Biologik hususiyatlari. Kartoshkaning butun o‘sish davri shartli ravishda 3 bosqichga bo‘linadi.
1.Birinchi bosqich o‘simlik maysalagandan to gullay boshlaguncha davr. Bu davrda asosan palak ko‘payadi, tuganaklar sekin o‘sadi. Erta pishar navlarda
maysalar chiqqandan gullay boshlaguncha 35-38 kun, kechkilarida 43-46 kun vaqt o‘tadi.
2. Gullash davrini o‘z ichiga oladi va palagi o‘sishdan to‘xtaguncha davom etadi. Bu davrda tuganaklar eng yaxshi o‘sayotgan hisoblanadi. Ikkinchi davrinng uzoqligi bo‘yicha navlar o‘rtasida anchagina farq bor. Erta pishar navlarda 26-28 kun, o‘rta ertagilarda 34-36 kun davom etadi.
3. Uchinchi bosqich palagi o‘sishidan to‘xtab tabiiy so‘liguncha davr. Bu vaqtda tuganaklar hali o‘sishda davom etadi, lekin ikkinchi davrdagiga qaraganda uncha jadal o‘smaydi.
Shunday qilib, ikkinchi davr tuganaklar shakllanishda eng muhim davr hisoblanadi. Hosilning 65-75% shu davrda to‘planadi. Bu mo‘tadil iqlim ekini. Past temperaturada 70C mutlaqo chidamaydi, 7-80 C da yomon o‘sadi. Shu bilan birga tuproq temperaturasi 200C dan yuqori bo‘lganda ham sust o‘sadi. Palagi 1,0-1,50C sovuqda zararlanadi. Yosh o‘simliklar ayniqsa chidamsiz hisoblanadi. Tuganaklarni 75% suv tashkil qiladi.
Kartoshka qisqa kun o‘simligi. Namga talabchan kritik davri gullay boshlagan faza, transpirasiya koeffisiyenti 400-550. Lorx ma’lumoti bo‘yicha, 1 t kartoshka hosili 4,9-8,0 kg azot, 2,2 kg fosfor, 10,3 kg kaliyni tuproqlan olib ketadi. Kartoshka o‘simligi hayotining dastlabki davrida oziq moddalarni kam talab etadi. Kartoshka yer usti massasi jadal o‘sayotgan va tuganak hosil bo‘layotgan davrida oziq moddalarni ko‘p o‘zlashtiradi. Gullash vaqtiga kelib 60% ga yaqin azot, bir oz kamroq fosfor va kaliyni 50% dan ko‘prok o‘zlashtiradi. 100 s tuganak va 80 s palak 40-60 kg azot, 15-20 kg fosfor va 80 kg kaliyni o‘zlashtiradi.
Kartoshkaning aynishi. Kartoshkaning aynishi deganda, odatda yuqumli virus va viroidlar hamda noqulay tuproq-iqlim sharoitlar ta’sirida tuganaklar urug‘lik sifatining pasayishi tushuniladi. Aynigan kartoshka o‘simligi bargi tarkibidagi xlorofill kamayadi, fotosintez va transpirasiya jarayonlari susayadi, hosildorligi va kasalliklarga chidamliligi, tuganaklarni tovarbopligi hamda oziqalik sifati pasayadi. Natijada, kartoshka ko‘paytirishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Yuqori haroratli quruq iqlim sharoit aynishni yaqqol namoyon bo‘lishiga va hosildorlikni kamayishiga asosiy sababdir. Kartoshkani virus va viroidli aynish kasalligi yuqumli bo‘lib, u so‘ruvchi hashoratlar orqali kasallangan o‘simlik xujayra shirasi sog‘lom o‘simlikga o‘tishi yoki o‘simliklarni bir-biriga tegib turishi natijasida sodir bo‘ladi. Keyingi bo‘g‘inlarga viruslar va viroidlar urug‘lik tuganaklar orqali yuqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |