Nuqtali vergul
Nuqtali vergul o‘zbek yozuvida 1885-yildan boshlab uchraydi.
Nuqtali vergul quyidagi hollarda qo‘llanadi:
1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar mazmun jihatidan tugal fikrni anglatib, bir-biriga yaqin bo‘lmagan hollarda:
Pavel noto‘g‘ri soliq solinayotganligi va ishdan nuqul zavod foyda qilajagini tushuntirib berdi; ular ikkovi ham qovoqlari soliq chiqib ketdilar. (M.G.)
2. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibiga kirgan sodda gaplardagi voqealar bir-biriga qiyoslanganda.
Ish kuchini elga berma, yerga ber; jamg‘armani selga berma, elga ber!
3. Raqam yoki harflar bilan ifodalangan numerativdagi gaplar oxirigi bandidan tashqari har bir bandi oxirida nuqtali vergul qo‘yiladi.
Hozirgi asosiy vazifamiz quyidagilar:
a) ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda berilgan bilimlarni puxta egallash;
b) ko‘rsatilgan adabiyotlar bilan o‘z vaqtida tanishib borish;
v) jamoat ishlarida faol qatnashish;
g) imtihon va sinovlarini muvoffaqiyatli topshirish.
4. Uyushiq bo‘laklar guruhlanib, o‘zaro vergullar yordamida bir-biridan ajratilganda, har bir guruhni anglatuvchi so‘zdan keyin nuqtali vergul qo‘yiladi.
Uslubiyat
Do'stlaringiz bilan baham: |