She’r:
Boshlovchi: Ular... minglab, balki million edilar
Yashashga tug‘ilgan inson edilar.
Shirin jon edilar, iymon edilar,
Hali ushalmagan armon edilar.
Oradan yillar o‘tadi, zamonlar o‘tadi, lekin xalqimizning ko‘ksidagi, qalbidagi mudhish urush azob-uqubatlari, ayriliq yarasi hech qachon unutilmaydi, barchamizni ishonchimiz komil fashizmga qarshi kurashda o‘z ona yurtining tinch, osoyishta hayotini, beg‘ubor osmonini asrash uchun mardlik, jasorat va qahramonlik ko‘rsatgan, jon fido etgan yurtdoshlarimizning xotirasi abadiy yashaydi, xalqimiz o‘z o‘g‘lonlarining aziz nomlarini minnatdorlik bilan eslaydi, ularning ohirati obod bo‘lishini yaratganimizdan so‘raydi. So‘z navbati Tuman Mudofa ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Baxriddin Erboyevga beramiz
B. Erboyev so‘zi:____________________________________
She’r:
Boshlovchi: Vale bu dunyoda oliy hakam bor,
O‘shal qudrat erur mangu ustivor,
Shahidlar bong urib bar shomu nahor,
Bizni ogoh etar, bo‘ling deb xushyor,
Ular xalqimizga qalqon edilar.
Qatag‘on qurboni bo‘lgan ulug‘ siymolarni yod etish bilan birga xuddi shunday nohaq zulmga giriftor etilgan jafokash oddiy odamlarni bugun biz, istiqlol ne’matidan bahramand bo‘layotgan minnatdor avlod, hurmat va ehtirom bilan yodga olishimiz, ruhlarini shod etishimiz ham qarz, ham farzdir, bu har birimizning insoniy burchimizdir. Chunki xalq deganda uning ulug‘ siymolari bilan birga millionlab oddiy vakillari — hunarmand-u dehqonlari, suvchi-yu cho‘ponlari — barcha-barchasi yaxlit holda namoyon bo‘ladi.
Endigi so‘z navbati kasb-hunar maktabi tarix fani o‘qituvchisi J. Yuldashovga
J. Yuldashov so‘zi:_________________________________________________
Boshlovchi: Xalqim xotirangni avaylab-asrab,
Ne-ne dovonlardan oshib o‘tding sen.
O‘tar yo‘llaringa yov to‘siq qo‘ysa,
Ulardan daryoday toshib o‘tding sen.
Tarixiy xotira bu umr mazmuni, avlodlar o‘rtasidagi vorislik tuyg‘usini, ularning bir-biriga dahldor ekanini, hayotning bamisoli uzviy xalqalar kabi ketma-ket bog‘lanishini anglash, tarixdan xulosa chiqarib, bugungi kun uchun to‘g‘ri yo‘l tanlash, ota-bobolarimizning ruhi poklariga hurmat bilan qarash, milliy qadriyat va an’analarimizni toptashga yo‘l qo‘ymaslik, ularni ko‘z qorachig‘idek asrash demakdir. Azizlar ishonchimiz komilki “Xotira va qadrlash” kuni xalqimizni yanada birlashtiradi, uning ruhiga malham, irodasi baquvvat, imonini butun qiladi. Qariyalarimiz fotihalarini ikki tabarruk kalom hamisha bezab turadi, bu tinchlik va osoyishtalik. Shunday go‘zal zamonda bizni Ollohimni o‘zi asrasin, o‘tganlar ruhi hamisha bizga madadkor bo‘lsin. Muhtaram mehmonlar! Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-omad, sog‘lik tilaymiz.
Shuning bilan bugungi “Xotira va qadrlash” kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Xotira – muqaddas, qadr aziz” mavzusidagi uchrashuv kechamiz o‘z nihoyasiga etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |