9-mavzu: innоvаtsion mеnеjmеntning tаshkiliy shаkllаri



Download 21,38 Kb.
bet1/2
Sana27.01.2023
Hajmi21,38 Kb.
#904001
  1   2
Bog'liq
9-mavzu innîvàtsion månåjmåntning tàshkiliy shàkllàri


9-MAVZU: INNОVАTSION MЕNЕJMЕNTNING TАSHKILIY SHАKLLАRI


Reja:

1.Ta’lim tashkilotlari, muassasalari va pedagogik jaraѐn innovatsion faoliyatning sub’ekti sifatida.
2.Zamonaviy innovatsiya shakllarining hususiyatlari. Intelektual o‘zinio‘zi boshqaruvchi uyushmalar.
3.Innovatsiya shakllarining vujudga kelishida uyg‘unlashtirishning roli.
4.Konsorsiumlar – ta’lim muassasalariaro uyg‘unlashuvning istiqbolli turi sifatida.
5.Innovatsiya va strategiya markazlartning ta’lim samaradorligini oshishiga ko‘rsatadigan ta’siri. 
6.Innovatsion infrotuzilma, uning innovatsion faoliyatni rivojlantirishdagi roli.

Ta'lim muassasalarida innovatsion boshqaruv jarayonida muassasaning istiqbol maqsadi va imkoniyatini pedagog xodimlarning manfaatlari bilan uyg‘unlashtiruvchi uzoq muddatli strategik rejalar asosida strategik boshqaruvning amaliyotga qo‘llanilishi ta'lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Strategiya – bu maqsadni amalga oshirishda rahbarlik qilish san'ati, har bir jarayon holatiga yechim qabul qilishda ma'lum harakatning taraqqiyotidagi eng muhim masalalar va yo‘nalishlarni ajratish hamda ularni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqishdir. Strategiya ta'lim muasssasasi mohiyatiga mos keluvchi quyidagi savollarga javob izlaydi:
1. Ta'lim muassasasi va uning bugungi kundagi ish faoliyati o‘zida nima aks ettiradi?
2. Bizda qanday xizmat ko‘rsatish sohalari mavjud hamda bizning funksiya va pozitsiyalarimiz qanday?
3. Besh-o‘n yildan keyin ular qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak?
4. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun biz nimalarni amalga oshirishimiz zarur?
Ta'lim muassasasi strategiyasi – makro va mikroiqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda uning aniq joriy davrda rivojlanish maqsad va vazifalarini aniqlab beruvchi vosita. Boshqacha aytganda, ham qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda ta'lim muassasasining istiqbolli rivojlanishi aniqlanadigan, ham strategik rejalashtirish jarayoni. Mazkur jarayon ta'lim muassasasi faoliyatini tizimli tahlil qilish, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini, tashqi muhit ta'sirlari va imkoniyatlarini baholashga asoslanadi hamda strategik chora-tadbirlarni ishlab chiqish bilan tugallanadi. Ta'lim muassasasining strategik rejalarini ishlab chiqishning maqbul shakl, metod va texnologiyalarini ishlab chiqish ayni paytda ham tahlil va muhokamalar ob'ekti sifatida qolmoqda.
Menejment vazifalarini bajarishda muassasa va tarmoqlar o'rtasida vaziyat o'zgarishlari deb ataladigan farqlarga e ’tibor berish lozim. Ular ikki xil bo'ladi: tashqi va ichki. Ichki o'zgarishlar aniq korxona, tarmoqni tavsiflaydi. Ichki muhitga korxona maqsadlari, resurslari, kattaligi, vertikal va gorizontal mehnat taqsimoti va h.k. kiradi. Korxonalar o'rtasidagi ichki farqlar binolar o'rtasidagi
farqqa o'xshaydi. Masalan, binolar arxitekturasi, materiali, kattaligi bilan farq qilib, bu farq natijasida ularning biri klub, boshqasi kishilar yashaydigan uy bo'lishi mumkin. Xuddi shunday tarzda korxonalarning ichki farqlari ularning vazifalarini belgilaydi. Bu o'zgarishlarni ma’lum darajada nazorat qilish mumkin va ular boshqaruv qarorlari natijasida vujudga keladi. Rahbariyat tomonidan ichki o'zgarishlar borasida qabul qilinadigan qarorlar qanchalik samarali va unumdor faoliyat yuritishni belgilaydi.
Korxonaning kattaligi ichki farqlar korxonani boshqarishga qanday ta’sir etishini yorqin namoyon qiladi. Yirik aksiyadorlik jamiyatini boshqarish bilan kichik korxona, do'konni boshqarish o'rtasida katta farq mavjud. Korxona qancha katta bo'lsa, uni boshqarish ham shunchalik qiyin bo‘ladi.
Tashqi o'zgarishlar korxonadan tashqaridagi muhit omillaridir. Ular qatoriga yirik raqobatchi korxonalar texnika va texnologiyani olish manbalari, ijtimoiy omillar, davlat boshqaruvi kiradi. Tashqi muhit, tashqi o‘zgarishlar korxona faoliyatiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi.
Shu sababli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda vaziyatni hisobga olish zarur. Qaysi o'zgarishlar korxona muvaffaqiyatiga kuchliroq ta’sir qilishini ko'rsatish yetarli emas. Turli tuman vaziyat ko‘rsatkichlari va menejment jarayonining barcha vazifalari o'zaro bog'liq hamda ularni bir-biridan ajratib ko‘rib chiqish mumkin emasligi ma’lum qiyinchiliklarga olib keladi. Suvga tashlangan tosh butun ko’l bo‘ylab tarqaluvchi tolqinlarni hosil qilgani kabi, biror muhim omilning o'zgarishi butun korxona faoliyatida aks etadi.
Korxona faoliyati samaradorligiga ko‘plab ham ichki, ham tashqi omillar ta’sir etishi sababli u menejmentning eng yaxshi usuli - aniq vaziyatni hisobga olgan holda belgilanadi, Shu vaziyatga eng mos bo'lgan usul eng samarali usul bo'ladi. Shu sababli muvaffaqiyatli boshqaruv integratsiya qilingan yondashuvni talab etadi.
Jarayonli yondashuv bilan bevosita bog'liq tizimli yondashuvga turli xususiy yondashuvlar, menejment vazifalari uzviy bog'liq bo'lib, korxona qator o'zaro bog'liq kichik tizimdan iborat tizim sifatida o'rganiladi; tizim nazariyasi rahbarlarga tizimning a ’lohida qismlari o'rtasidagi tizim va uni o'rab turgan muhit o'rtasidagi bog'liqlikni tushunishga imkon beradi. Jarayonli yondashuvi tizim nazariyasini amalda qo'llashni korxonaga ta ’sir etuvchi asosiy ichki va tashqi o'zgarishlarni aniqlash yo'li bilan kengaytiradi, qo'yilgan maqsadga erishish uchun menejmentning aniq usullarini aniq vaziyat bilan bog'lab amalga oshirish imkonini beradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ta'lim tizimini tubdan isloh qilinishi tufayli qo‘yilayotgan zamon talablarini amalga oshirish jarayonining jadallik bilan borishi ko‘p jihatdan, o‘quv muassasalari rahbarlarining ushbu jarayonning yanada samarali bo‘lishiga qo‘shadigan hissalari va rahbarlik faoliyatlarini to‘g‘ri tashkil etishlariga bog‘liqdir. Shunday ekan, ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi davrida ta'lim muassasalariga yuqori tashkilotlarning ko‘rsatma va direktiv hujjatlardagi vazifalarini ko‘r-ko‘rona bajaradigan rahbarlar emas, balki o‘z faoliyatiga va har bir ishga ijodiy yondashadigan, yangi tafakkurdagi zamon talabiga javob bera oladigan, pedagogika, psixologiya, boshqaruv fanlaridan xabardor bo‘lgan va ulardan mohirona foydalana biladigan, shuningdek, mukammal shaxsiy fazilatlarga, o‘ziga xos xususiyatlarga, boshqaruvchilik qobiliyatiga, muayyan muomala madaniyatiga, imon-e'tiqodga, g‘oyaviy-siyosiy bilimga, qiyofaga ega, his-tuyg‘ularini, an'analarni, rasm-rusumlarni anglay oladigan, fidoyilik, qat'iylik, savodxonlik, ijtimoiy faollik, tashkilotchilik va tadbirkorlikka layoqatli xodimlar tayinlanishlari lozim.
Strategik boshqaruv tizimiga rahbarlarni tanlashda ko‘plab muammolarning mavjudligi mazkur masalaga chuqur yondashishini, rahbarlarni tanlashning o‘ziga xosliklari, ularni joy-joyiga qo‘yish tartibini mukammallashtirishni talab etadi.
Ma'lumki, mustaqillik yillarida respublikamizda umumiy o‘rta ta'lim muassasalarini boshqarish sohasida katta nazariy va amaliy tajriba to‘plangan. Ayniqsa, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan mazkur sohadagi ishlar yana-da, jadallashdi. Ana shunday harakatlarning samarasi o‘laroq, 1998 yildayoq, R.Sh.Axlidinov tomonidan “Umumiy o‘rta ta'limni takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik asoslari (boshqaruv jihatlari)” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi yoqlandi. Tadqiqotda umumiy o‘rta ta'lim muassasalarini rivojlantirishning quyidagi istiqbolli yo‘nalishlari yoritib berilgan:
1) maktab ta'limi boshqaruvining nazariy asoslangan va tashkiliy-metodik jihatdan yagona tizimini yaratish;
2) maktab ta'lim boshqaruv konsepsiyasini ishlab chiqish;
3) yangi turdagi boshqaruv apparati “yuqori professionalizm”ga asoslanishi;
4) boshqaruv faoliyati takomilliashuvining strategik jihatlari;
5) pedagogik boshqaruvning ijtimoiy tabiatidagi asosiy konseptual g‘oyalar;
6) pedagogik boshqaruvni maqsad va imkoniyat asosida boshqarish va boshqalar.
Boshqaruv strategiyasi ko‘zlangan maqsadlarga erishishda ta'lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish, pedagogik xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish, strategik reja asosida faoliyatni tashkil etish va boshqarish yo‘nalishida asosan boshqaruvning ikki turini nazarda tutadi: strategik boshqaruv, kon'yunkturaviy boshqaruv. Amaliy faoliyatda u yoki bu boshqaruv yo‘nalishining ustunligi tashkiliy tizimning yangilik darajasi ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi.
Strategik boshqaruv esa ta'lim muassasasining strategik maqsadi yo‘nalishida muassasa imkoniyatlarini pedagogik xodimlarning umumiy manfaatlari bilan muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi uzoq muddatga tuzilgan dastur, reja va loyihalar asosida boshqarishdir. Strategik boshqaruv odatda, mazkur tizimni boshqaruv madaniyatining yuqori darajasini belgilovchi keng innovatsion dasturlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Har qanday faoliyat singari boshqarish faoliyati ham o‘z vazifalarini bir qator tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi. Boshqaruv tamoyillaridan kelib chiqqan holda, strategik boshqaruv tizimiga rahbarlarni tanlashni tashkil etishda demokratiyalash va insonparvarlashtirish; tizimlilik va yagonalik; oshkoralik va teng huquqlilik; davlat bilan jamoatchilik hamkorligini uyg‘unlashtirish; axborotlarning ob'ektivligi va to‘liqligi tamoyillarga alohida e'tibor qaratish zarur.
Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarini strategik boshqarish aniq shart-sharoitlarni talab etib, mazkur jarayonni bosqichma-bosqich amalga oshirishni talab etadi. Ana shu asosdan kelib chiqqan holda, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarini strategik boshqarishning besh bosqichli (marketing, rejalashtirish, tashkil etish, tartibga solish, nazorat qilish)texnologiyasi ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi.
Tashkilot strategiyasi ‑ bu kompaniyaning to’rgan joyidan erishmoqchi bo’lgan joyiga qanday qilib o’tkazish mumkin, degan masalani yechish haqidagi yo’riqnomadir. Odatda strategiya 4 ta darajada ishlab chiqiladi:
1) korporativ strategiya (kompaniya va uning faoliyat yo’nalishlari bo’yicha umumiy strategiya);
2) ishbop strategiya (kompaniyaning xar bir yo’nalishi uchun strategiya);
3) funktsional strategiya (kompaniyaning xar bir funktsional to’zilmasi uchun strategiya);
4) amaliy strategiya (asosiy to’zilmalar: zavodlar, savdo shaxobchalari va bo’limlar uchun );

Download 21,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish