh tortgan taqdirda, xatning 3-nusxasi da’vo
arizasiga qo‘shib, sudga yoki hakamlikka topshiriladi.
Da’vo xatlarida da’vogar talabini asoslaydigan hamda tasdiqlaydigan dalillar, ko‘rsatmalar va ekspertiza dalolatnomasi, qabul qilish dalolatnomasi, savdo dalolatnomalari va hokazolar xatga ilova qilinib, ularning ro‘yxati ko‘rsatilishi kerak.
Da’vo xatlariga quyidagilar ilova qilinadi:
1. Tovar-transport yukxati (temiryo’l yukxati, aeroflot yukxati, avtotransport yukxati va boshqalar).
2. Savdo dalolatnomalari (yuk qisman yo‘qolganda va buzilganda).
3. Yukning tashish uchun qabul qilinganligi to‘g‘risida patta (yuk butunlay yo‘qolganda).
4. Jo‘natilgan mol (tovar)ning ro‘yxati va bahosi ko‘rsatilgan hujjat, to‘lov talabnomasi, naryadlar, mahsulotni jo ‘natish uchun berilgan hujjat.
5. Da’vo hisob-kitobining summasi (bunday hisob-kitoblar agar matnning o‘zida ko‘rsatilmagan bo‘lsagina ilova etiladi).
6. Da’vogarning fikriga ko‘ra da’voning haqligini tasdiqlay oladigan hujjatlar.



Tovar yetkazib berish kechiktirilgani
uchun jarima to‘lash haqida


DA’VO

_______dagi ________raqamli shartnomaga binoan Siz_______________ ga


(sana) (tashkilot nomi)
bahosi _____________ bo‘lgan____dona ________ yetkazib berishingiz kerak edi.
(so‘m so‘z bilan) (tovar nomi)
Biroq ko‘rsatilgan shartnomaning shartlari buzilgan holda tovar ________ kun
kechikib yetkazib berildi.
Shartnomaning bandiga muvofìq, tashkilotingiz muddatida yetkazib
bermagan ______ so‘mlik __________ ________ bahosidan ___ % miqdorida
Sizning hisobingizga _________ so‘m jarima yozildi.
Ko‘rsatilgan jarima summasini 30 kunlik muddatda bizning ____________
hisob-kitob raqamimizga o‘tkazishingizni so‘rayman. Mazkur summa belgilangan
muddatda to‘lanmagan taqdirda ish xo‘jalik sudiga oshiriladi.

Firma direktori (imzo) B. Karimov

Muassasalar orasida xizmat aloqlarini amalga oshiruvchi asosiy hujjatdir. Xat orqali bajariladigan masalalar ko’lami keng bo’lib, bunday yozishmalar vositasida turli ko‘rsatmalar, so‘rovlar, javoblar, tushuntirishlar, xabarlar, takliflar, iltimoslar,, kafolatlar beriladi yoki qabul qilinadi. Mazmun jihatdan turlicha bo‘lgan bunday hujjatlar umumlashtirilgan holda xizmat xatlari deb yuritiladi.
Xatlar bajaradigan vazifasiga ko‘ra:
1. Javob xatini talab qiluvchi xatlar (da’vo xatlari, so‘rov xatlari, iltimos xatlar);
2. Javob xatini talab qilmaydigan xatlar (ilova xat, tasdiq xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat va boshqalar).

Download 22,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish