9.2. Ikkinchi ilmiy-texnika inqilobi va jahon ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanishi
XIX asr oxiri XX asr boshlarida jahon ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanishi o‘ta yuqori sur’atlarda amalga oshdi, natijada jahon sanoat ishlab
chiqarishi hajmi o‘sdi.
Bu o‘sish shu davrda amalga oshgan ilmiy-texnik inqilobi (ITI) bilan
bog‘liq.
Ilmiy inqilob. XIX-XX asrlar chegarasida ilmiy tafakkur asoslari mutlaq
o‘zgardi; tabiatshunoslik yuksaldi, fanning yagona tizimini yaratish
boshlandi. Bunga elektron va radioaktivlikni ixtiro qilinishi sababchi bo‘ldi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida fanning ishlab chiqarish bilan aloqasi
yanada
mustahkamlanib tizimli xarakterga ega bo‘ldi, fanning texnika bilan
o‘zaro aloqasi o‘rnatildi, fan jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga
aylandi.
Elektr. Elektr asosida sanoat va transportning yangi energetik asosi
yaratildi, ya’ni yirik texnik muammo echildi. 1867 yilda Germaniyada
V.Simens tomonidan elektromagnit generatori ixtiro qilindi.
Elektr energiyasiga ehtiyoj muntazam oshib borishi natijasida yangi
tipdagi dvigatellarni (kuchliroq, tejamliroq) ixtiro qilish ehtiyoji paydo bo‘ldi.
Issiqlik turbinalari bilan birga gidravlik turbinalarni joriy etish ustida
ishlar olib borildi. Gidravlik turbinalar birinchi bo‘lib Niagara
gidroelektrstansiyasida 1896 yilda o‘rnatildi.
Ichki
yonish
dvigatellari
katta
ahamiyat
ega
edi.
Suyuq
yoqilg‘i(benzin)da ishlaydigan bunday dvigatellarni 1880-yillarda nemis
muhandislari G. Daymler va K. Benslar yaratishdi.
1
Elektrotexnika. Elektrotexnika eng etakchi tarmoqlardan biriga aylandi,
uning tarmoqchalari rivojlandi. Yirik sanoat korxonalarini qurilishi, katta
shaharlarning o‘sishi, elektr energiyasi ishlab chiqarishni o‘sishi natijasida
elektr yorig‘ligidan foydalanish keng tarqaldi.
Ikkinchi ITI
– bu elektrotexnikaning
aloqa vositalari texnikasi
tarmog‘ini
rivojlanish davri hisoblanadi. XIX asr oxirida simli telegraf apparaturasi
takomillashtirildi, 80-yy. boshida esa telefon apparaturasi amaliyotda
qo‘llanila boshlandi.
Ikkinchi ITIning eng muhim yutuqlaridan biri -
radioni
(radito‘lqinlarga
asoslangan simsiz elektraloqa) ixtiro qilinishidir.
Metallurgiya. Ikkinchi ITI faqatgina yangi tarmoqlarni yaratilishi bilan
emas, balki eski tarmoqlarni takomillashtirilishi bilan ham ajralib turar edi.
Birinchi navbatda
– metallurgiya.
Mashinasozlik, kemasozlik, harbiy sanoat, temiryo‘l transporti kabi
tarmoqlarning jadal rivojlanishi qora metallga talabni oshib ketishiga olib
keldi. Metallurgiyada texnik yangiliklar kiritildi. Domna pechlari hajmi
kattalashdi.
Transport. Transport -
ikkinchi ITIning muhim yo‘nalishiga aylandi,
transportning yangi turlari paydo bo‘ldi va mavjud vositalari takomillashtirildi.
Tashish hajmi va tezligini oshirish ehtiyoji temiryo‘l texnikasini
takomillashtirishga sababchi bo‘ldi. XIX asr oxirida po‘latdan ishlangan
temiryo‘l relslariga o‘tish yakunlandi. Po‘lat ko‘pincha ko‘priklar qurilishida
keng qo‘llanilar edi.
Ikkinchi ITI davrida paydo bo‘lgan transportning yangi turi –
avtomobil
transportidir
. Birinchi avtomobillar nemis muhandislari G. Daymler va K.
Benslar tomonidan yaratildi. Avtomobillarni sanoat miqyosida ishlab
chiqarish bir necha mamlakatda birdaniga 90-yillarda boshlandi.
XIX va XX asrlar chegarasida paydo bo‘lgan transportning yangi turi –
havo transportidir.
U ikki turga bo‘linadi – birinchisi – havodan engil
apparatlar
– dirijabllar, ikkinchisi – havodan og‘ir apparatlar – samolyotlar
(aeroplanlar).
1
История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н.
Марковой. — 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2007.- С.404.
Texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish. Xom ashyoni kimyoviy
usullar bilan qayta ishlanishini ishlab chiqarishning barcha tarmoqlariga kirib
borishi ITI uchun xarakterli hisoblandi. Mashinasozlik, elektrotexnika, tekstil
sanoati tarmoqlarida sintetik tolalar kimyosi keng qo‘llanila boshlandi.
ITIning eng katta yutug‘i kreking-jarayon hisoblanadi. Bunda yuqori
bosim va issiqlik ta’sirida neft parchalanadi. Bu benzin ajratib olishni keskin
oshirib yubordi.
Ikkinchi ITI engil, poligrafiya va sanoatning boshqa tarmoqlarini
takomillashtirish uchun ko‘pgina yangiliklarni joriy etdi.
Harbiy texnika.
Ikkinchi ITIda harbiy texnikadagi yutuqlar katta edi.
Uning rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
1) O‘qotar qurolni avtomatlashtirish.
2) Artilleriyani avtomatlashtirish.
3) Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish.
4) Havoda uchish va aviatsiya vositalaridan keng foydalanish.
5) Yirik suv(osti)usti kemalarini yaratish.
O‘qotar qurolni avtomatlashtirish.
Amerikalik muhandis X.Maksimning
pulemyotlari ixtiro qilindi (1883) va qurollanish uchun qabul qilindi.
Avtomalashtirilgan miltiqlarning bir necha turlari yaratildi.
Artilleriyani avtomatlashtirish.
Birinchi jahon urushidan oldin va urush
davomida yangi tezotar zambaraklar (yarimavtomat va avtomatik) yaratildi.
To‘p otish uzoqligi 16-18 km.dan 120 km.gacha uzaydi.
Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish.
Ularni ishlab chiqarish keskin
oshib ketdi. Yangi ixtirolar (tutunsiz porox) amalga oshirildi, azot ishlab
chiqarish (portlovchi moddalar uchun xom ashyo) rivojlantirildi.
Havoda uchish va aviatsiya vositalaridan keng foydalanish.
Samoletlar
faqatgina harbiy razvedkani amalga oshirmasdan, balki qiruvchi funksiyasini
bajarardi. 1915 yil yozidan boshlab samolyo
tlarga pulemyotlar o‘rnatila
boshlandi.
Yirik suvusti(osti) kemalarini yaratish.
Suv osti kemasi real voqelikka
aylandi. XIX asr yakunida suv osti kemalari bir necha mamlakatlarda
yaratildi. Ushbu kemalar suv ustida ichki yonuv dvigateli yordamida
harakatlantirilsa, suv ostida elektrodvigatel yordamida harakatga keltiriladi.
Ikkinchi ITI natijalari. Birinchi jahon urushi harbiy texnikani
rivojlantirilishiga olib keldi. Natijada ikkinchi ITI sanoat ishlab chiqarilishining
turli sohalarini qamrab oldi. Texnik
a progressi sur’atlari juda yuqori bo‘lib
ixtirolar soni minglab hisoblanar edi. Eng ko‘p ixtirolar amerikalik T.Edison
tomonidan patentlashtirilgan edi
– 1000 dan oshiq.
1. Ikkinchi
ITI o‘z xarakteriga ko‘ra XVIII-XIX asrlardagi sanoat
to‘ntarilishi (inqilobi)dan farq qilar edi. Uning natijalari – ishlab chiqarish
texnikasi va texnologiyasidagi o‘zgarishlar, mashina industriyasining qayta
ta’mirlanishi, fanni «kichik fan»dan «katta fan»ga aylanishi. Shu sababdan
uni sanoat inqilobi emas
Ilmiy-texnika inqilobi
deb ataladi.
2.
ITI ko‘pgina sanoat ishlab chiqarishlarini paydo bo‘lishiga olib keldi:
elektrotexnika, kimyo, neft qazib olish, neftni qayta ishlash va neftkimyo,
avtomobil sanoati, samolyotsozlik va boshq.
3. Faqatgina tarmoqlarning emas, balki kichik tarmoqchalarning
diversifikatsiyasi amalga oshdi. Transport mashinasozligi rivojlandi
(lokomotivlar, avtomobillar, samolyotlar, daryo va dengiz kemalari,
tramvaylar ishlab chiqarish).
4. Mashinasozlikning yangi tarmoqlarini jadal rivojlanishi qora
metallurgiya tarkibini o‘zgarishiga olib keldi – po‘latga talab oshishi natijasida
uni ishlab chiqarish cho‘yan ishlab chiqarishdan oshib ketdi.
5. XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi texnik siljishlar va yangi
tarmoqlarni jadal rivojlanishi jahon sanoat ishlab chiqarish tarkibining
o‘zgarishini taqazo etdi.
Ikkinchi ITI natijasida individual mulk shakli o‘rniga
aksioner
mulk
asosiy bo‘lib qoldi, qishloq xo‘jaligida esa –
fermerlik
,
kooperativ
mulk va
munitsipal
mulk rivoj topdi.
Tarixning bu bosqichida sanoat rivojlanishi bo‘yicha jahonda
etakchilikni yosh kapitalistik mamlakatlar
– AQSh va Germaniya egallashdi,
Yaponiya tez o‘sa boshladi, sobiq etakchilar Angliya va Fransiya esa orqada
qola boshlashdi.
Kapitalizmning monopolistik bosqichiga o‘tish davrida jahon iqtisodiy
taraqqiyot markazi Yevropadan Shimoliy Amerikaga ko‘chdi. Iqtisodiy
rivojlanish darajasi bo‘yicha etakchi mamlakat bo‘lib Amerika Qo‘shma
Shtatlari tan olindi.
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar
1. Agrar inqirozning sanoat inqiroziga aylanib (ulanib) ketishining asosiy
sabablari nimada?
2. Ikkinchi ilmiy-texnika inqilobining iqtisodiy taraqqiyotdagi ahamiyati
nimadan iborat?
3. Sanoat inqilobi bilan ilmiy-texnika inqilobining farqli jihatlari nimada?
4. Ikkinchi ilmiy-
texnika inqilobining harbiy texnikani rivojidagi o‘rni
qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |