9-mavzu. Ishlab chiqarishning stend va kasseta usullari ўқув модули бирликлари



Download 0,89 Mb.
bet5/6
Sana20.04.2022
Hajmi0,89 Mb.
#565186
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-mavzu. Ishlab chiqarishning stend va kasseta usullari

6. Temirbeton buyumlarni kasseta usulida qoliplash
yirik panelli uysozlikda asosiy usullardan biri hisoblanadi. Uning stend usulidan farqi shundaki temirbeton elementlar vertikal qoliplarda ishlab chiqariladi. Ushbu usulda tekis buyumlar, jumladan: devorbop panellar; orayopma panellari; oradevorlar; ventilyatsiya bloklari; zinapoya marshlari kabi elementlar ishlab chiqarirish ayniqsa samaralidir.
Odatda kassetalar bir necha buyumga mo’ljallangan bo’lib ularning orasini po’lat devorlar bilan ajratiladi. Konstruktiv jihatdan olib qaraganda ushbu devorlar temir betondan ham tayyorlanishi mumkin. Lekin ularni metalldan bo’lishi ishlab chiqarishni osonlashtiradi. Ko’pchilik hollarda buyumlar orasidagi devorlarni bo’shliqli qilib tayyorlanadi. U holda issiqlik bilan ishlov berishda bo’shliqni oralariga bug’ yoki boshqa issiqlik tashuvchi yuboriladi. Kasseta qurilmalarini yig’ish va ochish mexanik usulda yoki gidravlik o’tkazgich yordamida amalga oshiriladi. Betonni zichlash qurilmaning yon tomoniga o’rnatilgan vibratorlar yordamida amalga oshiriladi.
Kasseta usulining stend usuliga nisbatan afzalligi buyum ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan maydonning keskin qisqarishidir. Undan tashqari kasseta usuli uchun bug’lash kameralari, vibromaydonchalar, va beton yotqizgichlar ishlatilmaydi. Issiqlik bilan ishlov berish ham yopiq usulda amalga oshiriladi. Kasseta usulining asosiy kamchiliklaridan biri, ular davriy rejimda ishlagani uchun qolipning oborotlari soni kamligi hisoblanadi.
Kasseta usulining kamchiliklarini bartaraf qilish uchun uni konveyerlashtirish maqsadga muvofiqdir. U holda bunday kassetalar vertikal o’rnatilgan kasseta devorlari to’plamidan iborat bo’ladi. Texnologik liniyaning bir tomonidan qolipga betonni yotqizilsa, ikkinchi tomonidan uni qolipdan olinadi. Issiqlik bilan ishlov berish esa uning o’rta qismida bo’lgan paytda amalga oshiriladi. Unda uzluksiz konveyer rejimi vujudga keladi va ishlab chiqarish quvvati ikki barobarga ortadi. Qoliplash jarayonini esa mexanizatsiyalashtirish mumkin.
Kasseta texnologiyasi.
Kasseta qurilmalari qavatlariaro yopish plitalari, ichki devor panellari, zinapoya marshlari va maydonchalarini qoliplashga mo‘ljallangan. Qurilma qo‘zg‘almas stanina, qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan kasseta to‘siqlari, ostki qismi, boshqaruv pultidan iborat.
Kassetlar avtomat boshqaruv, qolipdan ko‘chirish jarayoni va yig‘ish qurilmalari bilan loyihalashtirilgan (2-jadval).



Kasseta qurilmalarining tavsifnomasi
2-jadval

Ko‘rsakichlar nomlari

SMJ- 3312

SMJ- 3212

SMJ- 253

SMJ- 3222

SMJ- 3302

SMJ- 3322

Qurilmaning gaborit o‘lchovlari, m:

Uzunligi

8,32

8,32

9,52

8,32

9,52

8,32

Kengligi

4,09

4,07

3,86

3,25

4,09

4,09

Balandligi

4,27

4,27

4,73

4,73

4,27

4,27

Otsek soni

12

12

12

14

10

14

Titratgich-
lar soni

12

12

24

28

10

14

O‘rnatilgan quvvati, kVt

4,8

4,8

9,6

11,2

4

5

Mahsulot o‘lchamlari, m:

Uzunligi

6

6

7,2

6

7,2

6

Balandligi

3

3

3,55

3,4

3

2,7

Qalinligi

0,12

0,12

0,12

0,05

0,16

0,96

Vazni, T

102,54

102,7

119,66

127,98

102,55

111,2

Kasseta qoliplari bir vaqtning o‘zida 6..12 yassi katta o‘lchamli elementlarni qoliplash imkoniga ega (2.8-rasm) ichki devorlar, to‘siqlar va qavatlararo yopish plitalari.

4-rasm. Kasseta qurilmasining birlashtirilgan qolipi-unifikatsiyalashtirilgan qoliplovchi kasseta qurilmasi.
Bo‘luvchi shitlar qalingili 24 mm li po‘lat listlardan tayyorlanadi. Bort uskunalariugoloklardan tayyorlanib, bo‘luvchi shitlarga parametrlari bo‘ylab shunday svarkalanganki, ularni polkalari formalarni tagligi va bortini tashkil qiladi.
Kasseta devorlari 40 mm diametrli boltlar bilan tortiladi. Betonni zichlash bo‘luvchi to‘siqlarni titratish bilan erishiladi.
Kassetani ikki yon tomoniga panelning balandligi bo‘yicha taxminan o‘rtalariga osma titratgichlar o‘rnatiladi (2.9-rasm). SHit maydonini turli xil nuqtalarida tebranish amplitudasini o‘lchash ko‘rsatgichi, tebranish amplitudasi keng chegarada (0,1..0,5 mm) da o‘zgarishi mumkin va shuning uchun mahsulotning butun maydoni bo‘yicha bir tekis zichlash ancha qiyin. Bir tekis zichlashga erishish uchun qo‘shimcha chuqurlikdagi titratgichlar kerak bo‘ladi.
Kassetdagi betonga issiqlik bilan ishlov berish issiqlik tarqatuvchi yoki bo‘g‘ yordamida, mahsulot oralig‘ida va qolipning chetki tomonida joylagan par tarqatuvchi otseklarda olib boriladi. Bug‘lash darajasi 85-1000S.
Bikr beton qorishmasidan panel quyishda vibrozarbali va porshenli kasseta qurilmalari qo‘llaniladi. Bu qurilmalarda xarakatlanadigan taglik porshenlarga biriktirilgan titratgichlar yordamida beton zichlashtiriladi. Titratgichlar vibroporshen yordamida beton qorishmasiga zarbali titratgich tebranish yo‘llaydi, bu esa betonni balandligi 3 m gacha bo‘lgan panellarni yaxshi zichlashtirilishiga olib keladi. Vibrozarbali va porshenli kassetalarda tebranish amplitudasini o‘lchash va panellarni balandligi bo‘yicha beton mustahkamligini aniqlash natijasi ko‘rsatadiki, ko‘p hollarda betonni bir xil zichlanishi ta’minlanadi.


5-rasm. Kasseta qoliplarini yassi bo‘luvchi devorlari.

a-kasseta qolip yig‘ilgan ko‘rinishda.
b-kasseta qolipining bo‘luvchi devori.
1)-bo‘lish devori;
2)-quyish bo‘limlari;
3)-issiqlik bo‘limlari;



4)-bort uskunalari;
5)-osma titratgich;
6)-panel qalinligini metall tirkgak konus fiksatorlari.
7)-bo‘luvchi shitni konsol tayanchi.

Ko‘rsatilgan qurilmalarda bikirligi 30 s. bo‘lgan beton qorishmalari ishlatiladi. Oddiy osma titratgichli kassetalarda tayyorlangan maxsulotni balandligi bo‘yicha turli nuqtalarda beton mustahkamligi turlicha bo‘ladi. Eksperiment natijalarini ko‘rsatishicha, mustahkamlikn o‘zgarishi bunday xolatlarda 40...50 % bo‘ladi, bu esa osma titratkichli kassetalarning kamchiligidir. Kasseta qoliplarida betonning mustahkamligini oshirish uchun qayta titratish kerak bo‘ladi. Elektr toki bilan betonni qotirish samarali usul bo‘lganligi sababli kasseta qurilmalarini yangi progressiv konstruksiyalari ishlab chiqilgan.
Loyihalashtirilgan kassetada to‘sish shitlari elektrod sifatida ishlatiladigan yassi metall listlar bilan almashtirilgan bo‘lib, ular orqali sanoat chastotasidagi elektr toki o‘tkaziladi (2.10-rasm). Par otseklarini yaxlit metall listlar bilan almashtirish ularni mahsuldorligini 1,5 marotaba oshiradi.
Metall listlari bir-biridan va bort uskunasidan elektr o‘tkazmaydigan materiallar (tekstolita, steklotekstolita, steklovoloknita va boshqalar)dan tayyorlangan prokladka, vtulka, shaybalar yordamida izolyasiya qilinadi. Mahsulot armaturasi ham, kasseta devoridan izolyasiya qilinadi.
YAngi kassetalarda hamma to‘sish listlari osma titratgich (har bit shitga 2ta da titratgich) bilan jihozlanadi, bu esa tebranish amplitudasini oshirish natijasida betonni yaxshi zichlashga erishiladi va konus cho‘kmasi 6 sm gacha bo‘lgan beton qorishmani qo‘llash imkonini beradi. Ichki devor panellari va orayopma plitalarining (qalinligi 10-12 sm) titratish muddati 10-15 minni tashkil etadi.
Mahsulotning turli nuqtalarida haroratni o‘lchashlarko‘rsatadiki, yuqori haroratli issiqlik tashuvchilar ishlanilganda bo‘lish shitlari bo‘lgan kassetalar harorat maydonining (400S gacha) katta tengsizligi belgilandi. Panelning turli kesimida beton mustaxkamligi xuddi shunday bir xil emas. Kassetalarda panellarga elektroqizdirishni qo‘llaganda betondagi issiqlik maydonining tengligiga erishiladi, chunki beton bir vaqtda mahsulotning hamma qalinlik bo‘yicha qiziydi. Betonni elektroqizdirish uchun zinali transformatorning bir yoki uch fazali turidan foydalaniladi.
Betonning qizish darajasiga qarab elektrodga uzatilayotgan kuchlanish oshiriladi.
Bu transformatorlarda tokni tartibga solish chegarasi 20...250V ni tashkil etadi.
1. Kasseta qurilmaning ishlab chiqarish maxsuldorligi:
RkasVr*D*m*Vizd*K3.

Vr -yillik ish kunlarsoni (sutk).


m-kasseta qurilmasidagi otseklar soni;
Vizd -kasseta qurilmasida bir vaqtda qoliplanadigan maxsulotlar hajmi, m3;
K1-kassetaning ishchi otseklarini to‘ldirish koeffitsienti (0,9);
D-sutkada kasseta qurilmasining oborot soni, maxsulot tayyorlashdagi hamma operatsiyalarning bajarish muddati.
2. Kasseta ishlab chiqarishda sexning yillik maxsuldorligi hamma qurilmalarning maxsuldorliklarini yig‘indisini tashkil etadi:
RkasR1R2R3va boshqalar

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish