MVO dasturining darajasi.
Maqsadlar bo’yicha boshqarishning ko’p tarafdorlari bor va ko’plab natijalarga erishilgan.
Aniq maqsadga ega bo’lgan kishilarning unumdorligini maqsadga ega bo’lmagan kishilar
unumdorligidan yuqori bo’lishini tasdiqlovchi qator tadqiqotlar mavjuddir. Aniq maqsadlarni
qo’yilishi unumdorlikni oshiradi, chunki ishchilar aniq harakatga ega bo’ladilar. Xodimlarga ular
ishining natijalari to’g’risida ma’lumot berish ham ularning unumdorligini oshiradi.
Shu bilan birgalikda, MVO dasturlari muvaffaqqiyatsizlikka ham uchrashi mumkin. Buning
sabablaridan ham biri xodimlarni maqsadi o’rgatish jarayonida qatnashishlariga haddan tashqari
katta e’tibor berishdir. Ko’p hollarda rahbarni MVO ning barcha imkoniyatlaridan yaxshi foydalana
olmaydi. Masalan: ko’p xollarda mehnatga xaq to’lash va mukofotlash sistemasini o’zgartira
olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |