4.O‘zbekistonda ekologik tarbiya muammolarini hal etishning asosiy yo‘nalishlari mazmunini gapiring. O‘zbekistonda ekologik tarbiya muammolarini hal etishning asosiy yo‘nalishlaridan biri fanlarda amalga oshiriladi. Kimyo, fizika, biologiya va geografiya fanlari ekologik muammolarni aniqlash, ularni oldini olish vazifalarini bajarish bo‘yicha yuqori o‘rinda tursa, falsafa, tarix ekologik muammolarni falsafiy jihatdan tahlil qiladi; pedagogika, psixologiya esa yosh avlodni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalashda, ularda ekologik tarbiyani shakllantirish, singdirish va o‘stirishga xizmat qiladi. Fanlararo bog‘lanish ekologik muammolarni yechishda, ularni bartaraf etishda va oldini olishda albatta, o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |