9-mavzu. ISHLAB CHIQARISHNING STEND VA KASSETA USULLARI
Ўқув модули бирликлари:
Stend usuli
Uzun stendlarda buyum tayyorlash.
Buyumlarni kalta stendlarda tayyorlash.
Stend usulida ishlab chiqarishni tashkil etish.
Stend texnologiya
Temirbeton buyumlarni kasseta usulida qoliplash
Таянч сўз ва иборалар: stend usulii, ishlab chiqarish, loyihalash, uzun stendlar, kalta stendlar, kasseta usuli.
1. Stend usuli
Ishlab chiqarishni tashkil etish. Stend usulida buyum qo‘zg‘olmas qoliplarda qoliplanadi va u qoliplangan joyining o‘zida qotadi. Texnologik jihoz va ish zvenolari bu vaqtda stenddagi bir qolipdan boshqasiga o‘tib turadi.
Armaturasi tortilgan uzun o‘lchamli konstruksiyalarni uzun stendlarda (75-150 m va undan uzunroq) shuningdek, uzunasiga bitta, eniga ikkita va undan ortiq buyumga mo‘ljallangan kalta stendlarda qoliplash mumkin. Uzun stendlar bir vaqtning o‘zida birin-ketin joylashgan bir necha qolipda bir necha bir xil buyum tayyorlash uchun ishlatiladi. Armaturani yotqizish, tortish, beton yotqizish va uni qotirish bir stendning o‘zida amalga oshiriladi.
Uzun stendlar tortiladigan sim yoki to‘qilgan armatura paketi qaerda to‘planishiga ko‘ra paketli yoki tortiladigan turlarga bo‘linadi. Paketli stendlarda tortilgan armatura paketi stenddan tashqarida – stend yonida bo‘ladigan paket tayyorlash liniyasida tayyorlanadi. Tortilgan stendlarda bunday paket qoliplash stendining o‘zida tayyorlanadi.
Stendlar shuningdek buyum va konstruksiyalarni tik yoki yotiq holatda qoliplash usuliga ko‘ra ham farq qiladi. Universal – turli buyumlar tayyorlashga mo‘ljallangan va ixtisoslashgan – ya’ni bir turdagi buyumlarni tayyorlashga mo‘ljallangan stendlar ham mavjud.
Stend usuli bilan, uskuna ko‘p o‘zgartirilmasdan, turli buyum xillarini ishlab chiqarish mumkin. Stend liniyalari katta o‘lchamdagi buyumlar ishlab chiqarishda ayniqsa samarali hisoblanadi.
Liniyali stendlar oldindan zo‘riqtirilgan ommaviy konstruksiyalar ishlab chiqarishda ayniqsa to‘g‘ri bo‘ladi. Liniya stendlari paketli va tortma bir necha buyumni stend uzunligi bo‘yicha bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Paket stendlarida armatura paketlari alohida moslamada yig‘iladi, so‘ng stend yoki qolipning ushlab turish joyiga mahkamlanadi.
Tortma stendlarida armatura stendning chetidagi g‘altakdan tortib olinadi va stendning bor bo‘yicha tortiladi.
Armatura joylash usuli uskunaning mexanizatsiyalashish darajasini belgilaydi. Paketli stendlarda armatura ixcham joylashadigan buyumlarni svay, to‘sin, tayanch tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Paketdagi armatura gidrodomkrat bilan tortiladi. Armaturasi donalab yoki umumiy tortilishi talab etiladigan buyumlarni tortma stendlarda tayyorlash maqsadga muvofiqdir.
Qisqa stendlar uning bo‘yiga barobar bo‘lgan bir buyumni, yoki eniga ikkita buyumni tayyorlashga mo‘ljallangan. Armaturani tortish gidrodomkrat bilan stend tayanchida yoki elektr qizitish usuli bilan amalga oshiriladi.
2. Stend usulida ishlab chiqarishni tashkil etish. Stend texnologiyasi katta o‘lchamli oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalar, uzunligi 12 m dan ortiq va sanoat hamda fuqaro qurilishi uchun mo‘ljallangan qurilmalar uchun ayniqsa muvofiq keladi.
Liniyali stendlarda buyum tayyorlash vaqtida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim bo‘ladi: liniyali stendning uzunligi – 75-120 m; stendning eng 3,6 m; sexdagi stendlar liniyasining soni ishlab chiqarishni uzuluksiz bo‘lishini ta’minlashi zarur, biroq 2 donadan kam bo‘lmasligi kerak.
Stend texnologik liniyaning bir yillik ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula bilan topiladi
,
bu erda G‘ –stend liniyasining maydoni; T0-stend texnologik liniyasining oborot vaqti; ni – i buyum uchun lozim bo‘ladigan stend liniyalari soni; qi – i buyum uchun 1 m2 stend liniyasidagi lozim bo‘ladigan beton hajmi; Ki – stend liniyasi maydonidan foydalanish koeffitsienti, 0,8-0,88 ga teng qilib olinadi.
Bir stend liniyasining oborot vaqti quyidagi formula bilan topiladi
T0=Tp+Tn+Ta+Tu+Tv ,
bu erda Tp – qolipdan tushirish, tortish moslamalarini bo‘shatish, armaturani kesish, buyumni stenddan olish, tozalash, moylash vaqti;
Tn – armaturani joylash va tortish vaqti;
Ta – zo‘riqtirilgan armaturani joylash vaqti;
Tu – beton qorishmasini yotqizish va zichlash vaqti;
Tv – issiqlik bilan ishlov berish vaqti.
Bir kecha-kunduzda oborot koeffitsienti
Kob=24/T0
Stenddagi 1m2 qoliplash maydonidan yillik mahsulot olininishi quyidagi formula bilan topiladi
S=KiKobV1 .
Uzun stendda qoliplar soni mumkin qadar ko‘proq bo‘lishi kerak (bu ishlab chiqarish darajasiga ta’sir qiladi), tortiladigan armatura oldingi traverslarda, uning joylashish tartibiga aniq qilib olinadi.
Tortiladigan armatura sarfi tejamli bo‘lishi stend uzunligidan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq bo‘ladi. CHiqindilar quyidagi tenglama bilan aniqlanishi mumkin
,
Do'stlaringiz bilan baham: |