Omborlarda portlovchi materiallarni joylashtirish tartibi
Portlovchi materiallar omborda quyidagi tartibda joylashtiriladi: I va IV
guruh portlovchi materiallari yashiklari porox bilan birgalikda faqat tokcha (stellaj)
larda saqlanadi, bunda tokchalar yoki shtabel (stend)lar orasida 1,3 m kenglikda
o‘tish yo‘lagi qoldiriladi. I, III va IV guruh portlovchi materiallari birgalikda
saqlanganda yashiklarni bir-birining ustiga qo‘yish ta’qiqlanadi. II guruh
portlovchi materiallari yashiklarini stellajda bir-birining ustiga joylashtirishga
ruxsat etiladi.
Bunda stellajdagi javon (polka)lar balandligi shunday tanlanishi kerakki
yashik (qop) va yuqoridagi polka orasida kamida 4 sm balandlikdagi bo‘sh joy
qolishi kerak.
Polka kengligi bo‘yicha yashiklarni faqat bir qatorga taxlash kerak. Stellaj
va shtabellar devordan 20 sm uzoqlikda, poldan 10 sm balandlikda joylashtirilishi
kerak. Bitta shtabelda faqat bir xil vazndagi yashiklar yoki qoplarni saqlashga
ruxsat etiladi.
I, III va IV guruh portlovchi materiallari uchun yuqori javon balandligi
polga nisbatan 1,7 m dan, boshqa portlovchi materiallar uchun 2 m dan oshmasligi
lozim. Tarkibida suyuq nitroefirlar 15% dan ko‘p bo‘lgan portlovchi moddalar
saqlanadigan ombor binosi mahalliy havo harorati -20
o
C dan pasayganda suv yoki
elektr toki yordamida isitish moslamasi bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
Omborlarning jihozlanish tartibi
Elektr isitish pechlari portlovchi materiallar saqlanadigan xonadan
yonmaydigan devor bilan ajratilgan alohida xonada joylashtirilib bunda isitish
xonasi va portlovchi materiallar saqlanadigan xona devorida havo aylanishi uchun
tuynukcha qoldiriladi va ushbu tuynukcha metall to‘r bilan qoplangan bo‘ladi. Suv
yordamida isitishda portlovchi material yashiklari va qoplari isitish radiatoridan
kamida 1 m uzoqlikda joylashtirilishi lozim.
Barcha turdagi doimiy omborlar ikki xil yoritish tizimiga ega bo‘lishi kerak:
ishchi va avariya vaqtidagi yoritish tizimlari. Ishchi yoritish tizimida 220 V gacha
kuchlanishda
ishlaydigan
cho‘g‘lanma yoki lyuminesentli lampalardan
foydalaniladi, bunda yoyli (dugali) lampalardan foydalanish ta’qiqlanadi.
Avariya holatida ombor binolarini yoritish uchun rudniklarda ishlatiladigan
akkumulyatorli yoritgichlar yoki quruq batareyali fonarlardan foydalanishga ruxsat
etiladi (bunda agar fonar korpusi metall bo‘lsa rezina g‘ilof kiydiriladi).
Omborning barcha binolarida elektr tarmog‘i orqali yonadigan ko‘chma
lampalardan foydalanish ta’qiqlanadi.
Yer yuzasida joylashgan PM omborlarida (qisqa muddatli omborlardan
tashqari) qorovulxona va qorovul posti orasida ikki tomonlama telefon aloqasi,
yorug‘lik orqali yoki ovozli signalizatsiya bo‘lishi lozim. Qorovulxona telefoni
yong‘in muhofazasi, korxona ma’muriyati va militsiya bilan aloqada bo‘lib turishi
uchun yaqinda joylashgan kommutatorga ulangan bo‘lishi lozim.
Barcha PM omborlari yong‘inga qarshi suv uzatish qurilmalari va isitgichli
suv havzasi hamda yetarli miqdorda yong‘inga qarshi vositalar (nasoslar, o‘t
o‘chirgichlar, suvli bochkalar, qum to‘ldirilgan yashiklar, narvon, chelak va h.k.)
bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Shuningdek, ombor har bir binosi chaqmoqdan
himoyalangan bo‘lishi lozim.
Doimiy ishlab turuvchi omborlar uchun portlovchi materiallarni saqlash
huquqini beruvchi hujjat 3 yil muddatga beriladi va omborda saqlanadi. Portlovchi
materiallarni sotib olish va tashish uchun sertifikat va ruxsatnomalar 6 oygacha
bo‘lgan muddatga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |