9.2. Shamol energetik qurilmalar
Ideal shamolparrak haqida tushuncha
Ideal shamolparrak (vetryak) deb shunday shamol g‘ildirakka aytiladiki unda:
1) aylanish о‘qi shamol tezligiga parallel;
2) kichik kengli kuraklar soni cheksiz;
3) qanotlarning profilli qarshilik nolga teng va parrakning bо‘yiga sirkulyatsiyasi о‘zgarmas;
4) shamol g‘ildirakda havo oqimning yо‘qotilgan tezligi butun shamolparrakning sindirish sirti bо‘yicha о‘zgarmas;
5) burchak tezligi cheksizlikka intiladi.
Ideal shamolparrakning klassik nazariyasi (N. YE. Jukovskiy) bо‘yicha ideal shamolparrakning shamol energiyasidan maksimal foydalnish koeffitsiyenti ξ=0,593-ga teng.
Ideal shamolparrakning amaliy nazariyasiga (G. X. Sabinin) asosan ideal shamolparrakning shamol energiyasidan maksimal foydalnish koeffitsiyenti ξ=0,687-ga teng deb qabul qilingan.
Ideal shamolparrakning nazariyasi
Po
Po
P1
P2
9.3-Rasm Shamol oqim bilan shamolparrakning о‘zaro ta’sir modeli:
V-shamol tezligi (kesim 1-1); V1-shamolparrak tekislikdagi shamol oqimining tezligi (kesim 2-2); V2-shamolparrakdan keyingi shamol oqimining tezligi (kesim 3-3);
v1-shamolparrak tekislikdagi shamol oqim tezligining tushishi; ; v2-shamolparrakdan keyingi shamol oqim tezligining tushishi; Po-shamolparrakgacha va undan keyingi
havo bosimi; P1 va P2-shamolparrak tekisligigacha va undan keyingi havo bosimi
Tezlikning tо‘la tushishi shamolparrakdagi tushishidan 2 marta katta:
v2 = 2 v1 ; (9.1)
bu yerda v1 – shamolparrakda shamol tezligining tushishi, m/s;
v2 – shamolparrakdan keyingi shamol oqim tezligining tо‘la, m/s.
6.1 tenglik kо‘rsatadiki, havo oqim tezligining tushishi faqat shamolparrak kesimida emas, balki shamolparrakdan muayyan masofada ham tushadi, shu bilan tezlikning tо‘la tushishi shamolparrakda tushishidan 2 marta katta.
Ideal shamolparrak qabul qilinadigan shamol energiyasining, shamolparrakni siypab о‘tadigan sirtiga teng bо‘lgan kesim orqali о‘tadigan shamol energiyadan sekundlik ishning nisbati – shamol energiyasidan
foydalanish ideal koeffitsiyenti:
; (9.2)
bu yerda R – shamolning rо‘para bosimi, N;
F – shamolparrakni siypab о‘tadigan sirtining yuzasi, m2;
ρ – havo zichligi, kg/m3.
Siypab о‘tadigan yuzaga yuklama koeffitsiyent yoki rо‘para qarshilik koeffitsiyent:
. (9.3)
Tо‘xtash koeffitsiyent:
ye = v1 / V . (9.4)
Ideal shamolparrakning klassik nazariyasiga asosan tо‘xtash koeffitsiyent ye=1/3 bо‘lganda quyidagi asosiy holatlar chiqadi:
1. Ideal shamolparrakning shamol energiyasidan maksimal foydalanish koeffitsiyent ξi=0,593-ga teng.
2. Shamolparrak tekislikdagi tezlikning tushishi shamol tezligidan uchdan bir qismiga teng:
.
3. Shamolparrakdan keyingi shamol tezlikning tо‘la tushish shamolparrak tekislikdagi tezlik tushishidan 2 marta katta: v2 = 2 v1. Shunday qilib, shamolparrakdan keyingi shamol tezligi shamolparrakdan oldindagi shamol tezligidan 3 marta kichik: .
4. Shamolparrakning siypab о‘tadigan sirtiga yuklama koeffitsiyent B=0,888-ga teng.
ye=v1/V tо‘xtash koeffitsiyentni 0 dan to 1 gacha oraliqda olib, (9.2) va (9.3) tenglamalar yordamida xisoblab, ξi va B koeffitsiyentlar qiymati olinadi.
9.4-Rasm. ye tо‘xtash koeffitsiyent о‘zgarishi bilan ξi foydalanish va
V yuklama koeffitsiyentlarning qiymatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |