CHiziqlilik (To‘g‘ri mutanosiblik) CHiziqlilik ba’zi diapazonda o‘lchash uchun foydalaniladigan metodlarning muhim xossasi bo‘lib hisoblanadi. Javob chiziqliligini toza moddalarda va real namunalarda aniqlash mumkin. Odatda chiziqlilikni miqdoriy aniqlanmaydi, uni ko‘z bilan yoki nochiziqlilik ahamiyatliligining mezonlari yordamida tekshiriladi. Ahamiyatli nochiziqlilikni odatda nochiziqli darajalovchi tavsifnomalar yordamida hisobga olinadi yoki torroq ishchi diapazonni tanlash yo‘li bilan bartaraf etiladi. CHiziqlilikdan qolgan har qanday og‘ishlar odatda bir qancha o‘lchanayotgan qiymatlarni qamrovchi umumiy pretsizionlik bahosiga kiradi yoki darajalash bilan bog‘liq bo‘lgan noaniqlik chegarasida qoladi.
Topish chegarasi Metodning yaroqliligini baholash jarayonida topish chegarasi odatda ishchi diapazonning quyi chegarasini belgilash uchungina aniqlanadi. Ammo topish chegarasi yaqinidagi noaniqliklar alohida ko‘rib chiqishni va maxsus talqin etilishni talab etishi mumkin, topish chegarasi qanday aniqlanganidan qat’iy nazar uning noaniqlikni baholashga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi yo‘q.
Barqarorlik Ko‘p hujjatlar tahlil metodlarining yaroqliligini baholash va ishlab chiqish bo‘yicha aniq parametrlarni o‘zgartirishga natijalar sezuvchanligini bevosita tadqiqot qilishni talab etadi. Odatda bu bir yoki bir necha faktorlarni o‘zgartirish bilan chaqirilgan ta’sirlar tadqiqot qilinadigan «mustahkamlikka sinash» yordamida amalga oshiriladi. Agar bunday sinov ahamiyatli bo‘lsa (o‘z pretsizionligi bilan solishtirganda) u holda bu ta’sirning kengligini aniqlash va muvofiq yo‘l qo‘yilgan ishchi diapazonni tanlash uchun mufassalroq tadqiqot olib boriladi. Barqarorlik bo‘yicha ma’lumotlar muhim faktorlarning o‘zgarish natijalariga ta’siri haqida axborot berish mumkin.
Selektivlik/ spetsifiklik Qandaydir o‘lchash metodi aniq o‘lchash parametrlariga bir ma’noda javob beradigan daraja. Selektivlik tadqiqotlarida odatda mumkin bo‘lgan halal beruvchi komponentlar ta’sirini bu moddalarni bo‘sh namunalarga ham, ishchi namunalarga ham qo‘shgan holda va javobni kuzatgan holda o‘rganiladi. Olingan natijalar odatda haqiqiy halal beruvchi ta’sirlar unchalik ahamiyatga ega emasligini ko‘rsatish uchun foydalaniladi. Bunday tadqiqotlarda bevosita javob o‘zgarishi aniqlanganligi uchun bu ma’lumotlardan potentsial halaqitlar bilan bog‘liq noaniqlikni baholash uchun foydalanish mumkin, bundan tashqari bunda halaqit beruvchi moddalar kontsentratsiyalari diapazoni haqida axborot olinadi.