26 - chizma. Tik tindirgich
Radial tindirgich diametri 16-40 m gacha, chuqurligi 2-2,5 m bo‘lgan aylana shaklidagi hovuz bo‘lib, tagi markazga tomon 4 m chuqurlikkacha qiya bo‘ladi. Radial tindirgich oqova suvlarning hajmi sutkasiga 2000 m3 va undan ko‘p bo‘lganda foydalaniladi. Bu tindirgichda oqova tarkibidagi muallaq moddalar 1,5 soat davomida cho‘kmaga tushadi. U yuqori samaradorlikka ega. Tozalanadigan oqova suv tindirgichga kiruvchi tarnov (1) orqali oqib kiradi va radial yo‘nalishda harakatlanadi. Tarnovning chiqish joyi kengaygan bo‘lib, bu holat oqovaning harakat tezligini pasaytiradi va qattiq moddalarning cho‘kmaga tushishini tezlashtiradi. Aralashmadan tozalangan suv tindirgichning yuqori qismidagi chiqaruvchi tarnov (2) orqali qayta ishlashga yuboriladi.
27 - chizma. Radial tindirgichning sxematik ko‘rinishi
Hosil bo‘lgan cho‘kma (3) tindirgich tubidagi aylanuvchan kurak (4) vositasida kuralib, chiqaruvchi kanal (5) orqali tindirgichdan chiqarib turiladi (27 - chizma).
Metantenk silindr shaklida temir-betondan qurilgan berk hovuz bo‘lib, tagi konussimon bo‘ladi. Uning tepasida gumbazi bo‘lib, unda cho‘kma bijg‘ishidan ajraladigan metan gazini to‘plash uchun maxsus qalpoq moslama o‘rnatilgan. To‘plangan metan gazi to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish uchun gazgolderga yuboriladi.
Ikkinchi guruh tindirgichlariga septiklar va ikki yarusli tindirgichlar (rasmlar) kiradi. Ikkinchi guruh tindirgichlari suvdagi muallaq moddalarni tutib qolishga mo‘ljallangan.
Septik qurilma to‘g‘ri burchakli, uch bo‘linmali temir-betonda qurilgan tindirgich bo‘lib, ulardа suv 6-12 soat, ba’zan esa 24 soatgacha tindiriladi. Septikda cho‘kmalar uzoq vaqt kislorodsiz sharoitda chiriydi, natijada turli zararli va zaharli gazlar ajralib chiqadi, suvning betida po‘stloqqa o‘xshash qatlam hosil bo‘ladi. Oqova suvlarni septikda tozalash Iqtisodiy jihatdan arzon, ammo tozalanish koeffitsiyenti past bo‘lib, muhitga qo‘lansa hidli gazlar bilan tarqatganligi uchun bunday inshootdan kamdan-kam hollarda, suv tozalash inshootlari majmuasi qurilmagan kichkina aholi punktlaridan chiqadigan suvlar uchun foydalaniladi.
Ikki yarusli tindirgichlar boshqalaridan shunisi bilan farq qiladiki, yuqori yarus ostida gorizontal o‘tqazilgan novi bo‘lib, tindirilgan oqova shu nov orqali oqib chiqadi, tindirgichdagi muallaq moddalarning cho‘kishi esa yuqori yarusdan pastki yarus tagiga davom etadi va shu yerda to‘planadi (28 - chizma).
28 - chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |