9-mavzu. Jahon agrar inqirozi va ikkinchi ilmiy-texnik inqilobi (XIX asr oxiri-xx asr boshi) Tayanch atamalar va iboralar



Download 389,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.04.2022
Hajmi389,67 Kb.
#556720
  1   2
Bog'liq
2 5337085284389490766



9-MAVZU. JAHON AGRAR INQIROZI VA IKKINCHI ILMIY-TEXNIK 
INQILOBI (XIX asr oxiri-XX asr boshi) 
Tayanch atamalar va iboralar
: agrar inqiroz, bug‘doy, yer rentasi, 
texnika qoloqligi, ilmiy inqilob, ichki yonish dvigateli, radio, domna pechi, 
transport, harbiy texnika, aksioner mulk, kooperativ mulk. 
 
Reja: 
9.1. XIX asrning to‘rtinchi choragida jahon agrar inqirozi va uning 
ahamiyati. 
9.2. Ikkinchi ilmiy-texnika inqilobi va jahon ishlab chiqarish 
kuchlarining rivojlanishi 
 
9.1. XIX asrning to‘rtinchi choragida jahon agrar inqirozi va uning 
ahamiyati. 
Ortiqcha ishlab chiqarish natijasida yuzaga keladigan kapitalistik 
inqirozlar ishsizlik, ish haqini pasayishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga to‘lov 
qobiliyatini qisqarishiga olib kelib qishloq xo‘jalik sohasida qisman yoki to‘liq 
ortiqcha ishlab chiqarishni yuzaga keltirdi. 
Qishloq xo‘jaligida ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi 
agrar inqiroz 
deyiladi. Agrar inqiroz ham sanoat inqirozlarini asosini tashkil etuvchi 
kapitalizm qarama-qarshiliklari 
natijasida paydo bo‘ladi. 
Shu bilan birga agrar inqirozlar bir qancha xususiyatlarga ega: ular 
asosan sanoat inqirozlariga nisbatan uzoqroq davom etadi. 
XIX asr oxirgi choragidagi agrar inqiroz G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, 
Rossiya va AQShni qamrab olgan holda 70-yy.larning birinchi yarmida paydo 
bo‘lib 90-yy.lar o‘rtalariga qadar davom etdi. 
Bu inqiroz dengiz transportini rivojlanishi va temiryo‘l tarmog‘ini 
kengayib borishi natijasida Yevropa bozorlariga Amerika, Rossiya va 
Hindistondan arzon va ko‘p hajmda bug‘doy va non kirib kelishi natijasida 
yuzaga keldi. 
Yangi unumdor yerlarni o‘zlashtirilishi va absolyut renta olinmaydigan 
bo‘sh yerlarni mavjudligi sababli Amerikada non ishlab chiqarish arzon edi. 
Rossiya va Hindiston G‘arbiy Yevropaga past narxlarda bug‘doyni eksport 
qilishiga asosiy sabab rus va hind dehqonlari katta soliqlar bosimi ostida 
ezilib bug‘doyni juda arzon sotishga majbur edilar. 
Yevropalik kapitalist-ijarachilar va dehqonlar yirik yer egaligi 
mavjudligida yuqori renta sharoitida raqobatchilikka bardosh bera olmaydi. 
Birinchi jahon urushidan so‘ng, aholining to‘lov qobiliyatini keskin 
qisqarishida, 1920 yil bahorida kuchli agrar inqirozi yuzaga kelib, u 
Yevropadan tashqari mamlakatlarga ta’sir ko‘rsatdi (AQSh, Kanada, 
Argentina, Avstraliya). 
Qishloq xo‘jaligi agrar inqirozdan o‘ziga kelmasdan 1928 yilda Kanada, 
AQSh, Braziliya va Avstraliyada boshlangan yangi agrar inqiroz boshlandi. 
Bu inqiroz xom ashyo va oziq-ovqatni eksport qiluvchi kapitalistik dunyoning 


asosiy mamlakatlarini qamrab o
ldi. Inqiroz qishloq xo‘jaligining barcha 
tarmoqlarini qamrab olib, 1929-1933 yy.dagi sanoat inqirozi bilan chatishib 
ketdi va ikkinchi jahon urushi boshlangunga qadar davom etdi. 
Agrar inqirozlarning o‘zoq vaqt davom etishining asosiy sabablari: 

Birinchidan, yerga xususiy mulk monopoliyasi ijrachilarni agrar inqirozlar 
davrida ham shartnoma bilan belgilangan ijara haqini to‘lashga 
majburlaydi. Qishloq xo‘jaligi tovarlari narxlarini pasayishi yer rentasi ish 
haqini pasayishi, hamda foyda va ba’zan ijarachilarning avanslangan 
kapitali hisobiga amalga oshiriladi. Natijada takomillashgan texnika va 
ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish yo‘li bilan inqirozdan chiqish 
murakkablashadi. 

Ikkinchidan, kapitalizm sharoitida qishloq xo‘jaligi sanoatga nisbatan 
qoloq tarmoq hisoblanadi. Yerga xususiy mulkchilik, feodal munosabatlar 
qoldiqlari, yer egalariga absolyut va differensial rentani to‘lash zarurati – 
bularning barchasi qishloq xo‘jaligiga kapitalni erkin oqib kirishiga to‘siq 
bo‘ladi, ishlab chiqarish kuchlari rivojini sekinlashtiradi. Bu tarmoqda 
texnika o‘ta qoloq edi. Qishloq xo‘jaligida kapitalning organik tuzilishi 
sanoatdagidan ko‘ra pastdir; sanoat inqirozlarining moddiy asosi 
hisoblangan asosiy kapital sanoatdagiga nisbatan qishloq xo‘jaligida kam 
rol o‘ynaydi. 

Uchinchidan, mayda tovar ishlab chiqaruvchilar 
– dehqonlar inqirozlar 
davrida juda og‘ir mehnat, kam ovqat iste’mol qilish, yer va uy 
hayvonlaridan vahshiylarcha foydalanish evaziga o‘z yerlarida yoki 
ijaradagi yerlarida qolishlari maqsadida ishlab chiqarishning oldingi 
hajmini saqlab qolishga intiladilar. Bu qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘p 
ishlab chiqarishni kuchaytiradi. 
Shunday qilib, agrar inqirozlarning uzoq davom etadigan xarakterining 
umumiy asosi bo‘lib yerga xususiy mulk monopoliyasi, u bilan bog‘liq feodal 
sarqitlari va kapitalistik mamlakatlarda qishloq xo‘jaligining o‘ta qoloqligi 
xizmat qiladi. 

Download 389,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish