8. Tovarning o’zida reklama. Mahsulot qadoqlangan idish, paket, qutichalar ham reklama uchun xizmat qilishi mumkin. Ularda mahsulot uning sifati, ustunligi, tarkibi ko’rsatiladi. Unda kishilar diqqat e’tiborini o’ziga tortadigan yozuvlar, rasmlarning ahamiyati katta. Qadoqlash vositalariga «yangi, super, bepul, oliy sifat» kabi o’ziga jalb etadi. Bundan tashqari, mahsulotning xalqaro milliy tanlovlarda olgan medallari, sifat belgilarini aks ettirish ham xaridorlar ishonchiga kafolat bo’ladi.
4. REKLAMANING INSON PSIXOLOGIYASIGA TA’SIRI
Kishilarning fe’l-atvori, xarakteri, hissiy kechinmalari, umuman ruhiy holati ko’proq psixologlarga ma’lum. Shuning uchun reklama faoliyatida psixolog xizmatidan foydalanish o’z ijobiy samarasini berishi mumkin.
Reklama mavzusini menejer beradi, muddatni ham u aniqlaydi, auditoriyani tadqiqot bo’limi belgilaydi (psixolog bilan hamkorlikda), texnika esa auditoriyaga bog’liq ravishda tanlanadi.
Axborot va hissiyot reklamaning ajralmas qismlaridir.
Iste’molchi pul sarflashiga ikki asosiy sabab mavjud. U aynan shu mahsulotning o’ziga kerakligini tushunishi va his qilishi mumkin. Vaholanki hamma reklamalar fikrlovchi va hayajonli tarzda ta’sir etadi. Lekin ko’pincha bu ikki yo’nalishdan qo’shma holatda foydalaniladi. Fikrlatuvchi yo’nalish unikal savdo taklifi asosida qurilgan, ikkinchisi esa belgi shakli nazariyasi asosida.
Unikal savdo taklifining mohiyati shundaki, u tovarning noyob, raqobatchi taklifida ko’rsatilmagan xususiyatini yoritib beradi va aynan shu tovarni xarid qilish istagini tug’diradi. Maslaan «VOLVO» rusumli avtomabillarda unikal savdo taklifi sifatida ularning boshqalarga nisbatan xavfsizlik xususiyati reklama uchun tanlangan.
Belgi shaklini yaratishda ayrim belgilardan foydalanishdagi iste’molchi uchun ular aynan shu tovarni bildiradi va o’zini shu tovar iste’molchisi sifatida his etadi. Masalan, GAMEL sigareti reklamasida shu tovarning biror xususiyati to’g’risida so’z, fikr yuritilmaydi. Lekin reklama qahramoni - xushbichim, kelishgan yigit mashaqqatli sarguzashtdan so’ng GAMEL chekib, hordiq chiqaradi. Agar reklamada obraz yoqsa siz albatta GAMELni tanlaysiz.
Qaysi reklama texnologiyasini tanlashdan qat’iy nazar, ikkita aniq maqsad-iste’molchi diqqatini jalb etish va unda ijobiy fikr uyg’otish masalasi turadi. Iste’molchi diqqatini birdan tortadigan reklama elementi aystopper deb ataladi. Iste’molchi reklamangizga e’tibor qaratgandan so’ng u reklama qilinayotgan tovarni nafaqat eslab qolsin, balki unda xarid qilish istagi uyg’onsin.
Biz reklama faoliyatida ko’r-ko’rona chet el amaliyotidan foydalana olmaymiz. Chunki har bir mamlakatning tarixan shakllanib, rivojlanib kelgan qadriyatlari bor. Chunki bir mamlakatda mumkin bo’lgan narsa bir mamlakatda ta’qiqlanishi mumkin. Masalan, AQSh va Buyuk Britaniyada reklama matnlarida ikki raqobatbardosh firma haqida aniq ma’lumot ko’rsatilishi mumkin. Filippinda esa bu ta’qiqlanadi. Ko’plab islom mamlakatlarida erotik foto va kadrlar, shuningdek kontraseptiv (homiladorlikning oldini olish) va ayollar gigiyenasiga tegishli buyumlar reklamasi ta’qiqlanadi. Rivojlangan g’arb mamlakatlarida bunday ta’qiq yo’q.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |