9-mavzu: biznes jarayonlari va ularni hisobga olish



Download 200,77 Kb.
bet12/19
Sana11.06.2022
Hajmi200,77 Kb.
#655142
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
9-MM

11.2-rasm. Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olishning umumiy chizmasi.
      1. Realizatsiya jarayonini va moliyaviy natijalar shakllanishini hisobga olish


Ishlab chiqarilgan tovar mahsulotlari realizatsiya jarayonida xaridorlarga jo‘natiladi va ular qabul qilib olgan mahsulotlari uchun shartnoma narxida xo‘jaliklarga pul to‘laydi. Mahsulotlarning shartnoma bahosi tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.


Tayyor mahsulotlar xaridorlarga yetkazib berilgunga qadar bir qancha xarajatlar qilinadi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar hisoblanadi. Tayyor mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga ularni xaridorlarga yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar qo‘shilmaydi, ular davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadi va asosiy faoliyatdan olingan foyda hisobidan qoplanadi.
Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni sotish natijalari realizatsiya jarayonida aniqlanadi. Realizatsiya foyda yoki zarar bilan yakunlanadi. Ayrim manbalarda realizatsiya jarayoni sotish jarayoni deb ham ataladi. Bizning fikrimizcha, bu unchalik to‘g‘ri emas. Chunki, ishlab chiqarish jarayonida tayyorlangan mahsulotlar sotiladi, bajarilgan ish va xizmatlar hamda qurilish, loyiha-tadqiqot, geologiya-qidiruv va ilmiy-tekshirish ishlari buyurtmachilarga topshiriladi. Shuning uchun bu jarayonni realizatsiya jarayoni deb atash maqsadga muvofiqdir.
Xaridorlarga jo‘natilgan tayyor mahsulotlar, bajarib topshirilgan ish va qilingan xizmatlar uchun pul olinadi. Mahsulotlar sotishga jo‘natilib, xaridorga to‘lov hujjatlari taqdim etilgan vaqtdan boshlab sotilgan hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotlarni sotish (ish bajarish va xizmat ko‘rsatish) shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnoma majburiyatlarining bajarilishi va hisob-kitoblar ustidan nazorat o‘rnatish uchun buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:

  • barcha mahsulot(ish, xizmat)lar va ularning alohida turlari bo‘yicha haqiqiy realizatsiya hajmini aniqlash. Realizatsiya hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar buxgalteriya hisobida natural va qiymat o‘lchovlarida ifodalanadi;

  • sotilgan mahsulot(ish, xizmat)larning to‘la tannarxi va ularning shartnoma bahosi bo‘yicha qiymatini taqqoslash yo‘li bilan realizatsiya jarayonining haqiqiy natijalarini aniqlash. Olingan foyda yoki ko‘rilgan zarar ko‘rsatkichi nafaqat butun mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) va realizatsiya qilishning, balki ularning alohida turlari bo‘yicha

ham rentabelli yoki norentabelli (zarar ko‘rilayotgan) mahsulot turlarini aniqlashga imkon beradi;

  • tayyor mahsulotlar va tovarlarning korxona omboridagi holati, ularning barcha harakatlanish bosqichlaridagi saqlanishi, xaridorlardan shartnomada ko‘rsatilgan oldin to‘lov (bo‘nak)larning o‘z vaqtida olinishi, tayyor mahsulotlar va tovarlarning xaridorlarga o‘z vaqtida yuklab jo‘natilishi va bankka barcha to‘lov hujjatlarining taqdim etilishi hamda yakuniy hisob-kitoblarning amalga oshirilishi ustidan nazorat o‘rnatish.

Realizatsiya jarayonini hisobga olish uchun qo‘llaniladigan schotlarning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Bular ichida 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromadlar», 9020-«Tovarlar sotishdan olingan daromadlar», 9030-«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9110-«Sotilgan mahsulot tannarxi», 9120-«Sotilgan tovarlar tannarxi», 9130-«Sotilgan ishlar, xizmatlar tannarxi» schotlari muhim o‘rin tutadi. Sotilgan mahsulot, tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarni to‘la tannarxi 9110, 9120, 9130-schotlarining debet tomonida, olingan daromadlar 9010, 9020, 9030-schotlarning kredit tomonida aks ettiriladi. Shuningdek, realizatsiya jarayoni va moliyaviy natijalarni hisobga olishda 9200-«Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schotlar» (9210-9220), 9300-«Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schotlar» (9310, 9320, 9330, 9340, 9350,
9360, 9370, 9380, 9390), 9410-«Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar»
(9410, 9420, 9430, 9440), 9500-«Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga
oluvchi schotlar» (9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560, 9590), 9600-
«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar» (9610, 9620, 9630, 9640, 9650, 9660, 9690), 9700-«Favqulodda foyda(zarar)larni hisobga oluvchi schotlar» (9710, 9720), 9800-«Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schotlar» (9810, 9820) va 9900-«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schotlar» (9910) qo‘llaniladi (1-ilova. Schotlar rejasining V qismiga qarang). Hisobot davrining oxirida olingan daromadlar xarajatlar bilan taqqoslanib, realizatsiya natijalari aniqlanadi.
Yuqorida bayon qilingan umumiy qoidalarni quyidagi misollar va chizmalar bilan mustahkamlaymiz.


  1. Download 200,77 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish