Egri chiziqli bog’lanishda esa, omil belgining o’zgarishi bilan natijaviy belgi ma’lum bir vaqtgacha u bilan parallel o’zgarib boradi, ma’lum bir nuqtaga etgandan so’ng natijaviy belgining o’zgarish yo’nalishi o’zgara boshlaydi. Demak, ular o’rtasidagi bog’liqlik doimiy emas.
O’zaro bog’lanishlarni o’rganishda qo’llaniladigan usullar: parallel qatorlarni solishtirish, balans metodi, statistik guruhlash, grafiklar, dispersion tahlil, korrelyatsion-regression tahlil.
2. Korrelyatsion-regression tahlil
O’zaro bog’lanishlarni o’rganishda eng keng qo’llaniladigan metodlardan biri korrelyatsion-regression tahlildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |