9-asr 2-yarmigacha Qozogʻiston hududida faqat musulmon maktab va madrasalari boʻlgan. 19-asrning 2-yarmidan dunyoviy



Download 19,01 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi19,01 Kb.
#249360
Bog'liq
qozogiston maktab talim


9-asr 2-yarmigacha Qozogʻiston hududida faqat musulmon maktab va madrasalari boʻlgan. 19-asrning 2-yarmidan dunyoviy maktablar, xususan, 1850-yil Orenburg chegara komissiyasi huzurida qozoq bolalari uchun 7 yillik maktab ochildi. 1864-yil Toʻrgʻayda qozoq demokrat-maʼrifatparvar pedagogi N.Oltinsarin tashabbusi bilan qozoq maktabi va uning qoshida internat tashkil etildi. 1879–89 yillarda Qozogʻistonning turli uyezdlarida 2 sinfli rus-qozoq maktablari, 1888-yil Orskda muallimlar maktabi ochildi. 1929-yil lotin alifbosi asosida qozoq yozuvi yaratildi. 1940-yil rus alifbosi asosidagi yozuvga oʻtildi. 1992-yildan taʼlim tizimida islohotlar amalga oshirildi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari kabi oʻrta maʼlumot beradigan litsey, gimnaziya, hunar-texnika maktablari, kollejlar paydo boʻldi. 2003-yil respublikada 108 gimnaziya, 63 litsey, litsey va gimnaziya sinflari boʻlgan 289 maktab, iqtidorli bolalar uchun moʻljallangan 30 maktab ishladi. 312 hunar-texnika maktabida 89 mingdan ziyod, 382 kollejda 207 mingdan ortiq oʻquvchi oʻqidi. Qozogʻistonda birinchi oliy oʻquv yurti – Qozogʻiston pedagogika instituti 1928-yil Olmota shahrida ochilgan. 2005-yil Qozogʻistonda 43 davlat oliy oʻquv yurti ishladi. Yiriklari: Qozoq milliy universiteti, Yevrosiyo milliy universitetiti, Qozogʻiston milliy agrar universiteti, Qozogʻiston milliy texnika universiteti, Qozogʻiston milliy konservatoriyasi, Qaraganda universiteti, Olmaota texnologiya universiteti va boshqalar Qozogʻistonda ilmiy tadqiqotlar Qozogʻiston Respublikasi milliy fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot institut va muassasalarida, mamlakat oliy oʻquv yurtlari hamda turli vazirlik, muassasalar ixtiyoridagi soha ilmiy tadqiqot institutlarida olib boriladi. Qozogʻistonda bir qancha kutubxona (eng yirigi Qozogʻiston Respublikasi milliy kutubxonasi), klub muassasasi, 12 muzey (yiriklari: Qozogʻiston Respublikasi davlat muzeyi, Sanʼat muzeyi, Muxtor Avezov uy muzeyi, Abay Qunonboyev memorial muzeyi va boshqalar) bor.

«Youtube»da «O‘qituvchi izlab...» nomli hujjatli film paydo bo‘ldi. Filmda buyuk o‘qituvchi Shalva Amonashvili va uning boshqa hamkasblari bolalarni qanday tarbiyalash va ularga ta’lim berish jarayonidagi bilimlari va faqat o‘zlarigagina ma’lum sirlari bilan bo‘lishishadi.

Hujjatli filmda, shuningdek, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning uchinchi, ya’ni kenja qizi Aliya Nazarboyeva ham qatnashib, farzandlari bilan qanday qilib yaqin munosabat o‘rnatgani haqida so‘zlab beradi:

«Maktablarimizdagi pedagoglar munosib insonlar, munosib ShAXSlar bo‘lishi nihoyatda muhim. Aks holda sen maktabga boshqa ta’lim-tarbiya olasan, uyda esa mutlaqo boshqacha yo‘l tutishingga to‘g‘ri keladi. Buni bolalar ham his qilishadi va shuning uchun ham senga (ya’ni ota-onaga) quloq solishmaydi. Pedagog o‘zi aytayotgan narsalarga ko‘cha-kuyda, faoliyatida o‘zi ham amal qilsa, ya’ni bolalarga aytadigan so‘zlari harakatlaridan farqlanmasa, u o‘quvchilarning sevimlisiga aylanadi va bolalar ham uning fanini sevishadi, berilib o‘qishadi. Aytishadiki, biz qaysi fanga mehr qo‘ygan bo‘lsak, aslida fanlarnimas, o‘sha fan o‘qituvchilarini yaxshi ko‘rganmiz».

Aliya Nazarboyeva oilasi bilan. 2015 yil may.
Foto: «Nur.kz»

Aliya Nazarboyevaning aytishicha, ota-onalar bolada xarakter va ijobiy xususiyatlarni shakllantirishi shart.



«Ular bu ishni odatda maktab va pedagoglarning yelkasiga yuklab qo‘yishadi. Biroq ular bu ishni unchalik ham do‘ndirib bajara olmaydilar baribir. Chunki o‘qituvchilar o‘zlari faqat bilim berishlari lozim, qolgan hammasini esa bola uyida oladi, deb hisoblashadi. (…) Bizda hozir xususiy maktablar ochilmoqda: ingliz, nemis, Amerika maktablari. Ularni bitiruvchi bolalarimizning ismi qozoqcha, mentaliteti nemischa bo‘ladi. Vataniga, o‘z mamlakatiga muhabbat muhabbat, o‘z xalqi, yurtiga nisbatan g‘urur hissini tuyishlari uchun biz ularda vatanparvarlikni rivojlantirish kerak», — deya ta’kidlaydi Aliya Nazarboyeva.

Jamoat arbobi bo‘lmish prezident qizi bolalarining mehrini qay tarzda qozonganini gapirib berdi:



«Masalan, umrimda birinchi marta katta qizimdan kechirim so‘radim. Men unga: «Qizim, onalar ham adashadi. Meni kechir, iltimos!» dedim. O‘sha kuni ko‘p ko‘z yosh to‘kildi. Men ham yig‘ladim, uham. Ushbu suhbatdan so‘ng ichimizda nimadir o‘zgardi, bir-birimizga ancha yaqinlashdik. Men unga: «Agar nohaq bo‘lsam yoki ukalaring, singillaringga noto‘g‘ri munosabat bo‘lsam, bunday paytda menga maslahat berib tur. Axir senga men ko‘rmayotgan jihatlar ayon bo‘lishi mumkin. Kel, birgalikda harakat qilaylik. Ko‘rayapsanmi, men ham yaxshi ona bo‘lishga intilayapman. Men buni ajoyib jarayon deb hisoblayman, u odamning ich-ichida kechadi. Agar o‘zing ich-ichingdan nimadir anglab yetsang, o‘zgarasan va yaqinlaringdan boshlab atrofingdagi butun olam yaxshi tomonga o‘zgara boshlaydi», — deya xulosa qiladi Nazarboyeva.
Download 19,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish