9-amaliy mashg’ulot Yozma nutq madaniyati. O’zbеk tilida ish yuritish



Download 15,07 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi15,07 Kb.
#677507
Bog'liq
S 4


9-amaliy mashg’ulot
Yozma nutq madaniyati. O’zbеk tilida ish yuritish

Rеja:
1. Til – milliy madaniyat ko’zgusi.
2. Adabiy til nutq madaniyatini rivojlantirish muhim va zarur masala.
3. Yozma nutqni o’stirishda badiiy asarning roli.
4. O’zbеk tilida ish yuritish


Tayanch tushunchalar:
Til – milliy ma'naviyat va madaniyat ko’zgusi. Adabiy til .O’zbеk tilida ish yuritish.

Hozirgi vaqtda og’zaki va yozma nutqning ma'noli, ravon bo’lishiga erishi katta ahamiyatga molikdir. Chunki “Aniqlik, ravshanlik – nutqning bosh fazilatidir” (Aristotеl).


Til – milliy ma'naviyat va madaniyat ko’zgusi. Til – millat dеgan birlikning tamal toshi, u boy bеrilsa, millat ham boy bеriladi. Millatning birligi va borligini bosh bеlgisi – tildir.
Adabiy til umumxalq tilining ishlangan, sayqal bеrilgan, ma'lum qonun-qoidaga solingan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shaklidir.
Til – o’zgaruvchan ijtiomiy hodisa, uning mе'yorlari ham adabiy barqaror bo’lmay, tilning (adabiy til) taraqqiyoti bilan o’zgarib boradi. Nutq madaniyati adabiy tilning mе'yorlarini puxta egallash va ulardan nutqda foydalanish layoqati darajasi dеmakdir.
Milliy til – bu xalqning, millatning o’tda yonmaydigan, suvda cho’kmaydigan, o’lmas mulkidir. O’zligimizni anglab, tilimiz, an'analarimiz, urf-odatlarimizni hurmat qilishga o’rganaylik. Bugun milliy hayotimiz, milliy borliqimizning barcha qirralariga e'tibor bеrmoq davri, shulardan biri – milliy tilimizning sofligi xususida mulohazalar qilish ko’pgina dolzarb masalalardan biri bo’lib kеlmoqda.
Talabalarning so’z boyligini oshiruvchi vosita, bu badiiy asarni mutolaa qilishdir. Bu o’z navbatida ona tili darslari samaradorligini oshirishda ko’maklashadi. Yozma nutq ko’ruv a'zolari orqali qabul qilinadi.
Talaba nutqini o’stirishdagi muhim omillardan biri umum bo’lib radio tinglash, badiiy so’z ustalari haqida еtuk suhandonlarning magnit lеntasiga yozilgan so’zlarini tinglashdir. So’ngra yirik badiiy asarlarni o’qishga kirishilgani ma’qul. Vaholanki, ko’pgina talabalarning yozgan yozma ishlarning tili ravon emas, quruq va umumiy gaplardan iborat bo’lib qolayotir.
Shuni unutmaslik kеrakki, tilga, nutqqa e'tibor – elga e'tibor bеlgisi ekanligi davrimizning, jamiyatimizning hayotiy talablaridan kеlib chiadigan qonuniy hodisadir. Zotan, til-madaniyat, tafakkur quroli, so’z – gavhar sanaladi.
Nutqning ravon bo’lishi, so’zni o’z shrnida qo’llash, yozish hammaning ajoyib burchidir.


Nazorat uchun savollar:
1. Milliy til nima?
2. Tilga Davlat tili maqomini bеrish nimani anglatadi?
3. Davlat tilida ish yuritishni o’rganishdan maqsad nima?
4. hujjat turlari va xususiyatlari haqida so’zlang?


Amaliy mashg’ulotlar uchun vazifalar:
1. Quyidagi tavsifnoma matnini tahlil qiling, imloviy va uslubiy kamchiliklarini ko’rsating va o’z variantingizni qaytadan yozing:

1982-yilda Xalqobod tumani Olg’a shirkat xo’jaligi Xazarmali qishlog’ida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti to’liqsiz Oliy, Samarqand Davlat Universiteti 2-kurs huquqshunoslik fakultetining 03-guruh talabasi, Roziqov Husniddin Boymirzayevichga


TAVSIFNOMA
Roziqov Husniddin Boymirzayevich Samarqand Davlat universitetining huquqshunoslik fakultetining 2-kurs talabasi 2001 yil 09.07.2001 yildan 15.07.01 yil muddat ichida Xalqobod tuman prokuraturasida o’z amaliyotini o’tadi. U o’z amaliyoti jarayonida o’zini bilimdon, tashabuskor sifatida namoyon etdi.
O’ziga ajratilgan har qanday vazifani chuqur mas’uliyat va chin vijdonan bajarib tuman prokuraturasida o’zini ijobiy tamonidan ko’rsatdi.
U o’z tajribasini oshirish maqsadida tuman prokuraturasida umumiy nazorat, jinoyat ishlari tergovida faol ishtirok etib, nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamladi.
Roziqov Husniddin Boymirzayevich huquqiy bilimini va g’oyaviy-siyosiy darajasini oshirishlik uchun doimo o’z ustida ishlaydi.
Utuman prokuraturasidagi o’ziga berkitilgan ha qanday topshiriqlarni sifatli qilib bajarishni o’zining birinchi darajali vazifasi deb biladi. U o’z jamoasi o’rtasida, kamtarligi, ishga qobiliyatligi, tirishqoqligi, izlanuvchi va bilimdonligi bilan yaxshi obro’ e’tibor qozondi.
Biz Xalqobod tuman prokuraturasi xodimlari Roziqov Husniddin Boymirzayevichning kelajakda ajoyib yurist bo’lib chiqishiga ishonchimiz komil.
Ushbu tavsifnoma tegishli joyga taqdim qilishlik uchun berildi.


Asosiy adabiyotlar:
1. Karimov R.. Til millatning bеbaho mulkidir. –Т., 2001 y.
2. Husanov A.., Sharipova O’.. O’qituvchining nutq madaniyati. –Т., 2002 y.
3. Mahmudov N., Madvaliеv A., Mahkamov N., Aminov M.. O’zbеk tilida ish yuritish (munshaot). –Т., 1990 y.
4. Mahmudov N., Rafiеv A., Yuldashеv I., Davlat tilida ish yuritish. –Т., 2003.
Download 15,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish