Lingvistik model [11-15]. Lingvistik blok quyidagi oltita qismlar (qatlamlar, darajalar) ga boʻlinadi: fonetik, fonologik, morfologik, leksik, sintaktik, semantik. Asos uchun rus tilini olamiz. Ma’lumki, biror predmet haqidagi ixtiyoriy apriorli axborot aniq qaror qabul qilish uchun imkoniyatlarni koʻpaytiradi.
Lingvistik blokning birinchi - fonetik darajasida kiruvchi (lingvistik blok uchun) nutq tasaavvuri fonemlar ketma – ketligida, tilning kichikroq birligi sifatida almashtiriladi. Keyingi fonologik darajada cheklanishlar qoʻyiladi. Cheklanishlar – bu teskari qoidadir, ya’ni yana foydali apriorli axborot mavjud: barcha fonemalar (allofonlar) birliklar uchrashmaydilar, uchraganlari ham tabiatga bogʻliq ravishda turlicha ehtimoliy paydo boʻlishlarga ega. Bu jarayonni ta’riflash uchun Markovning matematik zanjir apparatidan foydalaniladi. Keyinchalik, morfologik darajada fonemadan yuqoriroq darajada turadigan nutqning boʻgʻinli birliklaridan foydalaniladi. Gohida ular morfemalar deb ham ataladi. Ular soʻz tuzilishiga, modellashtirilayotgan tabiiy til qoidalariga boʻysungan holda cheklanishlar qoʻyadi.
Leksik qism u yoki bu tabiiy tilning soʻz yoki soʻz birikmalarini biriktiradi, ya’ni til lugʻati, shuningdek, berilgan tabiiy til uchun (qaysi tillar) kerakligi haqida zarur apriorli axborotni kiritish mumkin. Semantika haqiqiy obyektlar va soʻzlar oʻrtasida, ularni anglatuvchilari orasida moslik oʻrnatadi. U tilning eng yuqori darajasi hisoblanadi. Semantik munosabatlar yordamida inson intellekti timsollar tizimi tushunchalarni xuddi nutqiy xabardek amalga oshiradi. Bu nutqiy xabarning ma’nosini koʻrsatadi. Bundan xulosa qilish kerakki, tizim intellektli boʻlishi kerak. Unda semantik alqalar modeli qanchalik yaxshiroq qurilsa, nutqni toʻgʻri anglash ehtimoli shunchalik yuqoriroq boʻladi.
9.1.10. Nutqlarni anglash tizimlarini sinflashtirish
Moʻljal boʻyicha sinflashtirish:
buyruqli tizimlar;
matnni aytib turish tizimlari.
Talabgorlarning sifati boʻyicha:
diktorga moʻljallangan (aniq diktor bilan shugʻullanadiganlar uchun);
diktordan bogʻliq boʻlmagan;
alohida soʻzlarni tanuvchi;
silliq nutqni tanuvchi.
Maxsus vazifalarni bajarish (funksionirovaniya) mexanizmi boʻyicha:
sodda (korrelyasionnыye) detektorlar;
bilimlar bazasini turli usullar bilan qayta ishlashni va hosil qilishni shakllantiruvchi ekspert tizimlar;
qaror qabul qilishning ehtimolli – tarmoqli modeli, shu qatorda neyronli tarmoqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |