2. Narxning mazmuni va uning vazifalari
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o‘zlarining namoyon bo‘lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste’molchilarni rag‘batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.
Hozirgi davrdagi P.Samuelson, K.Makkonnell va S.Bryularning «Ekonomiks» darsliklarida, shuningdek, yaqinda chop etilgan ayrim iqtisodiyot nazariyasi darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarida tovar narxining asosini uning nafliligi, aniqroq aytganda, qo‘shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi deyiladi. Bunda so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga alohida e’tibor beriladi. Uchinchi guruh olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har biri o‘zlaricha turli dalillar topib, o‘z g‘oyalarini isbotlashga harakat qiladilar6.
Narx o‘zida faqatgina qiymat yoki naflilikning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum miqdorini pul ko‘rinishida ifoda etadi7. Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo‘lmaydi.
Narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |