9 Fan : Kimyo. Mavzu


Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar



Download 117,2 Kb.
bet3/3
Sana10.08.2021
Hajmi117,2 Kb.
#144275
1   2   3
Bog'liq
dars ishlanma

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Mashg’ulot bosqichlari:



Bosqichlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayoni

12 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa

Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.

Darsning borishi :

Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.

2. Davomat.

3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni: 

 Nima uchun elektrolitlarning suvdagi eritmasi yoki suyuqlantirilgani elektr tokini o‘tkazadi, aksincha, elektrolitmaslarning suvli eritmalari elektr tokini o‘tkazmaydi?

Bu savolga javobni 1887-yilda shved olimi Svante Arrenius o‘zining elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasida javob bergan. U elektrolitlar sohasida olib borgan ilmiy ishlari uchun 1903-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Elektrolitlar (tuzlar, kislotalar hamda ishqorlar) — suvda eritilganda yoki suyuqlantirilganda ionlarga ajraladi:

KCl ↔ K + + Cl yoki NaOH ↔ Na + + OH

Ionlar musbat zaryadlangan (kationlar) yoki manfiy zaryadlangan (anionlar) zarralardir. Ular bitta atomdan yoki bir necha atomdan iborat atomlar guruhi bo‘lishi mumkin. Ammo atomlar bilan ionlar bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan, natriy atomi, o‘yuvchi xossaga ega bo‘lib kuchli qaytaruvchi, xlor atomi esa kuchli zahar bo‘lib oksidlovchidir. Natriy va xlor ionlaridan iborat bo‘lgan osh tuzi sizga juda yaxshi tanish. Ion bog‘lanishli birikmalarning suvda eritilganda ionlarga ajralishini quyidagicha tushuntirish mumkin. Ma’lumki, osh tuzi qattiq holatda elektr tokini o‘tkazmaydi. Suvda eritilganda esa ionlarga ajraladi. Buning sababi:

1. Osh tuzi kristallari ion bog‘lanishli birikma bo‘lib, kristall panjara tugunlarida ionlar bo‘ladi (15-rasm).

2. Suv molekulasi esa qutbli kovalent bog‘lanishli modda bo‘lib, 16-rasmda ko‘rsatilgandek tuzilgan.

3. Osh tuzi suvda eritilganda 17-rasmda tasvirlangan sxema asosida dissotsiatsiyalanadi.



     

Osh tuzi kristalining tuzilishi. Suv molekulasining qutbli ko‘rinishi.

Demak, eritmada osh tuzi kristallari suvning qutblangan molekulalari ta’sirida erib gidratlangan ionlarni hosil qiladi.Vodorod va metallar elektron berib, ammiak esa o‘zining xususiy juft elektroni hisobiga proton biriktirib olib kationlarga aylanadi (H+, Na+, Zn2+, Al3+, NH4+).Musbat zaryadlangan ionlar elektr manbaining katodi tomon harakatlanadi (shuning uchun biz musbat ionlarni kation deymiz). Manfiy zaryadlangan ionlar elektr manbaining anodi tomon harakatlanadi (shuning uchun biz manfiy zaryadlangan ionlarni anion deymiz). Elektrolitlar (tuzlar va ishqorlar) suyultirilganda ham ionlarga ajraladi. Buning sababi modda suyultirilganda zarrachalarning tebranma harakati kuchayib ular orasidagi bog‘lanish zaiflashib qoladi va eletrolit ionlarga oson ajralib ketadi. Kislotalar kuchli qutblangan molekulalardir, ular ham suvda eriganda ionlarga ajraladi, ammo tuzlar va ishqorlarning suvda erishida sodir bo‘lgan hodisadan farq qiladi.             

Vodorod xlorid suvda eriganda molekulasidagi vodorod elektronini qoldirib, suv molekulasiga ko‘chib o‘tadi.

Natijada xlorda 1 ta elektron ortiqcha bo‘lgan xlor ioni va 1 ta proton (vodorod atomining yadrosi) qo‘shilgan H3O+ (gidroksoniy) ioni hosil bo‘ladi.

Demak, suvda HCl, HBr, H2S, HNO3, H2SO4 va boshqa kislotalar eriganda H3O+ (gidroksoniy) ioni hosil bo‘ladi: H3O+ ↔H++H2O Gidroksoniy ioni suv va vodorod ionini hosil qiladi


Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.

Uyga vazifa berish : 6 § konspekt qilish
Download 117,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish