Birinchi mintaqaga paxta yetishtiriladigan tog‘oldi hududlari kiradi. Bu yerlar nishabliligining yaxshi ifodalanganligi va sizot suvlarining chuqur joylashganligi bilan ajralib turadi. Tuprog‘i bо‘z tuproq, shо‘rlanmagan, yog‘in miqdori ekilgan chigitni tо‘liq undirib olish uchun yetarli hisoblanadi.
Ikkinchi mintaqa paxta yetishtiriladigan tekislik-adirliklardan iborat bо‘lib, yerining nishabliligi birinchi mintaqanikiga nisbatan kamroq. Tuprog‘i bо‘z tuproq, shо‘rlanmagan, sizot suvi chuqur joylashgan. Ekilgan chigitni tо‘liq undirib olish uchun yog’in suvi kifoya qilmaydi. Shuning uchun qish va erta bahorda yaxob yoki hokob suvi beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |