9-mavzu. Kasbiy faoliyati samaradorligini oshirishda hissiy-irodaviy va shaxsiy fazilatlarning o‘rni



Download 316,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana10.03.2023
Hajmi316,45 Kb.
#917775
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-мавзу

3. Iroda haqida tushuncha. 
Iroda – 
bu kishining oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishida qiyinchiliklarni engib 
o‘tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o‘z-o‘zini 
boshqarishi demakdir. Iroda – bu shaxs faolligining alohida shakli, uning xulq-atvorini 
tashkil etishning inson tomonidan qo‘yilgan maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir. 
Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o‘z ehtiyojlariga ko‘ra 
o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo bo‘ladi. 
Iroda o‘zaro bog‘liq ikkita vazifaning undovchi va tormozlash (to‘xtatuvchi) 
vazifalarning bajarilishini ta‘minlaydi va ularda o‘zini namoyon qiladi. 
Borliqni aks ettirish, faoliyatni muayyan yo‘nalishda tashkil qilish, muammolar 
echimini egallash yuzasidan ma‘lum bir qarorga kelish, uni amalga oshirish jarayonida 
qiyinchiliklarni engish harakatlar yordami bilan ro‘yobga chiqadi. Turli ehtiyojlar 
(shaxsiy, jamoaviy, tabiiy, madaniy, moddiy, ma‘naviy) tufayli vujudga keladigan, 
maqsadga yo‘nalganlik xususiyatini kasb etadigan shaxsning faolligi o‘zining tuzilishi, 
shakli rang- barang bo‘lgan harakatlar, xatti –harakatlar va sa‘i –harakatlar yordami bilan 
tabiat, jamiyat tarkiblarini maqsadga muvofiq kelmaganligi sababli qayta quradi, 
takomillashtiradi, ezgu niyatga xizmat qildirishga bo‘ysundiriladi. Ehtiyoj, motiv, 
qiziqish, anglashilmagan, anglashilgan mayllar negizidan kelib chiqadigan barcha 
ko‘rinishdagi harakatlar o‘zlarining yuzaga kelishiga binoan ixtiyorsiz va ixtiyoriy 
turkumlarga ajratiladi. 


Odatda psixologiyada ixtiyorsiz harakatlar anglanilgan yoki etarli darajada 
anglanmagan istak, xohish, tilak, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtki ta‘sirida 
paydo bo‘lishi natijasida ro‘yobga chiqariladi. Mazkur istak va uning boshqa shakllari 
impulsiv (lotincha impulsus ixtiyorsiz qo‘zg‘olish ma‘nosini anglatadi) xususiyatiga ega 
bo‘lib, inson tomonidan anglanilmaganligi uchun ma‘lum ob‘ektga qaratish yuzasidan 
rejalashtirilmagan, hatto ko‘zda tutilmagan bo‘ladi. Insonning favquloddagi vaziyatda 
yuzaga keladigan sarosimalik affekti, dahshat, hayajonlanish, ajablanish, shubhalanish va 
shunga o‘xshash boshqa mohiyatli, har xil shakldagi xatti-harakatlari ixtiyorsiz 
turkumdagilarga yorqin misoldir. Undagi atamalar ma‘nosi, aks etish imkoniyati bundan 
oldingi hissiyot to‘g‘risidagi ma‘lumotlarda keng ko‘lamda bayon qilingan.
Boshqa kategoriyada taalluqli harakatlar ixtiyoriy harakatlar deb nomlanib, ular 
maqsad ko‘zlash, maqsadni anglashni va uni amalga oshirishni ta‘minlovchi 
operatsiyalar, usullar va vositalarni shaxs o‘z miyasida tasavvur qilishni, samaradorligini 
taxminan baholashni taqozo etadi. O‘zining mohiyati bilan tafovutlanib turuvchi ixtiyoriy 
harakatlarning alohida guruhini irodaviy harakatlar deb ataluvchi turkum tashkil qiladi. 
Psixologik ma‘lumotlarga asoslangan holda ularga quyidagicha ta‘rif berish mumkin: 
«Maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish jarayonida 
zo‘r berish bilan uyg‘unlashgan, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan ongli harakatlar 
irodaviy harakatlar deyiladi». 
Shaxsning irodaviy faoliyati o‘z oldiga qo‘ygan anglangan maqsadlarni bajarishdan, 
amalga oshirishdan iborat sodda shakldagi harakatlarning majmuasidan iborat emas. Zo‘r 
berishni taqozo etmaydigan ish harakati (masalan, shkafdan choynak olish, sochiqni 
qoziqqa ilish va hokazolar) bilan irodaviy faoliyat tarkiblari o‘rtasida keskin tafovut 
mavjud. Irodaviy faoliyat o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, uning mohiyati shundan 
iboratki, bunda shaxs o‘z oldiga qo‘ygan va unga muhim ahamiyat kasb etuvchi 
maqsadlariga o‘zi uchun kamroq qiymatga molik xatti-harakat motivlarini bo‘ysundiradi. 
Ustivor (etakchi) motivlar qo‘shimcha ko‘makchi motivlarni muayyan yo‘nalishga 
safarbar qilib, umumiy maqsadga xizmat qildiradi. 
Irodaviy faoliyat mohiyati shunda ko‘zga tashlanadiki, bunda shaxs o‘zini o‘zi 
boshqaradi, o‘zini qo‘lga oladi, o‘zining xususiy ixtiyorsiz impulsiv tomonlarini nazorat 
etadi, hatto zarurat tug‘ilsa, u holda ularni tamoman yo‘qotadi ham. Iroda paydo 
bo‘lishining bosh omili-inson tomonidan faoliyatning turli tarkiblarining irodaviy 
harakatlarni tizimli tarzda tatbiq etilishi bunday ish-harakatlarda ong bilan 
mujassamlashuvchi shaxsning faolligidir. Irodaviy faoliyat shaxs tomonidan keng 
qo‘lamda anglanilgan va ruhiy jarayonlarni amalga oshirish xususiyati bo‘yicha irodaviy 
zo‘r berishni talab qiladigan aqliy amallarni taqozo etadi. Bunday aqliy amallar 
favquloddagi vaziyatni baholash, kelgusida amalga oshirishga mo‘ljallangan harakatlar 
uchun vositalar va operatsiyalar tanlash, maqsad ko‘zlash va unga erishishning usullarini 
saralash, ularni tatbiq etish uchun muayyan qaror qabul qilish kabilar bo‘lib hisoblanadi. 
Ushbu amallarning barchasi irodaviy faoliyatning operatsional tomoni deb baholanadi.


Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotining yirik namoyandalari ijodiy faoliyatiga 
taalluqli ma‘lumotlar, qarorga kelish namunalari ularning ijtimoiy-psixologik 
qiyofalarini aks ettirish imkoniyatiga egadir. Masalan, buyuk sarkarda Amir Temur 
Ko‘ragoniyning «Kuch adolatdadir» degan hikmati, Alisher Navoiyning «Zanjirband 
sher-engaman der» hitobi, CHo‘lponning «Xalq dengizdir, xalq to‘lqindir, xalq kuchdir» 
chaqirig‘i javobgarlikni yuksak his etgan holda xalqining xohish irodasini ifoda qilib, 
qat’iy irodaviy xatti-harakatlarini amalga oshirganlar, shu bilan birga ular o‘zlarining 
ma‘naviy, qadriy, ruhiy qiyofalarini chuqur va ko‘pyoqlama ochib berishga musharraf 
bo‘lganlar. Ijtimoiy tarixiy sahifalarimizda, yaqin o‘tmishimizda va istiqlol davrida 
ko‘plab vatandoshlarimiz irodaviy xatti-harakatlarining namunaviy ko‘rinishlarini 
namoyish qilganlar, bular rasmiy manbalarda va badiiy adabiyotlarda keng ko‘lamda 
yoritilgan. 
Yuqoridagi mulohazalardan tashqari, irodaviy faoliyatning o‘ziga xos psixologik 
xususiyatlari ham mavjuddir va ular muayyan tavsiflarga asoslanib talqin qilinadi. 
Irodaviy faoliyatni yoki alohida iroda aktini (latincha actus harakat degan ma‘noni 
anglatadi amalga oshirishishning xususiyatlaridan biri-bu bajarilayotgan harakatlarning 
erkin ekanligini shaxs tomonidan anglash (bunday qilsa ham bo‘ladi yoki unday qilsa 
ham) iboratligidir. Ushbu jarayonda shaxs hech bir narsani uddasidan chiqmaydigan yoki 
vaziyatga to‘la-to‘kis tobelik qiladigan, qolaversa yuzaga kelgan sharoit talablariga 
so‘zsiz, zaruriy bo‘ysunadigan kechinmalar hukm surmaydi. Shuning uchun shaxs 
tomonidan qarorga kelishning erkinligi, mustaqilligi bilan uyg‘unlashgan kechinmalar 
hukm surishi mumkin, xolos. Mazkur qarorga kelishdagi erkinlik hissi insonning o‘z 
niyatlari bilan harakatlari ro‘yobga chiqishiga nisbatan mas’uliyat yoki javobgarlik 
tuyg‘usining kechishi bilan izchillik kasb etadi. 
Irodaviy faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgandir; 1) 
irodaviy harakatlarni shaxs hamisha ularning sub‘ekti sifatida amalga oshiradi; 2) 
irodaviy akt, harakat shaxs to‘la-to‘kis mas’ullikni zimmasiga olgan ish, amal sifatida 
ichdan (ichki dunyosida) kechiriladi; 3) irodaviy faoliyat tufayli inson ko‘p jihatdan 
o‘zini o‘zi shaxs sifatida anglaydi; 4) irodaviy faoliyat sababli shaxs o‘z hayot yo‘li va 
taqdirini o‘zi belgilashini tushunib etadi va hokazo. Shu bilan birga irodaning 
faollashtiruvchi va jilovlab turuvchi (tormoz qiluvchi) funksiyalari birgalikda 
(hamkorlikda) hukm sursagina, faqat shundagina shaxsning o‘z maqsadiga erishish 
yo‘lidagi to‘siqlarni engishni kafolatlashi mumkin. 

Download 316,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish