AXBOROT ALMASHUVINI BOSHQARISH USULLARI
Tarmoq har doim bir necha abonentlarni birlashtiradi va ulardan har biri о’z paketlarini uzatish huquqiga egadir. Lekin bir kabel orqali bir vaqtning о’zida ikkita paket uzatish mumkin emas, aks holda konflikt (kolliziya) holat hosil bо’lishi mumkin, bu holatda ikkala paketni yо’qotish mumkin bо’ladi. Demak axborot uzatishni xohlagan abonentlar о’rtasida tarmoqqa ega bо’lishning (zaxvat seti) qandaydir navbatini о’rnatish kerak. Bu avvalambor “shina” va “halqa” topologiyasida kо’rilgan tarmoqlarga tegishlidir. Xuddi shuningdek “yulduz” topologiyasidagi tashqi abonentlarning paket uzatish navbatini о’rnatish zarurdir, aks holda markaziy abonent ularga ishlov berishga ulgura olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |