9-MA’RUZA.
Poyezdning sekinlashtiruvchi kuchlar
Reja:
1. Harakatga qarshi bo‘lgan kuchlar.
2. Poezd harakatiga bo‘lgan asosiy qarshiliklar.
Harakatga qarshi bo‘lgan kuchlar
W – to‘la harakatga qarshi bo‘lgan kuch.
– harakatga qarshi bo‘lgan solishtirma kuch.
Harakatga qarshi bo‘lgan kuchlar bo‘lishi mumkin:
Asosiy – bu qarshilik qaysiki vujudga keladi to‘ppa-to‘g‘ri gorizontal (tekis) yo‘lda poezd harakat tezligi 10 km/s dan katta bo‘lsa, asosiy qarshilik har doim bo‘ladi va poezd harakatiga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi.
Qo‘shimcha qarshilik qaysiki har doim uchramaydi va yunalishi mumkin harakat bo‘yicha va qarshi tomonga.
PoYezd harakatiga bo‘lgan asosiy qarshiliklar
Poezd harakatiga bo‘lgan asosiy qarshiliklar vujudga keladi: poezdni ayrim elementlari orasidagi ishkalanish sababli, poezd va yo‘l orasida, poezd va havo muhit orasida.
Asosiy qarshiliklar quyidagilardan tashkil topadi:
1. Harakatdagi sostavning qarshiligi.
2. Yo‘lni qarshiligi.
3. Havo muhit qarshiligi.
1) Harakatdagi sostavni qarshiligi juft g‘ildirak o‘qi bo‘ynidagi qarshilik va lokomotivlar uchun harakatdagi mexanizmdagi qarshiliklardan tashkil topadi. Vatanimizdagi vagonlarning kupchiligi rolikli (chayqalish) podshipniklar bilan jihozlangan.
Rolikli podshipniklarni qarshiligi ancha kamroq sirg‘anish (sirpanish) podshipniklariga karaganda:
q0 – vagon o‘qiga bo‘lgan yuk (bosim);
– ishqalanish kuchi;
q0. – qarshilik kuchi aylanadigan mexanizm.
Bir joyda aylanadigan mexanizm juft g‘ildiraklarni o‘qi
Asosan qarshilikni taxminan 50% ulushi bir joyda aylanadigan (buksa) mexanizmda bunyodga (vujudga) keladi.
2) Yo‘lni qarshiligi.
a) tebratilgandagi (chayqalishdagi) ishqalanish, relsni g‘ildirak «ezgan» vaqtida:
b) g‘ildirakni sirg‘inishdagi ishkalanishi.
G‘ildirakni sirg‘anib o‘tishida planda doiraviy egrilikni bo‘lishi, g‘ildirakni o‘rnashtirishdagi ko‘yilgan xato, g‘ildirak yuza tekisligini bir xil bo‘lmagan emirilishida va vagonlarni gorizontal tekislikka ta’siri.
v) ulanish (birlashish) dagi uriliщda va yo‘lni notokis (egri-bugri)ligi.
Ulanishda urilgandagi qarshilikda poezdni kinetik quvvatini yo‘qotadi. Bu qarshilik miqdori relsli yo‘lni holati va ulanishlar oralig‘idagi masofa va poezd harakat tezligiga bog‘likdir.
3) Havo muhit qarshiligi.
Lokomotivga ro‘paradan bo‘ladigan bosim, poezd yuzasini havoda ishqalinishi, vagonlar ostidan va oralirida o‘tadigan havolar1..
Rasm Nishablikdan bo‘ladigan qo‘shimcha qarshilik
Mavzu bo’yicha nazorat savollari.
1. Harakatga qarshi kuchlar qanday holatlarda vujudga keladi?
2. Poezd harakatiga bo‘lgan asosiy karshiliklar nimalardan tashkil topadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |