9-MАVZU:Shamol energetikasi.
REJА:
9.1. Shamol tavsifi
9.2. Shamol energetik qurilmalar
Shamol energetikasi – mexanik, elektr va issiqlik energiyani olish uchun shamol energiyadan foydalanish nazariy asoslarni, usullarni va vositalarni ishlab chiqadigan hamda energetikada shamol energetikasidan maksadga muvofoq bо‘lgan soha va masshtablarni belgilaydigan fan va texnikaning tarmog‘idir.
Shamol energetikasi 2 ta asosiy qismlardan iborat:
- shamol texnikasi, texnik vositalarni (agregat va qurilmalarni) loyihalash nazariy asoslarni va amaliy usullarni ishlab chiqadi;
- shamoldan foydalanish, shamol energiyasidan eng maqbul foydalanish nazariy va amaliy masalalarni, qurilmalarni va ularning texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarni samarali ishlatish hamda shamol energetik qurilmalardan foydalanish tajribani umumlashtiradi.
Zamonaviy shamol energetikasi - keskinlik bilan rivojlanayotgan energetikaning tarmoqlardan biri hisoblanadi. Uning bir yilda usish sur’atlar 30% ga yaqin.
Shamol energiyasi, quyosh va suv bilan bir qatorda, Quyosh faoliyati bilan vujudga keladigan, doimo qayta tiklanadigan, abadiy energiya manbalardan biridir. Quyosh nurlar bilan yer yuzalarni va atmosferaning quyi va yerga tutash, hamda 7-dan to 12 km-gacha balandliklardagi qatlamlarni notekis qizdirish oqibatda, katta massali havo kо‘chish harakatlar vujudga keladi, ya’ni shamol paydo bо‘ladi. U juda katta energiya miqdoriga ega, ya’ni 96×1021 Dj-ga teng, bu esa Yerga tushadigan quyosh radiatsiyasining umumiy energiyasidan deyarli 2%-ni tashkil etadi. Shamol energiya zaxiralar planetadagi barcha daryolarning gidroenergiya zaxiralardan yuz marta ortiq bо‘ladi.
Shamol energiyaning afzaliklarga, birinchi navbatda, yaqin bо‘lishi, barcha joylarda tarqalganligi va amalda resurslarning tuganmasligi kiradi. Energiya manbani qazib olish va iste’mol qilish joyiga transportlash zaruriyati yо‘q: shamol о‘zi uning yо‘lida о‘rnatilgan shamol dvigatelga о‘tadi. Shamolning ushbu о‘ziga xos xususiyati yetib borish qiyin bо‘lgan (chо‘l, sahro, tog‘lik va b.), markazlashgan energiya ta’minoti manbalardan о‘zoq bо‘lgan mintaqalar va katta yer maydonda taksimlangan nisbatan kichik (quvvati 100 kVt-gacha) energiya iste’molchilar uchun juda muhim axamiyatiga ega.
Shamol kinetik energiyani elektr energiyaga о‘zgartiruvchi, shamol turbinalar bilan elektr generatorlarni shamol energetik qurilmalar (SHEQ) deb atalishi qabul qilingan. SHEQlar shamol energetik tizimlarga birlashtiriladi, ular esa shamol elektr stansiyalarni (SHES) hosil qiladi.
Shamol energetikasi rostlanmaydigan energiya manbai bо‘lib hisoblanadi. SHESning ishlab chiqarish shamolning kuchiga bog‘liq, u esa katta turg‘unmaslik xususiyatiga ega. Shu sbabdan, SHEQdan elektr energiyani elektr tizimiga olish sutkalik, hamda xaftalik, oylik, yillik va kо‘p yillik rejimda katta notekislar bilan farqlanadi. Energetik tizimi о‘zi energiya yuklamaning bir xil emasligiga ega (chuqqilar, chuqurlar) bо‘ladi. Tabiiyki, ularni shamol energetikasi bilan rostlab bo’lmaydi. Shamol energetikani katta ulushlar bilan energetik tizimiga kiritilsa uni destabillashga yordam beradi. Shuning uchun shamol energetikasini energetik tizimiga birlashtirilganda zaxira quvvati (masalan, IES shaklida), hamda ishlab chiqarishdagi bir xil emasliklarni tekislash uchun mexanizmlar (GES yoki GAES kо‘rinishda) talab qilinadi. Shamol energetikasining ushbu xususiyat undan olinadigan elektr energiyani ancha qimmatlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |