Elektr satx o’lchagichlar
Satxni o’lchashda eng ko’p tarqalgan elektr usullardan sig’imli satx o’lchagichlar hisoblanadi. Bundan tashqari elektr o’tkazuvchan muxitlar uchun omik usullar ham qo’llaniladi.
Sig’imli satx o’lchagichlarda nazorat qilinayotgan muxitning dielektrik xususiyatidan, omik satx o’lchagichlarda esa nazorat qilinayotgan muxitning elektr o’tkazish xususiyatidan foydalaniladi.
Sig’imli satx o’lchagich. Silindrik (I) va prizmatik (II) sig’imli satx o’lchagichlar mavjud. Sig’imli satx o’lchagichning sig’imi uning ikki uchastkasi sig’imlari yig’indisiga teng bo’ladi (rasm 6.5). Datchikning cho’kib turgan qismidagi
Rasm 6.5. Sig’imli satx o’lchagichning ish printsipi
muxit dielektrik o’tkazuvchanligi Ej va cho’kmagan qismi dielektrik o’tkazuvchanligi Esr (xavo uchun birga teng) deb belgilasak, unda:
Silindrik sig’imli satx o’lchagich o’zgartirgichi sig’imi
Tekis yuzali sig’imli satx o’lchagich o’zgartirgichi sig’imi
ya’ni, C=f(h). Elektr sig’imini odatda rezonans sxemalar yordamida (satx signalizatorlarida) va ko’prik sxemalar (satx o’lchagichlarida) yordamida o’lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |